LOTIN-КИРИЛЛ

Yashayotgan dunyomizning eng katta  muammolaridan biri – bu jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar

   Yashayotgan dunyomizning eng katta  muammolaridan biri – bu jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar. Atrof-muhit kuchli ifloslanishga uchramoqda, uning asosiy sababi esa – inson.

   Odamlar soni har yili oshib boryapti, sanoat natijasi bo‘lgan chiqindi miqdori ham. Jurnalist Mirolim Isajonov polietilen paketdan chiqindilar uchun maxsus kiyim tiktirib, uning ichini chiqindilarga to'ldirgan holda Botanika bog'iga boribdi. U shu orqali o'zbekistonliklar e'tiborini chiqindi muammosiga qaratmoqchi bo'lgan. Muammo haqida gapirishning ajoyib, ta'sirchan usuli, shunday emasmi? "O‘zbekistonda ekologiyani asrash, tabiatga zarar keltirmaslik haqida amaldorlar ham, yoshi kattalar ham ko'pda quruq gap bilan cheklanadi. Men esa omma e'tiborini ekologik muammoga kreativroq yo'l bilan qaratishga harakat qildim. Suratdagi kiyimni tiktirib kiydim va odamlar orasiga kirib bordim. Bundan tashqari, tabiat biz insonlar chiqargan milliardlab tonna chiqindilarni ko‘tarib turibdi. Men ham odamlar kundalik hayotida eng ko‘p foydalanadigan mahsulotlardan chiqqan plastik chiqindilarni ko‘tarib, tanamda his qilib ko‘rish uchun shu loyihaga qo‘l urdim", – deydi ekofaol.

   Ha, biz, jamiyatimiz uchun bu kabi loyihalar hali yangi. Shuning uchun "chiqindi odam"ni ilk ko'rganlar orasida uni qo'llab-quvvatlashdan tashqari jinni deb o'ylaganlar ham topilibdi. Ammo Mirolim bundan xafa emas. U o'z maqsadi – odamlarni tabiatni asrashga o'rgatish yo'lidan qaytmoqchi emas. Kreativ loyihalarini davom ettirmoqchi. Do'stlar, keling, Mirolim Isajonov va u kabi yuzlab ekofaollar misolida biz ham tabiatni asrovchi, uning uchun jon kuydiruvchi bo'laylik. Bizdan ko'p narsa so'ralmaydi. Shunchaki, o'zimizdan keyin chiqindini ko'chada, o'tirgan joyimizda qoldirmaylik, mashinadan otmaylik. Boshqalar misolida shunday tarbiyasizlikni ko'rganda, buni ularga aytish, tartibga chaqirish ham ayb emas. Ekofaol bo'lish uchun shuning o'zi yetarli. Tabiat, atrof-muhit, jamiyat o'zimizniki. U faqat sanoqli jonkuyarlar yoki oyligi 1 millionga ham yetmaydigan farishta insonlar – "sariq nimchalilar"niki emas.

O'qilgan: 496 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 26 Jun 2023

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: