LOTIN-КИРИЛЛ

      Biz har kuni baxt bilan to‘qnashamizu uni payqamay o‘tib ketamiz. Ruhiyatimizdagi noqisliklar, tafakkurimizdagi kemtiklar bu xokisor ne’matni anglashga imkon bermaydi.
Aslida, tongda uyqudan ko‘zimizni ochganimiz hamono baxtning yuzi yuzimizga uriladi. Bolalarimiz bag‘rimizda, to‘rt muchamiz salomat, yana bir yangi tongni tinchlik-xotirjamlikda kutib olishdan ortiqroq huzur bormikin? Ha, baxtni his etmog‘i uchun insonga con-sanoqsiz bebaho ne’matlar hadya etilgan.
      Yaqinda protez qo‘lning narxini ko‘rib kapalagim uchdi. Hech qanday savdo narx-navoyu dallolsiz tuhfa etilgan qo‘llarimizning borligi qanday yaxshi! Texnika naqadar zamonaviy bo‘lmasin, Yaratganning qudrati oldida ojizligi milliardlarga xarid qilingan protez qo‘lni har besh yilda alishtirib turilishi zarurligida yaqqol ko‘rinib turibdi. Beminnat xizmatchimiz bo‘lgan, rizq manbaimizning bir qismini yig‘adigan qo‘llarimiz esa mehnatdan toblansa toblanadiki alishtirishimizni kutmaydi.
       Inson tabiati o‘zi shunaqa: bizda go‘yoki hammasi to‘kis va muhayyo bo‘lishi kerakdek, hayot bizni baxtli qilish uchun qarzdordek! Aslida, berilgan ne’matlardan foydalanib, baxt yaratiladi. Biroq, oramizda shunday insonlar borki, boshidagi baxt qushini anglamaydi. Noshukurlik, oxirini o‘ylamaslik evaziga boridan ham ayriladi. O‘zining, otasining ism sharifi ustidan qora chiziq tortadi.
2024 yilning 13 yanvar kuni tungi soat 01:30 larda Navoiy viloyati IIB “NKMK” IIB Uchquduq maydoni va “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi xodimlari bilan hamkorlikda kon jihozlarini taьmirlash syexida o‘tkazilgan tadbir davomida chiqish postida ushbu syexning keng profillar taьmirlash ustasi R.Uga tegishli sumkasi tekshirilganida uning sumkasida korxona mulki bo‘lgan umumiy og‘irligi 4 kg qo‘rg‘oshin bo‘laklarini hech qanday hujjatlarsiz olib chiqishga uringan vaqtida ushlangan. Ashyoviy dalillar va xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
        Mazkur holat yuzasidan 2024 yilning 14 fevral kuni huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 61-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Inkor etib bo‘lmas dalillarga asosan huquqbuzarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
       Shimoliy kon boshqarmasi korxonalariga obi-hayot issiqlik, suv-gaz ta’minoti va oqova suvlar syexi faoliyati bilan kirib keladi. Syexning bir nechta uchastkalari ma’muriy binodan uzoqda – sanoat maydonlarida yoki cho‘l hududlarida joylashgan. Halol rizq topishga bo‘yni yor bermagan ayrim kimsalar korxona mulkiga ko‘z olaytirib, o‘g‘irlik sodir etish rejasini tuzganligi achinarli albatta. Vaholangki, korxonaga tegishli har qanday buyum jihoz anjom qat’iy nazar nazorat ostida!
        Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 14:30 larda fuqaro E.N. sheriklari Z.B va S.A.lar bilan Uchquduq tumani Shalxar OFY hududida Shimoliy kon boshqarmasi issiqlik suv - gaz taьminoti va oqova suvlar syexining zaxiradagi mulki bo‘lgan o‘lchami 2 metr 35 sm bo‘lgan 1000 diametrli, o‘lchami 1 metr 90 sm bo‘lgan 630 diametrli, o‘lchami 1 metr 62 sm bo‘lgan 426 diametrli, o‘lchami 52 sm bo‘lgan 219 diametrli metall quvurlarni hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan noqonuniy kesib olayotgan vaqtida ushlangan. Ular o‘zaro til biriktrib, 1 268 kg metall quvurlarni talon-taroj qilib, kon boshqarmasiga 2 216 464 so‘m moddiy zarar yetkazgan.
       Qilmish-qidirmish, deganlaridek mazkur holat yuzasidan ham huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga sud adolatli hukm chiqardi. Zero, shahar bedarvoza emas, jinoyatni sodir etgan har bir shaxs qilmishi uchun qat’iy javobgarlik belgilanganini unutmasligi zarur.

Umid XAZRATOV,
Navoiy viloyati IIB “NKMK”
IIB TQX tezkor vakili kapitan.

     Sud zalidan

      Hayotda shunday insonlar borki, ularning olijanobligini oddiy so‘zlar bilan ta’riflashga ojizlik qilasan kishi. Ularning oila va jamoat joylari hamda ishdagi va bugunni emas, ertani o‘ylab qilayotgan har bir ishi ibratga loyiqligi bilan ajralib turadi. Ha, azizlar ana shunday insonlarning ko‘pligi bois ham hayotimiz go‘zaldir.
Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, "Sholi kurmaksiz bo‘lmaydi" deganlariday, oramizda yana shunday insonlar borki, ularni tilga olib bo‘lmas darajada qilayotgan nopok ishlarini eshitib: "Hayf, sendaqa insonga!" deb yuborging keladi. Quyida biz ism sharifini tilga olayotgan Asilbek (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) ham ana shunday aytish joiz bo‘lsa, jirkanch insonlardan biridir. Nega deysizmi? Yo‘qsa u o‘z do‘stining xotiniga ko‘z olaytirarmidi?...
      Biz bugun razil do‘st Asilbek haqida gapirar ekanmiz, "Mashriq zamin hikmat bo‘stoni" nomli kitobdagi nopok do‘stlar haqida yozilgan quyidagi jumlalarni keltirib o‘tishni joi, deb topdik.
"Uch toifa odamlar borki, ular bilan do‘st tutinishdan ehtiyot bo‘lmoq kerak. Birinchisi, fisqu fasodli odamlar bo‘lib, ularning himmati nafsi ammorasining ostida bekilgan bo‘ladi. Ikkinchisi axmoq kishilar bo‘lib, boshga tushgan zararni daf qilishda ham, biror foydaga yetishishda ham ularga ishonmaslik lozim. Ko‘p hollarda ularning nafi zarar. Xayrli ishi esa sharoradan battar bo‘lib chiqadi. Uchinchisi yolg‘onchilar bo‘lib, ular bilan bo‘lgan suhbat jonga azob, ulfatchiligi esa dil uyini vayron etadi..."
Ha, azizlar, dil uyini vayron etadigan do‘stlardan uzoqroq yurish kerak.
      Amangeldi ham do‘sti Asilbekka ishonib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Aslida jirkanch voqea quyidagicha bo‘lib o‘tgandi.
Hammasi Amangeldining otarga borib, cho‘ponlik qilishni maqsad qilganidan boshlandi. Do‘sti Asilbekka bu haqda dil yordi:-Do‘stim men senga tug‘ishganlarimdek ishonaman. Chunki, bizning do‘stligimiz bir yil, ikki yillik emas. Esimni taniganimdan beri sen bilan do‘stman. Men yaqinda ovulga uzoqroq otarga ishga ketayapman. Farzandim bilan xotinimni esa senga ishonib topshiraman. Men yo‘g‘imda ular oziq-ovqatdan qiynalib, qolishmasin. Harna boridan qarashib tur. Hisob-kitobniesa men u yoqdankelgandanso‘ngkelishibolamiz...
Amangeldi har tomonlama go‘zal xotini va hali endigina atak-chechak qilayotgan farzandini "och bo‘ri" ni oldiga o‘z qo‘llari bilan tashlab ketayotganini afsuski, bilmadi...
Asilbek kunda kunora Guljamoldan xabarolibturdi. Mehribonlikqilibdo‘stiningfarzandinierkalatib, ulardanholso‘rab,so‘nguyigaketardi. Asilbekning ko‘z qarashlarini yoqtirmagan Guljamol bir kuni unga tanbeh ohangida:
-Asilbek biz yaxshimiz. Uyda hamma narsamiz yetarli. Mabodo biror narsa kerak bo‘lsa o‘zim qo‘ng‘iroq qilaman,-dedi.
-Sizlarga olib kelgan yeguliklarim mashinada qoldi,-deya allamahalda Guljamolning qarshisida paydo bo‘ldi.
Guljamol Asilbekka jon holatda o‘shqirdi:-Tezroq uydan chiqib ket!. Bo‘lmasa hozirning o‘zidayoq qo‘ni-qo‘shnini yordamga chaqiraman, sharmada qilaman,-dedi.
-Bugundodingnifaqat men tinglayman. Faryodingnito‘rtdevordanboshqahech kim eshitmaydi,-deyako‘zlariqongato‘lib,ojizayolnibag‘rigatortdi...
Afsus, shu kech ko‘p yillik do‘stlikka putr yetdi.
Yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolmadi. Bu isnodga Guljamol chidab turolmadi. Tongda u tuman IIB tomon yo‘l oldi...
Yaqinda bo‘lib o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida sudlanuvchi Asilbekga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va sud tomonidan razil do‘st qilmishiga yarasha jazoga tortildi.
Darvoqe, donolarimizdan biri "Eng yomon xislat-dunyoda do‘stlarga qilinadigan makr bilan xiyonatdir",-deydi.
Ha, Asilbek o‘z do‘stiga xiyonat qildi. Endi ana shu xiyonat uning qalbida bir umrlik armonga aylanishi turgan gap.

Nuriya PO‘LATOVA,
gazetaning jamoatchi muxbiri.

20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 1,5-2 kW·h quvvatga ega quyosh panellari bepul o‘rnatib beriladi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar uchun quyosh panellarni bepul o‘rnatib berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov UzReport telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz hozir dastur tayyorlayapmiz. Yozda uy xo‘jaliklarining iste’moli ortadi. Agar bitta yoki ikkita konditsionerga ega kam ta’minlangan oila bo‘lsa, ularga 1,5-2 kW·h quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Bu borada hamkorlarimiz bilan ish boshladik», – dedi u.

 

Energetika vazirining qo‘shimcha qilishicha, Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan birgalikda ijtimoiy muassasalarda quyosh batareyalari o‘rnatilyapti. Endi bu amaliyot kam ta’minlangan oilalar uchun ham joriy qilinadi.

Bunda 20 mingga yaqin ehtiyojmand oilalar ro‘yxati «mahalla yettiligi» hamda Ijtimoiy himoya agentligining restri asosida shakllantiriladi. Panellar quvvati asosiy elektr energiyasiga bo‘lgan bazaviy miqdor – 200 kW·hgacha bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yetadi.

      Bugungi texnologiya,axborot ,innovatsiya rivojlanib borayotgan jamiyatda o`qituvchi kechagi davr o`qituvchisidan o`zga qiyofada bo`lishi lozim.

      Yaqin uch yil davlatimiz tomonidan o`qituvchi mavqeyi qayta o`z o`rnini topishi davlatning o`qituvchiga bo`lgan munosabati o`zgardi.

Abdurahmon Jomiy o`z pedagogik qarashlarida soha egalarini adolatga xushmomilalik va dono so`zlar bilan xizmat qilishga da`vat etadi.Shunday ekan umumiy savol tug`iladi ’’Xo`sh zamonaviy o`qituvchi qiyofasi qanday bo`lishi kerak?’’.

       Zamonaviy o`qituvchi qiyofasida quyidagi xususiyatlar bo`lishi shart:

1.O`qituvchida estetik go`zallik bo`lishi lozim.

Bu narsa keyingi  vaqtlarda uzoq qishloq maktablarida faoliyat yurituvchi ayrim erkak o`qituvchilarda g`oyat muhim kiyinish madaniyatida mumtozshim,oddiy ko`ylakdan tortib hatto soqol va sochning chiroyli parvarish qilinishi muhim hisoblanadi.

      Ayrim oliygohlarda dars beradigan ayrim yosh xotin-qiz o`qituvchilarning a`zolarini bilintirib ko`rsatadigan kiyim-kechaklaridan va shunaqangi dizayndan umuman voz kechilishi kerak.Allomalarimizning so`zi bilan aytganda,maktab ziyo tarqatadigan muqaddas dargoh! Ushbu muqaddas dargohda hech qanaqangi fikr chalg`ituvchi hech qanday holatlarga o`rin bo`lmasligi lozim.

Zero, Charliz Darvin aytganidek: ’’Inson tabiati o`zidagi go`zallikni doim bo`rttirishga harakat qiladi.’’ Biz pedagoglar esa oddiylikka qarab borishimiz,yosh qalblarda uni qabul qilmoqlikni o`rgatmog`imiz kerak.

2.O`qituvchida huquqiy madaniyat bo`lishi kerak:

        Bugungi kunda ayrim o`qituvchilarimiz konstitutsiyamizning asosiy moddalari:   fuqarolar tengligi,fuqarolarning erkinliklari,huquqlari va burchlarini ,ta`limga oid moddalarini bilmaydilar.Hokimiyat tizimi va boshqaruv organlari vakolatlari,hattoki,o`qituvchilarning vakolatlari,huquqlari va burchlarini bilmaydigan o`qituvchilar ham ko`pchilikni tashkil qiladi.

       Bugungi o`qituvchi nafaqat qomusimizni ,balki ta`limga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlarni mukammal bilmog`i shart. Chunki bizning ta`lim tizimimizda pedagog kadrlarga ’’Demokratik jamiyat qurish nazariyasi’’ fani va boshqa huquqiy fanlar o`tiladi.

       Zero,Ibn Sino pedagogik qarashlarda ,-ma`rifatli kishi jasur,o`limdan ham qo`rqmaydigan ,faqat haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo`lishi lozim,deb aytgan.

    Biologiya fani o`qituvchisi ham yuqoridagi xususiyatlarini o`zida kasb etishi mumkin.

                                        Ruxsora  Sharipova  Ilhomovna

          Navoiy viloyati Uchquduq tumani 18-maktabning biologiya fani o`qituvchisi

      Soliqlar yurtimiz faravonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi. Afsuski, ayrim fuqarolar o‘z majburiyatlarini unitib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda. Vaholanki, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Majburiy ijro byurosining Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat byudjetiga soliq qarzdorligini undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida 665 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, soliq va boshqa undiruvlar yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 1,1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 2 ta 818,4 mln. so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
     Soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 46 nafar qarzdorlarning 87 mln. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.
     Misol uchun, bo‘lim ish yurituvidagi “M” MCHJdan 25,3 mln. soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida, hisob raqamlariga band solingan hamda mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
    Olib borilgan ijro harakatlari davomida soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta’minlangan. 
      Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

 

Uchquduq tuman majburiy ijro bo'limi 

 

Assalomu alaykum aziz uchquduq-liklar!

Hurmatli soha fidoiylari!

 Mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasida, O‘zbekiston Respublikasi kon-chilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan ko‘p ming sonli Navoiy kon metallurgiya kombinati hamda Shimoliy kon boshqarmasi tasarrufidagi mehnat jamoalarini, u yerda fidoiylarcha mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Darhaqiqat, konchilik – mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblardan biri. Murakkab ish va iqlim sharoitlarida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ishchi-xizmatchilar, geolog va muhandislar, quruvchilar, qo‘yingki barchalari qazilma boyliklarni qidirishdan boshlab, ma’dan-larni qazib olish, qayta ishlash, tayyor mah-sulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni yuksak mahorat bilan uddalab kelmoqdalar.

Aytish joizki, mamlakatimizda konchi-lar va metallurgiya sanoati xodimlariga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli soha fidoiylari oldiga qo‘yilgan vazifa-larni yuqori darajada bajarishda kuch va madad bo‘lmoqda.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati turdosh korxonalar ichida jahonda yetakchi o‘rinlarda turadigan eng yirik sanoat korxonalaridan biriga aylangan. Oltin qazib olish bo‘yicha respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida ikkin-chi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oltin bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egallaydi.

Qizilqum hududida aniqlangan qimmat-baho qazilma boyliklar zaxirasining 85 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, kombi-natni haqli ravishda mamlakatimiz tog‘-kon sanoatining bayroqdori, deyish mumkin.

Bugun mamlakat kon metallurgiya sano-atining peshqadamlaridan biri bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga beshik vazifasini o‘tagan – Uchquduq bilan har qancha faxrlansak, har qancha g‘ururlansak, arziydi.

Aziz uchquduqliklar!

Hozirgi shiddatkor zamonda yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish rivojlanib, global raqobat kuchaymoqda. Buning natijasida, har bir sohada innovasion texnologiyalarga asoslangan yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylanmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda 3-gidrometallurgiya zavodida yiliga 2 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 2 ta yangi tegirmon bloki barpo etilmoqda. Yangi tegirmon bloklarining ishga tushirilishi bilan  aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi. E’tiborlisi,  korxonada ma’danni qayta ishlash hajmini  10 million tonnaga yetkazish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 12 foizga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, “Daugiztau” konida davriy uzluksiz texnologiyasi majmuasi magistral konveyeri 2,2 kilometrga uzaytirildi. Natijada og‘ir yuk tashuvchi avtoag‘dargich-larning dizel yoqilg‘isi, moy mahsulotlari, avtoshina va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklar ortiqcha sarfining oldi olinmoqda.

Bundan tashqari, “Adjibugut” konida sanoat maydoni infratuzilmasi, xodimlar uchun dam olish  xonalari foydalanishga berildi. Hozirda “Daugiztau” kar’yerini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, avvallari, yer osti boyliklarini qazib olish bazasi hisoblangan ushbu hudud ayni paytda yirik sanoat markaziga aylanib bormoqda. Katta-kichik ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etilmoqda. Eng muhimi, insonlar istiqlol islohotlari mohiyatini teran anglagan holda, ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Aziz hamkasblar!

Bugun do‘stlikning namunasi amalda o‘z isbotini topgan jamoa ahli mamlakat istiqlolini mustahkamlash yo‘lida bor bilim va salohiyatini  safarbar  qilgan holda  mehnat qilmoqdalar. Ana shunday samarali mehnatingizga qut-baraka, oilala-ringizga sog‘lik-salomatlik tilayman!

Uchquduq oltini jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi va yorqin kelajagining bir garovi bo‘lib uzoq yillar xizmat qilaver-sin!

Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin, aziz soha xodimlari!

Yurtimiz tinch, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

E’tiboringiz uchun raxmat!

    Prezidentning 06.04.2024 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PF-73-sonli farmoni qabul qilindi.

     Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning vazifasi etib belgilandi:
• aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarda "giyohvandlikka qarshi immunitetni, o‘quvchi va talabalar orasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik mexanizmlarni joriy etish;
• aholiga sifatli narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yangi usullar asosida rivojlantirish, giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostika, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli choralarni amalga oshirish;
• giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasining yangicha, ayniqsa internet tarmoqdagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini, birinchi navbatda raqamlashtirish orqali rivojlantirish va boshqalar.

     Farmon bilan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tarkiblari ham tasdiqlandi. Ularga Milliy strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish vazifalari yuklangan.

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi etib qayta tashkil etildi. Hujjat bilan uning struktrurasi belgilangan va Milliy markaz:
• Davlat komissiyasining muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini axborot-tahlil jihatidan ta’minlab boradi;
• yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan davlat organi bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi oldida hisobdordir;
• qayta tashkil etilgan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi
A.Jumayev

       Prezidentning 10.05.2024 yildagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-son qarori qabul qilindi.

      Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. 2024 yil 1 iyundan boshlab:

• “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
• xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

        Tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
• xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
• profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
• tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
• rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

Shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi:
• 2024 yil 1 iyundan boshlab – Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
• 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab – respublikaning qolgan barcha hududlarida.

     Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda hududiy markazlarga qarashli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi to‘liqligicha hududiy markazlarga o‘tkazilgan holda tugatiladi.

      2025 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi. 2024 yil 1 dekabrdan boshlab esa bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar dasturi;
• Zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan media-reja.

       Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi
A.Jumayev

 


Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.
Alisher NAVOIY

 

Tarbiya — bu nafaqat inson hayoti, balki yorugʻ olam taqdiri uchun ham eng ahamiyatli ekanligini
isbotlashning hojati boʻlmasa kerak. Xususan, ulug‘ allomalarimizdan biri Umar Hayyom taʻlimtarbiyaga izoh berib, “Taʻlim faqat soʻz va oʻrgatish bilan boʻladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan boʻladi” degan edi. Jahon allomalaridan Ingliz faylasufi Herbert Spencer esa “Tarbiya taʻlimdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi” degan edi. Hammamizga maʻlum yapon oilalari farzand tarbiyasiga alohida etibor qaratishadi. Yaponiyalik Masaru Lbukani oʻzining “Uchdan keyin kech” nomli bola tarbiyasiga bagʻishlangan asarida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
- bola uchun eng yaxshi tarbiya onasining mehrmuhabbatidir;
- men ularga hech qachon tayyor o‘yinchoqlar sotib olmayman. Ularga qismlar to‘plamini beraman va ulardan o‘zlari o‘yinchoq yasab olishlari mumkin;
- farzandlaringiz qobiliyatlari rivoji maqtov va jazolash usullaridan qanchalik foydalana olishingizga bog‘liq;
- ota-onalarning majburiyati — o‘z farzandlariga kengroq imkoniyat berish, kim bo‘lishini o‘zi hal qilishi kerak. Ota-ona emas, farzandning o‘zi kelajagining xo‘jayinidir.
Mazkur maqolamiz orqali biz tarbiya haqida mukammal taʼrif berishni davo qilmagan holda, millatimiz fidoyisi Abdurauf Fitratning “Tarbiya uch qismdan iborat” degan fikrlarini oʻquvchilarga kengroq tushuntirishni maqsad qildik. Abdurauf Fitrat oʻzining ‘‘Oila’’ nomli risolasida farzand
tarbiyasi xaqida shunday yozadi: “Bola ona rahmidan joy olgan zahoti, er-xotin bolani nobud bo‘lishiga olib keladigan har qanday xatti-harakatlardan voz kechishlari lozim. Bu vazifa uncha mushkul emas. Oiladagi eng og‘ir vazifa bola tug‘ilganidan keyingi farzand tarbiyasidir. Farzand tarbiyasi aslida ikki kalimadan iborat. Shuning uchun ham nazaringizda juda mayda muammodek ko‘rinadi. Lekin dono odamlar biladilar-ki, bani Odamning siyosiy, diniy, ijtimoiy inqiloblarining asosi ana shu ikki so‘z — “bola
tarbiyasi”dan iborat birikmaga bog‘liq. Bu xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lish, baxtli bo‘lib
izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik
yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lish, bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan
tarbiyalariga bog‘liq. Bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetishtirish demakdir. Yani ularni urinish va tirishish sahrosiga, yani hayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakir”.
Fitratning ta’kidlashicha farzand tarbiyasi uch qismdan iborat:
1. Badan tarbiyasi;
2. Aqliy tarbiya;
3. Axloq tarbiyasi.
Tarbiyaning tarkibi haqida fikr bildirar ekan Fitrat badan tarbiyasi — ota-onalar oilada ilm va tibbiy qoidalarni amalda qo‘llagan holda bolaning yuvinishi, kiyinishi, yeyish-ichishi va uxlashiga katta e’tibor qaratishida namoyon bo‘lishini takidlab, yosh go‘dak uchun eng yaxshi ozuqa ona sutidir, bolani kasallikdan himoya qilishning eng samarali yo‘li badan tarbiyasidir, deydi.Aqliy tarbiya — bu odam zehni, aql-idrokini kamolga yetkazishdir. Odam aqlining kamoli — yaxshi bilmoq, yaxshi o‘rganmoq va mukammal fikr qilmoqdir. Odam ish qilishidan oldin uni xayoliga keltiradi, fikr etib keyin
amal qiladi. Bolani aqliy va badan tarbiya qilib, unga axloqiy tarbiya berilmasa, aqli hamda jismoniy kuchi
atrofdagilar zarariga ishlaydi. Payg‘ambarimiz ‘‘Hech bir Ota Ona farzandlariga go‘zal tarbiya va yaxshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi’’ deb marhamat qilganlar.

Hilola Norova

18- sonli maktab oliy toifali

 rus tili fani o`qituvchisi

     Uchquduq tumani MMTB ga qarashli 4-sonli maktabda psixolog faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan shu monosabat bilan qator tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning  10-may  kuni "Sog'lomlashtirish oyligi"da "Pozitivlik davr talabi" shiori ostida  psixologi G.Risdauletova tomonidan maktab  o'qituvchilar bilan  “Emotsiyalar nima? Oʻz emotsiyalarini jilovlash” trening mashgʻuloti o’tkazildi. Ishtirokchilar diqqatni jamlash, pozitiv kayfiyatni hosil qilish,  ishtirokchilarni psixologik stress yoki zo‘riqishdan halos qilish, ruhiy engillikni vujudga keltirish , fikrlar va ularning oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish maqsadida “Doira ichida doira” , “Rangli panjalar” , “Biz yagona komandamiz” mashqlari va “Kechirib yuborish” trening mashg‘uloti o’tkazildi. Qayta aloqa qismida ishtirokchilar aylana bo‘ylab bugungi kun materiallaridan qiziqarli va foydali bo‘lgan narsalarni aytib o‘tdilar.

      Joriy yilning 14-may kuni maktab psixologi G.Risdauletova, maktab hamshirasi N.Nazarova, “Do‘stlik” MFY xotin-qizlar faoli D.Sadullayevalar bilan hamkorlikda o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari va voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta tug‘ruqning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O‘tkazildan davra suhbatida o‘quvchi qizlarga erta turmush qurushning salbiy oqibatlari hamda voyaga ytmaganlar yosh qizlar o‘rtasida erta tug‘riq holatlari yuzaga kelayotganligi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Qizlarimizga erta turmushga shoshilmasliklari, hozirgi kundagi davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan oqilona foydalanishlari haqida aytib o‘tildi.

       Uchquduq tuman MMTB ga qarashli 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  9-10-sinf bitiruvchilarini  kasb -hunarga yonaltirish va maktab bitiruvchilarining talimning keyingi bosqichi davom ettirishi haqidagi xoqish-istaklarini aniqlash maqsadida Ota -onalar yigilishi otkazildi. Ota- onalar maktab    psixologi tomonidan tashkil etilgan “Psixologik sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida  "Pozitivlik davr talabi" shiori ostida yoqori kayfiyatda  kutib olindi  va   “Ota-onamga maktub” mashqi “  “Kechirib yuborish“ trening mashg‘ulotlari   otkazildi.


Gulnara Risdauletova Uchquduq tuman 4-maktab psixologi

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: