Bugun Uchquduq tumani hokimi lavozimida ish boshlagan Yelmuratov Uchqun Fayzullayevichning birinchi ish kuni samarali boshlandi, deyish mumkin.
Tuman rahbari Xitoy xalq respublikasi Xubi provinsiyasidan tashrif buyurgan investorlar bilan muzokaralar olib bordi. Qiymati 1 mln. AQSH dollarni tashkil etadigan ushbu loyiha amalga oshiriladigan bo‘lsa dastlab, 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Muhokamalar chog‘ida asosiy e’tibor nafaqat qimmatbaho firuza (biryuza) toshini qazib olish balki qayta ishlashni shu yerning o‘zida amalga oshirishga qaratildi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI