LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

04 Mar 2024

        Yoshingiz ulg‘aya borgan sari ko‘proq ortga nazar tashlab, o‘tgan yaxshi va yomon kunlaringizni sarhisob qilib, gohida quvonib, gohida esa badaningizga birov zirapcha sanchgandek yodga olarkansiz. Men ham shu kunlarda qishloq hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan bolalik chog‘larimni ko‘proq eslaydigan bo‘lganman.
Sobiq tuzum davrida qishloqlarda bolalar bog‘chasi anqoning urug‘i edi. Shu bois esimizni taniganimiz bilanoq onamizga ergashib dalaga "ishga" chiqib ketardik. Rosti, biz emaklashni, toy-toy qilishni keng dalalarda, paxtazorlarda tuproqqa belangan holda o‘rganganmiz. Bolalik o‘yinchoqlarimiz "hojatbaror" onamiz tomonidan loydan, qamishdan yoki paxoldan yasab berilardi. Mehribonlarimiz kunlik rejani bajarguncha biz o‘sha loydan yasalgan qo‘g‘irchoqlarimizni o‘ynab g‘o‘zalar ostida yoki uvat boshlarida yig‘lab-yig‘lab uxlab qolgan paytlarimiz ko‘p bo‘lgan. Deyarli biz g‘o‘za chopig‘idan tortib, paxta yig‘im-terimi tugaguncha onamiz yonida bo‘lardik. Garchand bolalik onlarimiz azob-uqubatlarda o‘tgan bo‘lsada ammo esda qolarli xotiralarga boy bo‘lgan.
   U paytlarda avgust oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab paxta yig‘im-terimi boshlanardi va bu jarayonga yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lganlar o‘z o‘rnini paxtazorda deb bilishi shart edi. Hatto maktabdagi 4-10 sinflarda tahsil oluvchi o‘quvchilarga ham o‘qish vaqtinchalik to‘xtatilib, ular uchun kunlik terim rejasi belgilab qo‘yilardi. Mabodo betob bo‘lib bir kun terimga chiqmay qolsak, o‘sha kuni mas’ul o‘qituvchimiz uyimizga kelib boshimizda “yong‘oq” chaqardi. Shuning uchun iloji boricha jarayonda bo‘lishga harakat qilardik.
Ha, yuqoridan: "Oq oltinni oltin qo‘llar yaratadi!" shioriga nafaqat qishloqda yashovchilar balki shaharliklar ham amal qilishi shart edi. Shaharlik maktab o‘quvchilari ham har kuni turnaqator avtobuslarda ko‘makka kelishardi.
Biz o‘shanda 6-sinfda o‘qirdik.Bir kuni rus millatiga mansub bo‘lgan bir guruh o‘quvchilar bizning "brigada" mizga ko‘makka keldilar. Rosti, o‘shanda biz ularga qarab rosa havas qilgandik. Chunki, ularning paxta terimi uchun kiygan kiyimlarini biz bayramlarda ham kiyolmasdik-da. Shaharlik tengdoshlarimiz shu kuni paxta terish tugul hatto beliga qanday qilib fartuk taqishni ham eplolmadi. Ularning ayrimlari nomigagina paxta terib nuqul anhor va zovurlarni aylanishdi yana ayrimlari esa...

LAYLAK TUT


  Bu tut Navbahor tumani "Qoravultepa" mahallasidagi Qodir bobo deb atalgan dalaning qoq o‘rtasida salobat to‘kib turibdi. Uning yoshini hech kim bilmaydi. Qishloqdagi keksa bobolarimizning aytishlariga qaraganda bu tut qadimiy va muqaddas ekan. Shu bois bo‘lsa kerakki, qishlog‘imizning pillachilari ipak qurti parvarishlayotgan paytda ham zarurat tug‘ilsada bu tutga bolta urishmaydi. Bilasizmi, tut pishig‘i paytida bu yer haqiqiy saylga aylanib ketadi. Kimdir bola-chaqasi bilan tut mevasidan tatib ko‘rish uchun tashrif buyursa, yana kimdir chelak-chelak tut terib shinni, murabbo mayiz qilish uchun ana shu yerga shoshilishadi. Yana kimdir esa tutning soyasida salqinlash uchun qadam ranjida qiladi. Ha, tutning mevasi paxtadek oppoq va katta-katta bo‘ladi. Shirasiga gap yo‘q. Muzlatgichsiz bir oy ikki oygacha o‘z tusini ham rangini ham yo‘qotmaydi.
   Laylak tut. Juda katta tut. Shoxlari ham tarvaqaylab ketgan. O‘n-o‘n besh kishining qulochi tutning aylanasiga yetmaydi. Uning bo‘yini aytmasak ham bo‘laveradi. Tag‘in bu tutning tepasida laylaklarning hayhotdek uyi bor. Har yili havolar iliy boshlanishi bilanoq uzoq o‘lkalardan laylaklar uchib kelib ana shu yerdan qo‘nim topib bolalaydi va qish fasli boshlanishi bilanoq ular yana issiq o‘lkalarga uchib ketishadi.
Darvoqe, bolaligimiz keng dalalarda mehnat qilish bilan o‘tganligi bois biz laylaklarni uchib kelishini ham uchib ketishini ham tomosha qilardik. Hech ularga ozor bermasdik. Iloji boricha topgan-tupganlarimizni o‘sha muqaddas tut ostiga eltib qo‘yardik. Laylaklar ko‘pincha qurbaqa, ilon, baliqlarni ariq va zovurlardan tutib olib o‘sha tutning teppasidagi uyiga olib kelib yerdi. Gohida laylaklar og‘zidagi ilonlardan hazar qilib uy tomon oyog‘imiz olti, qo‘limiz yetti bo‘lib yugurganlarimiz ham ko‘p bo‘lgan.
Ha, laylaklar juda ajoyib qo‘shiq kuylardi. Biz ularning qo‘shiqlarini erinmasdan tinglardik. Ular uzun tumshug‘i bilan tinmay "taqa-taq" qilaverardi. Bilasizmi, laylaklar bolalayotgan vaqtda o‘z uyasiga hech qachon begona qushlarni yo‘latmasdi. Ayniqsa, chap oyog‘ida “sirg‘a”si bor laylak bolalari uchun juda g‘amxo‘r edi. U ertadan kechgacha poloponlariga yemish tashish bilan ovora bo‘lardi.
     O‘shanda yig‘im-terim avjida edi. Aytganimday qimirlagan jon borki ana shu jarayongga qatnashishi shart edi. Hatto umrida paxta chanog‘ini ko‘rmagan rus millatiga mansub insonlar ham ko‘makka, yo‘q, yo‘q "sayr" ga kelishardi...
"Laylak tut" yaqinidagi daladan paxta terayapmiz. O‘ngga yaqin avtobusda rusiy zabon o‘quvchilar paxta terishga keldilar. Xullas, shaharlik oliftalarning ko‘pchiligi nomigagina paxta terishgan bo‘lsa, ayrimlari esa o‘sha biz bilgan muqaddas tutning teppasiga chiqib olib laylaklar bolalariga azob berishdi. Hatto yuzida sepkili bor sariqmesh bola laylakning bir bolasini pastga olib tushib o‘rtoqlariga ko‘z-ko‘zladi. Ha, aytish joiz bo‘lsa biz qarshimizdagi "vahshiy" larga o‘z tilimizda gapirdik va qo‘limizga ilingan narsalarni ular tomon irg‘itdik. Ular ham anoyilardan emas ekan. To‘q ko‘raklar bilan bizni yaxshigina "siyladi". Hali uchishni bilmagan laylakcha odobsiz tengdoshlarimiz qo‘lida kechga borib jon taslim qildi. "Ko‘makchi"lar uylariga ketish chog‘ida ya’ni kattalarning do‘q-po‘pisasidan so‘ng jonsiz laylakchani o‘z joyiga eltib qo‘yishdi. Bolasini o‘lik holatda ko‘rgan ona laylak uyi ustida biram nido qildiki asti qo‘yaverasiz endi...
Aslida laylaklar qish boshlanmasdan avval issiq o‘lkalarga uchib ketardi. Lekin ona laylak o‘sha yili hech qayoqqa ketmadi.
      ...Qahraton qish. Hammayoq oppoq qorga belangan. Maktabimiz qishlog‘imizdan ancha olisda joylashganligi bois, sinfdosh dugonalar birga borib kelardik. Qor bo‘ralab yog‘ayotgan kun maktabga dugonalarim bilan shoshib ketayotsak, Zarafshon daryosi tomondan oppoq qorga belangan laylak uchib kelib yo‘limizga g‘ov bo‘ldi. Biz uni darhol tanidik. Hu, o‘sha oyog‘ida “sirg‘a”si bor laylak edi u. Biz darhol sumkamizdan non chiqarib unga berdik. U marhamatimizga e’tibor qilmadi. Boshdan ro‘mollarimizni olib uni oppoq qorga belangan qanotlarini tozalamoqchi ham bo‘luvdik u qanotlarini bir silkitib shudgor yerning o‘rtasiga borib qo‘ndi. Biz bir-birimizga qarab: "Bu ne sir-sinoat bo‘lsa ekan?", deya yana yo‘limizda davom etdik. Hayal o‘tmay bag‘ri kuygan ona laylak yana tepamizda paydo bo‘ldi va qanotlarini keng yoyib charx ura boshladi. Biz uni tilini tushunmasdik. Lekin bu laylakni bolasidan ayirganimizni bilardik.
O‘sha yili qish juda qattiq keldi. Biz bilgan, tanigan, taqillatishlarini sevib tinglaydigan, bag‘rini qon aylagan laylak esa hech qayoqqa ketmadi. Kunlar, oylar o‘tib yana yoz keldi. Yana issiq o‘lkalardan laylaklar uchib keldi. Yana laylak tut teppasidagi uya laylaklarga to‘ldi. Lekin ming afsuslarki biz o‘sha oyog‘ida “sirg‘a”si bor ona laylakni hech uchratmadik. Mana shunga ham yarim asr bo‘layaptiki undan darak yo‘q. Biz esa hanuz ilinj bilan uning yo‘liga ko‘z tikamiz.

NURIYA PO‘LATOVA,
gazetaning jamoatchi muxbiri.

01 Mar 2024

   Жорий йилнинг 29 февраль куни туман ҳокимлиги мажлислар залида халқ депутатлари Учқудуқ туман Кенгашининг навбатдан ташқари саксон иккинчи сессияси бўлиб ўтди. 

    Сессия кун тартибида қуйидаги масалалар кўриб чиқилди.

    Учқудуқ туманини ишсизлик ва коррупциядан холи ҳудудга айлантириш, секторлар раҳбарлари томонидан “маҳаллабай” ва “хонадонбай” ишлаш тизимини тубдан такомилаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги масала юзасидан туман ҳокими, 1-сектор раҳбари С.Хамроев, туман прокурори, 2-сектор раҳбари М.Ортиқов, туман ИИБ бошлиғи, 3-сектор раҳбари А.Райханов,

туман ДСИ бошлиғи, 4-сектор раҳбари А.Усманов ҳисобот бердилар: 

 Учқудуқ туманида инвестиция, экспорт ва халқаро ҳамкорлик йўналишлари бўйича 2023 йилда бажарилган ишлар ҳамда 2024 йилда амалга оширилиши лозим бўлган долзарб вазифалар тўғрисидаги масала юзасидан туман инвестициялар, саноат ва савдо бўлими бош мутахассиси Э.Расулов ҳисобот берди.

 

01 Mar 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga mart oyi uchun go'sht mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

01 Mar 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga mart oyi uchun non mahsulotlari sotib olish uchun e’lon berilmoqda.

01 Mar 2024

 

Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi quyidagi bo’sh ish o’rinlari uchun tanlov e’lon qiladi:-Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo’lim mudiri-1,0 shtat birligi

Malaka talablari:

Oliy tibbiy ma’lumotga ega

3 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

-Immunolog-epidemiolog vrach-1,0 shtat birligi

-Jamoatchilik bilan ishlash bo’limi epidemiolog yoki sanitariya vrachi-1,0 shtat birligi

-Dezinfeksiya tadbirlar bo’lim mudiri-dezinfeksionist vrach-0,5 shtat birligi

-Sanitariya vrachi-1,0 shtat birligi

Vrach lavozimlariga malaka talablari:

Oliy tibbiy ma’lumotga ega

ish staji talab etilmaydi

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

-Sanitariya vrach yordamchisi-0,5 shtat birligi

Malaka talablari:

O’rta tibbiy ma’lumotga ega

ish staji talab etilmaydi

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

-Vaksina omborxona mudiri-1,0 shtat birligi

Malaka talablari:

O’rta tibbiy ma’lumotga ega

1 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlari Uchquduq tuman          Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limiga haftaning         dushanba-juma kunlari soat 8:00-16:00gacha hamda Facebook ijtimoiy tarmog’idagi aloqa kanali manzili: https://www.facebook.com/profile.php?id=100087951046878 orqali qabul qilinadi.

Manzil: Shukrona ko’chasi 9-uy

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddati 2024-yil 1-martdan 15-martgacha

Ma’lumot uchun telefon: 55-351-04-13

01 Mar 2024

          Қозоғистон Республикаси ҳудудида вақтни ҳисоблаш тартиби тўғрисида”ги ҳукумат қарорига ўзгартиришларга кўра, бутун республика бўйича 2024 йил 1 март соат 00:00 дан бошлаб, ягона вақт минтақасидан фойдаланиш белгиланган. Шундай қилиб, Қозоғистон Республикасининг бутун ҳудуди учун 5-соат минтақаси (UTC+5) қўлланилади.

         Эндиликда мамлакатда барча ҳудудларда вақт аввалгидек бир соат фарқли эмас, бир хил бўлади.

01 Mar 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga mart  oyi uchun Oziq-ovqat, non, go‘sht, sut maxsulotlari sotib olish uchun e’lon bermoqda. Oziq ovqat maxsuloti nomlari quyida keltirilgan

1 Un import 1-nav
2 Manni yormasi
3 gorox(no'xat)
4 Grechka
5 Makaron oliy navli
6 Gerkules(suli yormasi)
7 mosh
8 Tariq yormasi (pishino)
9 Shakar
10 Meva qiyomi (Povidlo)
11 Asal
12 Yang’oq
13 Saryog’
14 Усимлик ёги
15 Qadoqlanga sigir suti 2%
16 Kefir 0.5
17 Smetana
18 Tvorog (sertifikatlangan)
19 Sir
20 Мол гушти
21 Tovuq go’shti
22 Boshsiz baliq
23 Tuxum 1 kategoriya
24 картошка крахмал
25 Lavlagi  (Sveklo)
26 перец
27 Karam
28 Chesnok
29 Kukatlar
30 исмалоқ
31 ридиска
32 Tomat
33 Olma
34 Банан
35 бодринг
36 Limon
37 Tuzlangan bodring
38 Konservalangan no’xat
39 разрихилитр
40 ванелин
41 сахирни пудра
42 Mayiz
43 Namatak
44 курук мева
45 Ko’k (choy)
46 Kakao
47 Yodlangan tuz
48 Preslangan xamurtirish (100gr) (Drojja)
29 Feb 2024

 

Mamlakat fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oraligʻida aholini roʻyxatga olish tadbirlari orqali toʻplanadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning demografik koʻrsatkichlar bilan mutanosib ravishda oʻsib borishini taʼminlash uchun har oʻn yilda kamida bir marotaba aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan soʻng keng koʻlamda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda bugungi kunda aholini roʻyxatga olish tadbiriga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Aholini roʻyxatga olish  mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir boʻlib, uning oʻtkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼi nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni, fuqaroligi, nikoh holati yaʼni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning taʼlim darajasi (oʻrta, oʻrta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xoʻjalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha koʻrsatkichlar boʻyicha bugungi kunda yetarlicha mavjud boʻlmagan maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi.

Nega 10 yilda bir marta?

Dunyo boʻylab ming yillar davomida oʻtkazib kelinayotgan aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bor eramizdan avvalgi 3800-yillarda  bobilliklar tomonidan oʻtkazilganiga tarixiy ishoralar bor. Har 6 yoki 7 yilda oʻtkazilgan bunday tadbirlarda aholi va chorva soni, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori hisobga olingani haqida tarixiy manbalarda ayrim maʼlumotlar saqlanib qolgan.

Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya, Vavilon, Gretsiya va Yunoniston davlatlarida esa aholini roʻyxatga olish tadbirlari soliq toʻlovchilar va harbiy xizmatga yaroqli aholi sonini bilish maqsadida oʻtkazilgan. Shuningdek, shaharlardagi yerlar va xoʻjaliklar, hunarmandchilik va savdo-sotiq hamda ular bilan birga aholini statistik hisobga olishning turli shakllari mavjud boʻlgan.

            Aholini muntazam roʻyxatga olish tarixi 1790-yilga borib taqaladi. Oʻshanda AQSHda, 1801-yilda esa bir vaqtning oʻzida Angliya, Shotlandiya, Fransiya, Daniya va Norvegiyada shunday tadbirlar oʻtkazilgan. Biroq ular hali mukammal boʻlmagani holda, uzoq vaqt davomida aniq bir vaqtga bogʻliq boʻlmagan, belgilangan qoidalarga amal qilinmagan tarzda olib borilgan.

1846-yilda yirik statistik olim Adolf Ketl (1796-1874) boshchiligida Belgiyada oʻtkazilgan roʻyxatga olish  birinchi chinakam ilmiy roʻyxatga olish deya eʼtirof etiladi. Uning oʻziga xosligi shundaki, roʻyxatga olish muddati bir kunlik boʻlib, haqiqatda mavjud aholi hisobga olingan. Mazkur roʻyxatga olish tajribasidan keyinchalik, Yevropaning koʻplab davlatlari foydalangan. 1870-1879-yillarda dunyo boʻyicha atigi 48 ta davlatda aholini roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, XX asr oxiriga kelib, deyarli barcha davlatlar oʻz aholisini roʻyxatga olishga kirishdi.

Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba oʻz aholisini roʻyxatga olishga daʼvat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Xoʻsh, nega aynan 10 yilda bir marta? Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, 10 yil ichida jamiyatda salmoqli oʻzgarishlar roʻy beradi. Avvalgi roʻyxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, soʻrovnomalar mazmuniga tuzatishlar, maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash usullariga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritish talab etiladi.

2015-yilda BMTning “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilinib, 2020-yil raundiga start berilgan edi. Bu raund 2015-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston ham oʻz aholisini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni rejalashtirgan davlatlar qatoridan joy oldi va dunyo xalqlari boʻyicha 228 chi boʻlib BMT tomonidan roʻyxatga olindi.

28 Feb 2024

     Аёл — оила ва жамият устуни, ҳаётимизнинг файзи ва кўрки. Аёллар билан ҳаётимиз гўзал ва мазмунли, хонадонларимиз обод ва нурафшондир. Хотин-қизлари эъзозланган, қадрланган юртнинг эса бугуни ва эртаси фаровон. Чунки аёл меҳнати билан юрт равнақ топади. Гарчи, бирмунча мураккаб соҳа ҳисобланган тоғ-кон саноатида ҳам бугун опа-сингилларимиз самарали меҳнат қилиб келишаётир. 

    8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан ШКБ 3-сонли гидрометаллургия заводида “Нафосат маликаси” кўрик-танлови кўтаринки кайфиятда ўтказилди. Унда завод цех ва бўлинмаларида ишлаб ўзларининг ақл –заковати, фидоийлиги билан ҳурмат қозонган 5 нафар опа-сингилларимиз иштирок этди. 

    Ўзини таништириш, салат тайёрлаш ва эркин мавзуда баҳслашган қизлар қобилият ва истеъдодларини намойиш қилишди. Айниқса, Ирода Зиятованинг “Она ва қизнинг хайрлашуви”, Дилафрўз Сатторова томонидан ижро этилган “Жайдари келин” саҳна кўринишлари тадбир ихлосмандларига бирдек манзур бўлди. Шаҳло Насиббоева “Бизни бахт яратган” монологини, Дилфуза Имомова “Она жасорати” поэмасини маромига етказиб ижро қилди. Шунингдек, Марина Каримбаева намойиш этган ҳунармандчилик буюмлари барчада қизиқиш уйғотди, кўрик-танлов ҳакамлар ҳайъати уларни юқори баҳолади. Асосан қўл меҳнати билан яратилган бежирим миллий буюмлар Маринанинг чеварлигидан далолат бериб турибди. 

Саҳнада бири лаборант, бири оператор, яна бири инженер қизлар нафақат ўз хизмат вазифасини бажаришда балки санъатда ва маданиятда ҳам иқтидорли эканлигини кўрсатдилар. Ҳакамлар ҳайъатининг хулосасига кўра “Энг латофатли” номинациясида Шаҳло Насиббоева, “Энг иқтидорли” номинациясида Марина Каримбаева, “Энг самимий” номинациясида Ирода Зиятова, “Энг мафтункор” номинациясида Дилафрўз Сатторова совриндор бўлишди. Дилфуза Имомова эса бош мукофот “Нафосат маликаси”ни қўлга киритди.

Кўтаринки руҳда ўтказилган тадбир якунида ғолиб ва совриндорларга эсдалик совғалари топширилди.

Дарҳақиқат, аёл латофат, нафосат ва нозик хилқат соҳибаси. Шу билан бирга бугун опа-сингилларимиз ҳам жамият ҳаётида ҳам уй рўзғор ишларида бирдек фаол, фидойи ва уддабурон! Ана шундай ҳар томонлама етук ёшларга ибрат бўлган аёлларимиз сафи ортаверсин!

Дилором САЛИМОВА,

3-сонли ГМЗ маънавият ва маърифат ишлари бўйича инспектор.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: