O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013-yil 28-mart kunidagi 89-sonli qarori hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi direktorining 88-sonli buyrug’iga asosan ShKB OYXTTE bo‘limi xodimlari hamda soxa mutaxasislari bilan hamkorlikda.
“Navoiyuran” DK Uchquduq ishlab chiqarish maydoniga qarashli “Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi”, “Geotexnologik koni”da tashkilot bo‘linmalarining yengil alangalanuvchi suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar, yonuvchan gazlar hamda portlovchi moddalarni tashish bilan band bo‘lgan avtomobil haydovchilari, neft bazalari, yoqilg‘i moylash materiallari bo‘yicha masul xodimlar, moddiy tovar boyliklar bo‘yicha javobgar shaxslar (ombor mudirlari, omborchilar), elektrgazpayvandchilar bilan yong’in texnik minimum bo‘yicha aniq maqsadli kurslar tashkil qilinib unda tashkilotning bo’linmalarida mehnat qilayotgan 179 nafar xodimlarining yong’in xavfsizligi bo’yicha bilim va ko’nikmalari oshirildi.
Bunday o’quv kurslarini tashkil qilishdan maqsad tashkilotda mehnat qilayotgan ishchi xodimlarining xavfsizligini ta’minlash hamda davlatimiz tabiiy resurslari va moddiy boyliklarini har qanday talofatlardan asrashdan iborat.
ShKB OYXTTEB inspektori leytenant E.I.Xomitov
ShKB OYXTTEB kichik inspektori oddiy askar F.B.Ulugov