Qayd etilishicha, nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh)dan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi Qonuni 12-moddasi 3-bandiga koʻra:
— bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni 8 yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda 5 yil oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.
Yaʼni, bunday holatda ayollar umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq yaʼni, 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.