LOTIN-КИРИЛЛ

Aholini roʻyxatga olish — kelajak sari yangi qadam

 

Mamlakat fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oraligʻida aholini roʻyxatga olish tadbirlari orqali toʻplanadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning demografik koʻrsatkichlar bilan mutanosib ravishda oʻsib borishini taʼminlash uchun har oʻn yilda kamida bir marotaba aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan soʻng keng koʻlamda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda bugungi kunda aholini roʻyxatga olish tadbiriga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Aholini roʻyxatga olish  mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir boʻlib, uning oʻtkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼi nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni, fuqaroligi, nikoh holati yaʼni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning taʼlim darajasi (oʻrta, oʻrta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xoʻjalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha koʻrsatkichlar boʻyicha bugungi kunda yetarlicha mavjud boʻlmagan maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi.

Nega 10 yilda bir marta?

Dunyo boʻylab ming yillar davomida oʻtkazib kelinayotgan aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bor eramizdan avvalgi 3800-yillarda  bobilliklar tomonidan oʻtkazilganiga tarixiy ishoralar bor. Har 6 yoki 7 yilda oʻtkazilgan bunday tadbirlarda aholi va chorva soni, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori hisobga olingani haqida tarixiy manbalarda ayrim maʼlumotlar saqlanib qolgan.

Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya, Vavilon, Gretsiya va Yunoniston davlatlarida esa aholini roʻyxatga olish tadbirlari soliq toʻlovchilar va harbiy xizmatga yaroqli aholi sonini bilish maqsadida oʻtkazilgan. Shuningdek, shaharlardagi yerlar va xoʻjaliklar, hunarmandchilik va savdo-sotiq hamda ular bilan birga aholini statistik hisobga olishning turli shakllari mavjud boʻlgan.

            Aholini muntazam roʻyxatga olish tarixi 1790-yilga borib taqaladi. Oʻshanda AQSHda, 1801-yilda esa bir vaqtning oʻzida Angliya, Shotlandiya, Fransiya, Daniya va Norvegiyada shunday tadbirlar oʻtkazilgan. Biroq ular hali mukammal boʻlmagani holda, uzoq vaqt davomida aniq bir vaqtga bogʻliq boʻlmagan, belgilangan qoidalarga amal qilinmagan tarzda olib borilgan.

1846-yilda yirik statistik olim Adolf Ketl (1796-1874) boshchiligida Belgiyada oʻtkazilgan roʻyxatga olish  birinchi chinakam ilmiy roʻyxatga olish deya eʼtirof etiladi. Uning oʻziga xosligi shundaki, roʻyxatga olish muddati bir kunlik boʻlib, haqiqatda mavjud aholi hisobga olingan. Mazkur roʻyxatga olish tajribasidan keyinchalik, Yevropaning koʻplab davlatlari foydalangan. 1870-1879-yillarda dunyo boʻyicha atigi 48 ta davlatda aholini roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, XX asr oxiriga kelib, deyarli barcha davlatlar oʻz aholisini roʻyxatga olishga kirishdi.

Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba oʻz aholisini roʻyxatga olishga daʼvat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Xoʻsh, nega aynan 10 yilda bir marta? Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, 10 yil ichida jamiyatda salmoqli oʻzgarishlar roʻy beradi. Avvalgi roʻyxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, soʻrovnomalar mazmuniga tuzatishlar, maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash usullariga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritish talab etiladi.

2015-yilda BMTning “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilinib, 2020-yil raundiga start berilgan edi. Bu raund 2015-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston ham oʻz aholisini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni rejalashtirgan davlatlar qatoridan joy oldi va dunyo xalqlari boʻyicha 228 chi boʻlib BMT tomonidan roʻyxatga olindi.

O'qilgan: 252 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: