Ilm maskani bo'lmish maktab hayoti har bir inson hayotida alohida o'rin tutadi .Bola bog'chada o'ynaydi,rasm chizadi ,she'r yodlaydi ammo bolalarcha fikrlar bilan qabul qiladi ,maktabda esa bola shaxs bo'lib shakllana boradi, mustaqil yaxshi yomonni ajrata oladigan ,yangi bolalarcha g’oyalar bera oladigan ma'lum ilmga tayangan holda ixtiro qiladigan shaxsga aylanadi. Har tomonlama yetuk inson bo'lib yetishish uchun davlatimiz ,mehribon prezidentimiz say harakatlari bilan bugungi kunda har bir ziyo maskanida muhim shart sharoitlar yaratilgan. Bugungi kun o'quvchisi bo'lgim keladi goho. Uchquduq tumanida joylashgan 18- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi ostonasiga qadam qo’yar ekanman bundan 3 yillar avvalgi holat beixtiyor ko'z o'ngimdan o'tadi singan stullar,har xil og'ir partalar ,sinfxona polining teshiklari ,ayniqsa qishda sovuq havoda kurtkalarda o'tirib o'qiganmiz,qo'llarimiz sovuqdan muzlab qolardi. Shuni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman men shu maktabning sobiq o'quvchisiman. Hozirgi kunda maktab direktori Allanova Gulbahor Eskabulovna rahbarligida maktab zamonaviy jihozlangan ,har bir sinfda zamonaviy partalar ,pardalar,gilamlar ,tabiyi gullar ,zamonaviy Televizorlar ,kompyuterlar ,kondisionerlar, mavjud. Maktab o'quvchilari I- smenada dars olib boradilar ,maqsad dars tugagach har bir fandan Fan to'garaklari ish olib boradi ,sport,tikuvchilik ,rassomlik va musiqa to'garaklari hamisha o'quvchilar bilan gavjum. Musiqa xonasi yangi tavsiyalar asosida jihozlangan ,yumshoq yostiqli o' rindiqlar bolalar uchun qulaylik yaratadi. O'qituvchilar xonasi ,oshxona tadbirlar zali ,maktab hovlisida yashnab turgan gullar bahri dilingizni ochadi .Imkoniyatlar va mehnat katta yutuqlar poydevori sanalganidek o'quv yili davomida muvaffaqiyatlar e'tirofga arzigulikdir.
--Men juda ham xursandman - quvonchini yashirmaydi ustoz- o'quvchilarimiz kimyo ,fizika,matematika ,ingliz tili ,onatili va adabioti ,tarix fanlaridan sertifikatga ega bo'ldilar -bu talabalikka bir qadamdir ,Ro'ziyev Durbek kimyo fanidan 100% yechgan ,umid qilamanki o'tgan yili 89% oliy o'quv yurtlariga o'quvchilarimiz kirgan bo'lsalar joriy yilda 95-100% ni tashkil qiladi- Birdamlik ,hamjihatlikda gap ko'p,xalqimiz tarixdan mehr muhabbatga tayanadi .O'z kasbiga ,o'quvchilariga mehr bergan ustozimiz tashabbuslari bilan "Direktor stipendiyasi " sentayabr oyida joriy qilingan edi ,har oyda 3 nafar a' lochi ,odobli ,tashkilotchi o'quvchilar tanlab olinadi va mukofot topshiriladi ,raqobat bo'lsa yutuqlar rivojlanadi deganlaridek o'quvchilar do'stona bellashib harakat qiladilar .
Malikova Malohat
Oliy toifali Magistr Ingliz tili o’qituvchisi