Xalq deputatlari Uchquduq tumani kengashining navbatdan tashqari to‘qson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Sattorov Shuxrat Ismatovich olib bordi.
Sessiya ishida xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari, huquni muhofaza qiluvchi organlar, tashkilot, korxona va muassasalar, siyosiy partiyalar rahbarlari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari, sektor rahbarlari, viloyat soha mutasaddilari ishtirok etdilar. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada viloyat hokimi Tursunov Normat To‘lqunovich ishtirok etib kun tartibidagi masala yuzasidan Uchquduq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tanqidiy tahlil qildi. Tumanda olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, islohotlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni sohalar bo‘yicha birma-bir tahlil qildi.
Shundan so‘ng deputatlar viloyat hokimining 2024 yil 17 iyuldagi Xamroyev Soli Farmonovichni Uchquduq tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladi.
Shundan so‘ng viloyat rahbari Uchquduq tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Yelmuratov Uchqun Fayzullayevichni tanishtirdi.
Yig‘ilishda xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari Abdukarimov Moldabek Saxiyevich, Najmiddinova Nafisa Zayniddinovna, tuman faoli, mehnat faxriysi Keruenbayev Abdulla Moldabayevich, Uchquduq tuman prokurori Ortiqov Maqsud Shokir o‘g‘li so‘zga chiqib, tumanning yangi hokimi atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qo‘shishlarini ta’kidladilar.
Viloyat hokimining Yelmuratov Uchqun Fayzullayevichni Uchquduq tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozda ma’qullandi.