LOTIN-КИРИЛЛ

Savol bering, javob beramiz

    Savol; Yaqinda uylangandim, yangi turmush qurgan yoshlarga o‘z xonadoniga qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladimii ?
Javob; “Temir daftar” va “Ayollar daftariga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadoniga qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘ьgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.
    Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.
    Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim, jumladan:
a) kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlarning alohida toifalariga mansub O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

b) «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
v) daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
g) qarz yuki ko‘rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;
d) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
ye) kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
j) ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha boshqa yordam olmagan bo‘lishi;
z) yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo‘lishi.

Uchquduq tuman adliya bo‘limi

O'qilgan: 156 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: