Uchquduq tuman hokimi U.F.Yelmuratov, tuman IIB boshlig‘i A.Radjapov va qator mas’ullar Bozdun OFY, Yuzquduq ovulida bo‘lib, hududning ijtimoiy soha obektlarini ko‘zdan kechirdi.
Ovulda joylashgan maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti va QVPning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligidan tortib aholi uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Tashrif yakunida ovul aholisi bilan, mavjud muammo va kamchiliklar borasida suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.
Ovul oqsoqoli OFY raisi S.Qayupov hamda xokim yordamchisi I.Abdikaziyev so‘zga chiqib, ovul turmush tarzi haqida ma’lumot berib, aholining ishsizlik darajasi, ovulda 1 nafar ishsiz fuqaro borligi aholining qolgan qismi ijtimoiy soxada ishlashi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni, kredit olib chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ovul aholisi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida ovul faoli A.Menturov so‘zga chiqib 2-maktabda sun’iy qoplamali mini stadion qurib berish taklifini ilgari surdi. Tuman hokimining tashrifi hududlar bo‘ylab davom etadi.
Uchquduq tuman hokimligi axborot xizmati