Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 17-may kuni “Respublikada yong‘inlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb-30 kun” profilaktika tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoyishiga asosan ShKB OYXTTE bo‘limi inspektorlari va 8-Yong‘in qutqaruv qismi xarbiy xizmatchilari bilan birgalikda ShKBga qarashli Markaziy moddiy-texnika bazasida yong‘in xavsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb-30 kun” tadbiri tashkil etildi. Bu tadbirda jami 33 nafar ishchi va xizmatchilarga yozning issiq kunlarida elektr moslamalaridan xavfsiz foydalanish ish joylarida va aholi yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga doir zaruriy tavsiyalar berildi. Profilaktik tadbirda yong‘in o‘chirish avtomobili va yong‘in o‘chirish asboblarining ko‘rgazmali namoyishi hamda birlamchi yong‘in o‘chirgichlardan to‘g‘ri foydalanish, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi tushuntirib o‘tildi.
Joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda fuqarolarning yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lishi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olishga, yong‘in zararlarini kamaytirishga samarali xizmat qiladi.
Obyektda o‘tkazilgan “Dolzarb 30 kun” tadbirida ishchi xizmatchilar kun davomida obyekt hududida va yashash xonadonlarida yong‘in xavfsizligiga amal qilishi, shuningdek oila azolariga elektr moslamalari va gaz qurulmalariga befarq bo‘lmasliklarini takidladi.
ShKB OYXTTEB inspektori leytenent Shukurillayev Oybek
ShKB OYXTTEB inspektori leytenent Xomitov Elyor