LOTIN-КИРИЛЛ

MAHSULOT SIFATIGA JIDDIY ZARAR YETKAZUVCHI OMILLAR

    Inson kun davomida qanday mehnat bilan shug‘ullanishiga qarab to‘g‘ri ovqatlanishi lozim. Ko‘p hollarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida insonlar o‘rtasida oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir buzilishi yoki ovqatdan zaharlanish holatlari ko‘p uchramoqda. Mutaxassislar iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni tavsiya qilib, o‘z xulosalarini berishgan. Ular maxsus laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, yaroqli hisoblangan taqdirda iste’molga ruxsat etiladi. Har qanday taomni yoki birorta oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun, albatta, shu faoliyat bilan shug‘ullanadigan korxona birinchi navbatda yaroqli mahsulotlardan foydalanishi kerak. Lekin undan tayyorlangan iste’molga yaroqli tayyor yegulik taomlarni noto‘g‘ri saqlash, tashish, qolaversa, tayyorlash jarayonida texnologik talablarga rioya qilmaslik mahsulotning sifatiga jiddiy zarar yetkazadi. Oziq-ovqat tayyorlash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etmasalar, yoki sog‘lomligi to‘g‘risida guvhnomaga ega bo‘lmagan hodimlar ovqat tayyorlash jarayonida ishtirok etsalar  yuqoridagidek oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir buzilishi yoki ovqatdan zaharlanish holatlari yuzaga keladi. Har bir xarid qiladigan mahsulotlarimizni faqatgina ruxsat etilgan savdo nuqtalaridan sotib olishimiz kerak. Iste’molchi sifatida ushbu mahsulotlarning xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha rasmiy hujjati borligiga e’tibor qaratishingiz lozim. Ya’ni siz iste’molchi sifatida sotuvchidan mahsulotni iste’molga yaroqliligi to‘g‘risidagi hujjat bilan tanishtirishni, keyin esa aynan mazkur mahsulot yorlig‘i bo‘yicha kim tomonidan ishlab chiqarilgani, iste’molga yaroqlilik muddatini tekshirishingiz shart. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarilgan sanasi va iste’molga yaroqlilik muddatiga e’tibor berish bilan birgalikda mazkur mahsulotning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha aynan unga xos belgilarning o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligiga, aynigan-aynimaganligiga e’tibor qaratganingizdan so‘ng xarid qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Uchquduq tuman SEO va JSB xodimi M.Rasulova

O'qilgan: 346 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 24 Jun 2023

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: