LOTIN-КИРИЛЛ

  Diareya kasalligi qanday kasallik ?

 

       Diareya xalq orasida ichog‘rig‘i, ich ketishi nomlari bilan ataladigan xastalik bo‘lib, ichak yo‘llarining funksional buzilishi hisoblanib, ichaklarni tez-tez bo‘shatish va ichning suyuq holatda kelishi bilan kechadi. Diareya bilan kattalar ham, bolalar ham kasallanishi mumkin.

                                              Kelib chiqish sabablari

        Diareya ichaklarda suyuqlik va elektrolitlarning so'rilishi bilan bog`liq buzilishlar tufayli rivojlanishi mumkin. Mazkur kasallik quyidagi sabablarga ko'ra yuzaga keladi:

        Sekretor shakli: surgi vositalardan tez-tez yoki ko`p miqdorda foydalanilganda kelib chiqadi. Shuningdek, turli xil zaharlar yoki vabo vibrionlari (bakteriyalari) ham diareyaning ushbu turini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday diareya och rangli suyuq axlat bilan xarakterlanadi, u hidsiz bo`ladi va tarkibida qon, yiring bo`lmaydi.

         Ekssudativ shakli: ichak infeksiyalari, masalan, dizenteriya va salmonellyoz, gijjalar, Kron kasalligi, oshqozon yarasi koliti, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari sabab bo'ladi. Axlat miqdori ko`p bo`lmaydi, rangi och sariq yoki yashil bo'lib, tarkibida qon va yiring ham mavjud bo`ladi.

         Osmolyar shakli: oshqozon osti bezining fermentativ funksiyasi buzilganda, shuningdek, organizmga rotavirus infeksiyasi tushganda yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning bu shakli bolalar orasida eng keng tarqalgan.

Ichak faoliyatini buzadigan stressdan kelib chiqqan diareya shakli ham mavjud.

                                                 Diareya belgilari

       Suyuq axlat – diareyaning eng asosiy belgisidir. Shuningdek, kasallikka quyidagi belgilar ham xos:

       - qorin og'rig'i, sanchiqlar;

       -meteorizm;

       -ko'ngil aynishi, qusish;

       -varaja;

       -defekatsiya bo'lgan soxta intilish.

                                                        Profilaktika

       Diareyaning oldini olish uchun quyidagi, aytarli qiyin bo‘lmagan tavsiyalarga amal qilish talab etiladi:

       -shaxsiy gigiyena qoidalariga riouya qilish, xususan, ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab tozalab yuvish;

        -qaynatilmagan suvni ichmaslik;

        -eski va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik;

        -sabzavot va mevalarni iste’mol qilish va ovqatga ishlatishdan oldin tozalab yuvish.

 Uchquduq tuman SEO va JS bo ‘limi

O'qilgan: 237 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 13 Aug 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: