LOTIN-КИРИЛЛ

    Aholining turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar, ijtimoiy xizmatlar, ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojiga doir O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni aholi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar asosidagina aniqlash mumkin.
Dunyodagi har bir davlat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ma’lum bir belgilangan davrlarda aholisini ro‘yxatga olib boradi. Ko‘pchilik davlatlarda aholini ro‘yxatga olish har besh yoki o‘n yilda amalga oshiriladi.
    Aholini ro‘yxatga olish — shunchaki statistika emas, u umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. Buning natijasida nafaqat aholi soni, balki, uning yoshi, jinsi, milliy tarkibi, yashash sharoiti, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, ta’lim darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi, ishsizligi va boshqa ijtimoiy-demografik masalalar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar yig‘iladi.
Ushbu ma’lumotlar aholining istiqboldagi hisob-kitoblari va yaqin yillarda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu ma’lumotlar avvalgi aholini ro‘yxatga olishdan keyin o‘tgan vaqt davomida ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi.
    Aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘iladigan ma’lumotlar, o‘z navbatida, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi.
Ayni chog‘da ular aholi punktlari infratuzulmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda ham nihoyatda qo‘l keladi. Masalan, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ish topish yoki boshqa maqsadlarda ko‘chib yurishlari, ularning bandliklari va kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar butun mamlakat yoki uning muayyan bir hududida ishlab chiqarish va xizmat qo‘rsatish sohasini rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.
    Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish natijalari aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Bu kabi ma’lumotlarning umumlashtirilishi natijasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yuzaga keladi.
Aholini ro‘yxatga olish natijalarini umumlashgan, ya’ni shaxssizlantirilgan ko‘rinishda turli xil jadvallarda aks ettiriladi va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlar bo‘yicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.

 

Qonunchiligimizda koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish, saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar, yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan faoliyat turlari, shuningdek, yertoʻladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari bor.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu haqda batafsil tushuntirish berdi.

– Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrdagi «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi qonunning 13-moddasi birinchi qismiga asosan umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi belgilangan.

Ushbu moddaning oltinchi qismida esa umumiy mol-mulkning ayrim qismlari umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxsga berilishi mumkinligi belgilangan.

Demak, uyda yashovchi barcha mulkdorlarning roziligini olgan taqdirdagina podvalni oʻz nomingizga oʻtkazishingiz mumkin boʻladi. Aks holda u yerni egallashingiz noqonuniy hisoblanadi.

Yana shuni taʼkidlash lozim, ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismiga binoan: umumiy mol-mulk, agar uning boshqa shaxsga berilishi yoki foydalanish uchun oʻtkazilishi boshqa mulkdorlarning oʻz mulk huquqlarini amalga oshirishini cheklaydigan boʻlsa, boshqa shaxsga berilishi yoxud bir yoki bir nechta mulkdorga yoki boshqa shaxslarga foydalanish uchun oʻtkazilishi mumkin emas.

Tayanch va toʻsiq konstruksiyalarni, kvartiralar oraligʻidagi ihotalangan (oʻrama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat koʻrsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari hamda qurilmalari va boshqa uskuna hamda qurilmalarni boshqa shaxsga berish taqiqlangan.

 

  O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko’ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

E’tibor bering 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga bolnichniy puli 100% to’lanadi. Dekret pulini 75% yoki 100% to’lash  bolalar soniga bog’liq emas, balki xodimning ishga qabul qilingan kundan keyingi stajiga ibog’liq!

Nizomning 35-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:

ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;

ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

  Diqqat etibor bering, umumiy ish staj haqida emas, aynan ishga qabul qilingan kundan keyingi staj haqida gap ketmoqda. Ya’ni aytaylik, 10 yillik ish stajiga ega ayol, boshqa yangi ishga qabul qilindi va oradan 6 oy o’tgach dekretga chiqdi, dekret puli 75 % to’lanadi.

Uchquduq tuman Adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti:     Shodiyeva Nafisa Minboy qizi

    Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-maktabda qurilish ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli eski deraza-romlar, quvurlar va bir qator ikkilamchi mahsulotlar  sotuvga qo'yilganligi ma'lum qilinadi. 

 Mahsulotlar narxi, soni holati bo'yicha 9-maktab ma'muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin. 


Auksion 12.07.2024 kuni 09:00 da bo'lib o'tadi

       Bolalarni bog‘chaga joylashtirish yanada soddalashdi
       Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik to‘siqlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2024 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:

✅ Elektron raqamli imzo kalitini berishda jismoniy shaxslar biometrik (Face-ID) identifikatsiya qilinadi va elektron raqamli imzo kaliti avtomatik tarzda rasmiylashtirib beriladi;

✅ Qurilishi tugallanmagan ob’yektga birlamchi kadastr pasportini shakllantirishda vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlariga uning nomidan murojaat qilish tartiblari belgilandi;

✅ Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanmalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibi joriy etildi.

- Bunda, yo‘llanma rasmiylashtirilganda fuqarolarga tasdiq kodga ega xabarnoma yuborish va shu tasdiq kod asosida bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinadi.

- Fuqarolarga yo‘llanma olish uchun berilgan so‘rovnomadagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati yaratildi.

- Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

✅ Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati bilan muvofiqlashtirildi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 10 kun etib belgilandi.

✅ Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma berishda arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kuniga kamaytirildi.

✅ Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirishda mulkdorning Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorligini tekshirish axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda amalga oshirilishi belgilandi.

✅Fuqarolarga Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatiga lisenziya olish jarayonida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanish imkoniyati yaratildi.

   Avvalo aytib o‘tish joizki, pensiya miqdori ish stajiga ham ish haqiga ham bog‘liq hisoblanadi.

   Pensiyaga chiqish uchun ish staji yetarli bo‘lsa, lekin ish haqi kam bo‘lgan bo‘lgan taqdirda ham pensiya miqdori yuqori chiqmasligi mumkin. Aksincha ish haqi yuqori bo‘lib, lekin ish staji kam bo‘lsa, bu ham pensiya miqdori kam chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, pensiyani hisoblashda fuqaroning oxirgi 10 yillik mehnat faoliyatidan istalgan ketma-ket 5 yillik davrning ish haqi inobatga olinadi. 

    Shuning uchun, fuqarolarimizdan ham ish stajiga, ham ish haqlariga e’tiborliroq bo‘lishlarini maslahat beramiz.

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-maktabda qurilish ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli eski deraza-romlar, quvurlar va bir qator ikkilamchi mahsulotlar  sotuvga qo'yilganligi ma'lum qilinadi. 

 Mahsulotlar narxi, soni holati bo'yicha 3-maktab ma'muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin. 


Auksion 11.07.2024 kuni 15:00 da bo'lib o'tadi.

IMG 20240710 184812 983

 

IMG 20240710 184806 294

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

        Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga iyul oyi uchun oziq -ovqat mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: