LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

13 Feb 2023

Захириддин Мухаммад Бабур

В узбекском литературоведении личность З.М. Бабура описывается в качестве “правителя” с достойными качествами. Среди этих качествпреобладали смелость и гуманность. Никому, кроме Бабура после Алишера Навои не удалось создать тюрские стихи.

 Умар шайх Мирзо углы Захириддин Мухаммад Бабур является одним изх последних представителей династии Темуридов, котрый внёс огромный вклад в науку и литературу и оставил своей плодотворной деятельностью неизгладимый след в истории человечества.

Бабур – литератор, деятель культуры, полководец, благочестивый правитель и правдивый литературовед, в качестве отца представитель судьбы, со сложными противоречиями. Бабур воспитывался и обучался при дворе правителей. С детства был увлечён науками и поэзией. Имя его означает “тигр”.

   Мирзо Бабур, как поэт, литератор, стихотворец- литературовед, мудрец, богослов, лингвист, правовед, общественный деятель, осведомленный логистикой и и общественными науками, оставил после себя бесценное, духовное наследие.

  Интересовался наукой и искусством., всеми сферами жизни.

 Усердие, инициативность и талант превратили З.М.Бабура в великий образ развитого феодального периода. Здравомыслящий Мирза Бабур в свои 9 лет обучился грамоте. Выучил Коран, Начал писать и истолковывать стихи. До последненго вздоха высоко держал знамя благодеяний.Всепрощаемость была одной из редких ценностей, дарованной Мирзе Бабуру.

  З.М.Бабур в 12 лет, как представитель высокого таланта, после смерти отца занял трон правителя Ферганы. Бабур до последних дней своей жизни в историко- географической книге “Бабур-намэ” излагал боевые сражения, свидетелем которых был сам,скитания в чужой стране.тоску по Родине,отношения к детям, семье,родственникам.

  Захириддин Мухаммад Бабур прошёл сложный жизненный путь, создал бесценные произведения в литературе,искусстве, истории и различных отраслях науки, несмотря на то, что был вынужден провести основную часть жизни в боевых сражениях и жить вне Родины. Как говорится в “Бабур-намэ”, Бабур всегда заботился о воспитании и образовании своих детей,призывал к чтению и исследованию.

  Он прощал грехи людей,предавших его,но честно признавших свою порочность,

 Мирза Бабур иногда доверял им высокие посты.

  Великий полководец, перживший мучения и страдания, занявшись творчеством в своем саду, хотел провести оставшуюся жизнь в Агре.

Не говорите, что Бабур

Не завершил пути:

Остановился я на миг,-

Мне снова в путь пора..

 

 

13 Feb 2023

    Мавсумий кучли ёмғиргарчилик ва (ёки) қорнинг тез суратлар билан эриши натижасида ҳосил бўладиган сел-сув тошқин ҳодисаларининг олдини олиш ва содир бўлганда хавфсиз бошқариш мақсадида Тошқинга қарши туман штаби ташкил этилган.

Мурожаат учун телефонлар (79) 593-29-19, (79) 593-21-41

Учқудуқ тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими

12 Feb 2023

Boburni anglash

                                  Reja:

Bobur-Temuriy shahzodalar ichida eng qo‘rqmasi va shijoatlisi.

Darveshvash, miskinlar homiysi, tadbirkor, bog‘bon podsho e’tiroflariga sazovor bo‘lgan betakror shaxs.

Adabiyotdagi yangi bosqich asoschisi.

Hayot va adabiyotning mard-u maydoni.

Bobur- har bir zamonning eng barkamol timsoli.

     Bobur dilbar shaxs, uyg‘onish davrining tipik hukumdori , mard va tadbirkor odam bo‘lgan , u san’atni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi.

                                                (Javoharla’l Neru)

 Dunyoda har bir millatning eng gullagan davri va eng mashhur shaxslari bo‘lganidek o‘zbek xalqining ham o‘tgan tarixi davomidagi eng taraqqiy topgan davr bu Temur va Temuriylar davri bo‘lsa, mana shu oiladan chiqqan buyuk shaxslar : Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobolarimiz shu yurtga daxldor har bir farzandning faxri va g‘ururiga aylandi. 

 Mashhur tarixchi Xondamir shunday yozadi: “ Bobur Mirzo Temuriy shahzodalar ichida eng qo‘rqmas, va shijoatlisi edi.Ularning birortasi ham Bobur Mirzo boshdan kechirgan sarguzashtlarning mazasini totib ko‘rmagan edi”. 

Haqiqatdan ham biz shoh va shoirning “Boburnoma” asarini yoki she’riy janrdagi yozgan nazm javohirlarini o‘qiydigan bo‘lsak, yoki mashhur o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning Bobur va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi sevib mutolaa qilgan asarlarim: “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” kabilar , yana bir tanishib chiqqan asarim Xorald Lampning “Bobur- yo‘lbars” kabi asarlarning mutolaasidan biz bobomizni ancha chuqur anglaymiz va mehr qo‘yamiz va yana shuni ham tushunamizki, biz o‘qiyotgan barcha voqea-hodisalarning deyarli hammasi haqiqatda yuz bergan , hech bir yolg‘on aralashmagan tarixiy voqe’likdir. Mazkur asarlar orqali men buyuk bobokalonimizga oid juda ko‘p ma’lumotlarni o‘zimga kashf qilganman. Sizga ham tushungan va anglaganlarimni bayon qilaman.

Xorald Lampga o‘xshagan olimlar uni ko‘chmanchi bir mamlakat ichidagi eng madaniyatlashgan oila vakili deb e‘tirof etadi. Aslida esa, Temuriylar davridagi uyg‘onish davrini Yevropa hali his etib ko‘rmagan bir zamon vakili ekanini uning o‘zi tan olmaydi.

 Bobur Amir Temur bobomizning uchinchi o‘g‘li Mironshoh naslidan bo‘lib, otasi Umarshayx Mirzo o‘ta halol, insonparvar shaxs bo‘ladi, Boburning o‘zi otasini davlat siyosatida biroz oqsoq, hukumdorlarga xos strategiya va hodisalarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati bo‘lmaganini aytsa-da, bir safar Axsi tarafdan o‘tgan karvon yo‘lini qattiq qor bosib qoladi, ikki kishigina omon qoladi. Mana shu karvonda tashilayotgan barcha mol-mulklarni otasi ikki yil ko‘z qorachig‘iday asraydi va o‘z egalarini toptirib yetkazadi. Bu birgina misol Umarshayx Mirzoning iymonli va insofli halol hukumdor ekanligini isbot etadi.

Bobur yoshligidan Temurga havas bilan , u qurdirgan binolar, bezaklar, suratlar, inson yaratgan bebaho merosga qiziqish bilan ulg‘ayadi, Eng katta orzusi: Samarqand taxtiga o‘tirish , bobosi an’analarini davom ettirish edi. 

Bu hislarni diliga tukkan yigitning hali aqli ko‘p narsalarga yetmasdanoq boshiga saltanat tashvishi tushdi. 12 yoshli valiahd otasining bevaqt fojiasidan keyin imkonsiz tarzda hokimiyat ishlariga tortiladi. Bunda unga onasi Qutlug‘ Nigorxonimning onasi Eson Davlatbegim va bir qator vafodor beklar yordam beradi. Bir hind tarixchisi uning bu paytdagi holatini suvdan chiqqan baliqqa o‘xshatadi. Hasan Yoqub ismli unga harbiy san’atdan tarbiya bergan ustozlari, Ahmad Tanbal kabi ko‘plab beklardan, hatto o‘z ukalari, tog‘alari, amakilaridan , xolalari, do‘stlaridan vafo va sadoqat ko‘rmagan Bobur hamma narsaga ko‘z yumib , hayotini boshqatdan boshlay oladi, yangi marralarni, oldigilaridan ham yuksak g‘oya va rejalarni amalga oshirishda o‘ziga kuch va shijoat topadi. Ularni kechira oladi, oldingidan ham yaxshi muomala qiladi. Yaxshilik qilishdan to‘xtamaydi.

Samarqandni ikki bor egallasa ham yoshligi, yaqinlarining xiyonati, tajribasizligi tufayli Shayboniyxondan yengiladi, yurtimiz yana o‘zga bir xalqning qo‘liga o‘tadi. Noiloj qolgan juda kam askar bilan qolgan Bobur bir necha oylar davomida uysiz , joysiz, kiyim-kechaksiz, oziq –ovqatsiz tog‘-u toshlarda sarson-sargardonliklardan so‘ng afg‘on yerlarini va uzoq harakatlardan keyin , 5 bor yurishdan keyin hind yerlarini hukumdori bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi. Mana shu poyonsiz va nihoyatda ko‘p boyliklarni sohibi bo‘lishiga qaramay u hech qachon mol-mulkka mukkasidan ketmaydi. Janglarda topilgan boyliklarning katta qismini askarlariga taqsimlab beradi, beva –bechoralarga doim g‘amxo‘r hukumdor bo‘lgani uchun unga “Miskinlar homiysi”,” Darveshvash podshoh” laqablari beriladi. 

Bobur o‘zi zabt etgan mamlakatlardagi xalqning turmush tarzini puxta o‘rganadi. Yerlarning hosildorligi, sug‘orish tizimiga katta e’tibor qaratadi. Afg‘on yerlari past-baland bo‘lgani uchun chig‘iriqdan, charxpalakdan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa oziq- ovqat tanqisligining oldini oladi. Hind yerlariga borganda u yerning hech bir yaxshi tomonini ko‘rmaydi, uning yagona boyligi oltin va javohirlari ekanini aytadi. Shoh mamlakatda ulkan qurilishlar qiladi, yangi unumdor bog‘-rog‘lar yaratadi, yangi –yangi meva-sabzavot navlarini keltirtirib ektiradi, o‘sha mashhur Andijon qovunlaridan boshqa hamma ekinlar hosil beradi. 

Mashhur bir hind arbobi aytganidek: “ Qamish kapalarda kun ko‘rayotgan hindlarga yaxshi va mustahkam imoratlar qurishni, yaxshi yashash uchun dehqonchilik va bog‘dorchilik orqali farovonliklarini ta’minlashni aynan Bobur va shu sulola vakillari o‘rgata oldi “. 

Bir necha yillar davomida Angiliya mustahkamlakasi ta’sirida bo‘lgan bu sehrli diyorga baribir Boburiylar davridagidek yangiliklar va gullab-yashnash nasib etmadi, aniqrog‘i, inglizlar buni eplay olishmadi.  

Mamlakatda chin o‘zbekona bunyodkorliklar, bog‘lar yaratgani uchun Bobur xalqda “Bog‘bon podsho” nomlari bilan ham ataladi.

Bobur o‘ziga xos harbiy qobiliyatga ega edi. Kam sonli qo‘shini bilan ham bir necha marta kuchli va ko‘p sonli qo‘shinni ham yenga olgan : Ibrohim Lo‘di bilan bo‘lgan Panipat jangida xuddi shunday voqea yuz beradi. U birinchilardan bo‘lib poroxli , o‘qotar qurollardan foydalanadi , bu ham o‘z zamonasining ixtirosi edi.  

Hozirgi kunda dunyo xalqlari eng ko‘p o‘rgangan hukmdorlardan biri sifatida e’tirof etiladi. “Boburnoma” va “Hind devoni” , “Muxtasar” , “Harb ishi” kabi asarlari “Volidiya” nomli tarjimalari Boburni faqat shoh emas, shoir, olim, tarixchi, geograf, etnograf , musiqashunos, yozuvchi sifatida ham dunyoga tanitdi. Shunchalar suronli umr kechirgan bu shaxsning naqadar go‘zal qalb egasi ekanini guvohi bo‘lamiz. Ushbu qalbning barcha o‘y-fikrlarini , hislarini tushuna boshlaymiz. Dardlarini , armonlarini bilib olamiz. 

Qo‘rquv qahatchilikdan omonlik topdim, 

Yangi jon-u , yangi jahonlik topdim.

Bugun yovni mahv et, qo‘lingdan kelsa, 

Olov kuchaydimi, kuyadi jahon, 

Dushmanga o‘qingni ayovsiz otgin,

Kamon o‘qlashiga bermagin imkon. 

Bu Boburning Shayboniyxon bilan qilgan janglari davrida yozilgan bo‘lib, yigirmaga ham yetmagan yigitning ruhidagi yoshlarga xos g‘ayrat va shiddatkorlikni ko‘rishimiz mumkin. 

Qolmadi hurmat ahli olamda,

Olam-u olam ahlidan yuv ilik.

Boburo, ikki podshohlig‘din

Yaxshiroq bu zamonda beklik. 

Deb yozgan qit’asida esa biz shohlikning naqadar mashaqqatli ekanini , uning ustiga o‘zining sodiq kishilarining sotqinligi yana ham dilini ezganini his etamiz.  

 Ko‘pdin berikim yor-u diyorim yo‘qdur, 

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur,

Keldim bu sori o‘z ixtiyorim bir-la,

Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdur. 

Ruboiysida esa biz shohning ko‘ngil olamiga kirib borgandek, tuyg‘ularini boshdan kechirgandek bo‘lamiz . 

Bobur ulkan imperiyaga asos soldi, farzandalari va nabiralarini to‘g‘ri tarbiyalashga harakat qildi. Malika Bayda tomonidan zaharlangandan so‘ng va hind yerlaridagi quruq va issiq jazirama uni holdan toydirib, jussasini kichraytirib borar, uyqusizlik, isitma, yangi mamlakatning hali to‘liq o‘rnatilmagan chegaralaridagi tinimsiz hujumlar uni nihoyatda charchatdi , holdan toydirdi. Bu tashvishlar ichida eng dilini kuydurgan cho‘g‘ vatan sog‘inchi bo‘ldi. U yurtidan ikki metr joy so‘rab maktub yozdi, ammo bu xalqning qo‘zg‘alishiga, mavjud hukumronlikka putur yetkazadi deb rozi bo‘lishmadi. 

  Bobur 1530 - yil vafot . Uning vafoti bir necha kun sir tutildi. Tarixda ilk bor Humoyun taxtga qonunan o‘tqazildi. Bundan avval esa hamma vaqt , albatta, janglar bilan egallangan ekan. 

 Shoh va shoir adabiyotdagi yangilik bu har bir narsani boricha tasvirlash edi. Uning xotira asari shunisi bilan ahamiyatliki, unda yozuvchi o‘z xato va kamchiliklarini ro‘y-rost ayta oladi, xatolarini tan oladi. Bu esa podshohga xos bo‘lmagan samimiylik edi. 

 Har bir jangga kirishdan oldin askarlariga qasamyod qildiradigan sarkardaning asarlari, har bir to‘rtligi, ruboiysi adabiyotning ham ulkan merosiga aylandi. Jangda qanday mardona bo‘lsa, adabiyot maydonida ham shunday betakrorlik va oddiylik ,asarlari tilining ravonligi mumtoz adabiyotimizdagi topilmalardan bo‘ldi. Adabiyotning mard-u maydoniga aylandi. 

 Insoniy tuyg‘ulari, millatimizga xos kechirimlilik va mehnatsevarligi Boburni nafaqat o‘zbek balki hind va afg‘on millatiga ham sevimli qildi. Ammo uning sifatlari , podshoh sifatidagi siyosati bugun boshqa millatlarga ham o‘rnak qilib ko‘rsatishga arziydi. Agar har bir kamol topayotgan yigit Boburdek mard va maqsadlaridan qaytmas bo‘lsa, har bir davlat rahbari va tizimida xizmat qilayotgan rahbarning bosh maqsadi: xalqni farovon yashashini taminlash , tinchligini kafolatlash bo‘lsa, ishonamanki, butun dunyodagi xalqlar baxtiyor yashaydi. 

Men bobomiz haqidagi kitoblarni o‘qib shunday insonning avlodi bo‘lganimdan juda xursand bo‘ldim. Bu ajdodlarga munosib bo‘lishga , yangi bilimlarini egallashga , kelajakda ota-bobolarimiz kabi mag‘rur, salohiyatli, kamtarin, zakovatli shaxs bo‘lib yetishishga harakat qilaman. 

 

 

12 Feb 2023

Boburni anglash.

Reja:

Kirish. Boburshunoslik tarixiga bir nazar.

Asosiy qism:

Bobur hayoti va ilmiy- adabiy merosi.

“Boburnoma” asari o’tmishning asl sadosi.

Bobur she’riyatining mavzularining xila –xilligi va badiiyati.

Xulosa.

              Bobur hayoti men uchun ibrat maktabi.

                “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. 

                               Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqatayi nazaridan u          

                                       hamon yashayapti. Bu maskanni yanada obod qilib,   

                                   tarbiya o’chog’iga aylantirish zarur. O’zligimizni 

                                      anglash, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-   

                                    ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo’lmaymiz”.

                                            (Shavkat Mirziyoyev)

Zahiriddin  Muhammad  Bobur   shoir,  adib,  she’rshunos,   adabiyotshunos,  donishmand  faqih  (islom  qonunshunosi),  tilshunos, elshunos, mantiq va riyoziyot  ilmlaridan puxta xabardor jamoat arbobi sifatida o‘zidan bebaho ma’naviy meros  qoldirdi.  Boshqa odamlamikidan deyarii farq  qilmaydigan mo'jazgina ko‘ksida 

sherning yuragiva jur’atini ko'tarib o'tgan bu mukarram  zot  aql  bovar  qilmaydi-gan  kashfiyotlar  bilan  yuzmayuz  yashab  o'tdi, o‘zidan sara ma’naviy xazina va nom qoldirish uchun kuiashdi.Zahiriddin Muhammad Bobuming hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi  eng  noyob  ishonchli  manba,  shubhasizki, uning «Bobumo-ma»sidir.  Shuningdek,  bu  ulug‘  shoir  va  sarkardaning  qizi  Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»,  Muhammad Haydaming «Tarixi Rashidiy» asarlari ham «Bobumoma»  maqomiga  yaqin  turuvchi  asarlar sirasiga  mansub.  Buning  boisi  shuki, 

 Gulbadanbegim  va  Muhammad Haydar  Bobur  Mirzo  bilan  yaqindan  muloqotda  bo'lishgani   bois  o'z asarlarida buyuk hukmdoming faoliyati,  shaxsiyatiga aloqador qimmatli ma’lumotlami keltirishgan.  Hasanxo'ja Nisoriyning «Muzakkir  ul-ahbob» (1566)  tazkirasida  ham  Bobur  Mirzo  bilan  aloqador  ishonchli  qaydlar

 o‘z ifodasini topgan. Xuddi shunday fikmi Hindistonni idora qilgan boburiy hukm-

dorlar  Akbarshoh,  Jahongirshoh,  Shoh  Jahon  zamonida  vujudga kelgan  tarixiy  

asarlar  borasida  ham  aytish  mumkin.

Hindiston inglizlar tomonidan fath etilgandan so'ng,  aniqrog'i,  XVIII asrdan boshlab  Bobuming  hayoti,  faoliyati,  ijodi  kabi  masalalar  Ovrupo sharqshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etdi. Vitsen, Jon Leyden, U.Erskin, RM .Kalenot,  Pave  de  Kurteyl,  Denison  Ross,  A.Beverijd  xonim,  Len Pul,  E.Holden, V.H.M oreland va boshqa

 tadqiqotchilar Bobuming hayoti va faoliyatini o'iganish, asarlarini nashr va tarjima

 qilish bilan shug'ullandilar. Bu  olimlar  orasida  ingliz  tarixchisi  Uilyam   Erskin-ning  olib  borgan izlanishlari  mutaxassislar  tomonidan  juda  ko'p e’tirof  etilmoqda. 

Bobur shoh va shoir uning bizgacha yetib kelgan ulkan merosi mavjud. Shoirning sheʼriy merosi koʻpqirrali. U nasrda ham salmoqli ijod qilgan. Boburning barcha nazmiy asarlari “Qobul devoni” soʻngra “Hind devoni”ga jamlangan. U 1521 yili falsafiy-diniy asari “Mubayyin”ni yozadi. Asarda islom shariatining 5 ustuni, shuningdek “Mubayyinu-l-zakot” soliq chiqimi kitobini yozgan. “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” kabi ilmiy asarlar yozgani maʼlum, biroq ular hanuzgacha topilmagan.

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,

Tiyra boʻldi roʻzgʻorim ul qaro qoshdin yana.

Men xud ul tifli parivashgʻa koʻngul berdim, vale,

Xonumonim nogahon buzulmagʻay boshdin yana…

Bobur sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi gʻazal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan. Uning “Aruz haqida risola” ilmiy asari Sharq tilshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urgʻuli va urgʻusiz, uzun va qisqa boʻgʻinlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. Oʻz qarashlarini arab, fors tojik va turk sheʼriyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy anʼanalarini munosib davom ettiradi. Xalq sheʼriyatiga eʼtibor beradi. Baʼzi asarlarida xalq qoʻshiq sanʼati haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.

Oʻlum uyqusigʻa borib jahondin boʻldum osuda,

Meni istasangiz, ey doʻstlar, koʻrgaysiz uyquda.

Shoh va shoir, shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shugʻullangan. Yirik soʻfiy, Bahouddin Naqshbandiyning izdoshi Xoji Ahror Valining “Volidiya” yaʼni “Ota onalar risolasi”ni sheʼriy koʻrinishga tarjima qilgan. Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzadi. Ushbu grafika asosida muborak Qurʼoni karim hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.

  Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar xayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, o’zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy – tarixiy, ilmiy – tabiiy va adabiy- lingvistik ma’lumotlar xazinasidir. Unda 1494-yildan 1530-yilgacha O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni Shunchaki qayd etish , jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qilad, manzara chizadi, tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy – tarixiy ahamiyati bilaan emas, balki o’zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun qimmatlidur. Shoir o’z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon etadi. O’nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she’riy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko’rinishini, fe’l atvorini, odatlari, o’tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta’rif etiladi.

Asardagi markaziy obraz Boburning o’zi, albatta. Uning his tuyg’ulariga boy qalbi ko’z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his – tuyg’ulari har qanday mubolag’adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O’z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko’zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan “ Boburnoma “ O’rta O’siyodagi yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Bobur O’rta Osiyo, Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to’g’risida boy ma’lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu fani, san’at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent konferensiyasida qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk Roj Anand Osiyo so’zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. O’zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g’oyat qadrlanadi.” Degani bejis emas edi. Davrning juda ko’p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy xarakteri va o’zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy obida hisoblanadi.

U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag’lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug’vor nasgidalarini surishni ko’p marotaba o’z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug’ himmatli va oily maqsadli shaxs bo’lganligidan Farg’ona viloyatini kichik joy deb hisoblab, Samarqandga intilti. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Qobulga keldi va keyin Hindistondek bepayon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug’ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish , bog’- rog’lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi.

Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla’l Neru o’zining “ Hindistonning ochilishi “ va “ Jahon tarixiga bir nazar “ asarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to’liq ushbu fikrlarni izhor etgan: “ Bobur – dilbar shaxs. Uyg’onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo’lgan. Bobur o’ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’at va ayniqsa, adabiyotni sevardi.”

Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “asari tarixiy adabiy manba sifatida yana shunisi bilan e’tiborliki, asarda ko’plab tarixiy shaxslar, adabiyot va san’at ahllari, din peshvolari, shox va shaxzodalar, beklar, amiru umarolar haqida ma’lumotlar uchraydi. “ Boburnoma “ da bir necha yuz tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shoxlar, viloyat hokimlari, amir-amaldorlar, askar boshliqlar, din va namoyondalari, askarlar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahillari, dehqonlar, hunarmandlar, qullar va boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir.

Bobur bularning tasvirlanayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so’zlaydi , ikkinchi birlaari haqida qisqa ma’lumot beradi, boshqa birlarini biron munosabat bilan tilga oladi yoki eslab o’tadi. U voqealarning rivojida muhimroq o’rin tutgan Umarshayx Mirzo , Husayn Bayqoro, Sulton Ahmad Mirzo, Xisravshoh kabi tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning shakl-shamoili, nasl-nasabi, ma’naviy qiyofasi, hislati, xulq - atvori, kishilarga munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarni ham tasvirlaydi. “Boburnoma “ da ilm-fan, san’at va adabiyot ahillariga katta o’rin berilgan. Bobur Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn, Muammoniy, Shayxim Suhayli, Yusuf Badeyniy, Ahmad Xojibek, Behzod , Sulton Ali, Hoji Abdulla Marvoriy, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Uddiy kabi bir qator shoirlar va san’atkorlar haqida ma’lumot beradi, ularni maqtaydi, asarlaridan namunalar keltiradi, ba’zan hayoti, faoliyati yoki shaxsiy sifatlari haqida qiziqarli fikrlar so’zlaydi. “ Boburnoma “ bu kishilarning hayoti va faoliyatini o’rganishda ularning madaniy hayotidagi o’rnini belgilashda juda ahamiyatlidir. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, ma’naviyatimizda muhim voqeaga ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan ham tanishamiz.

Andijon, Samarqand va boshqa shaharlar tasviri bunga yorqin misoldir. Bobur 1494-yil voqealarini otasining halokati va uning o’rniga o’zining taxtga o’tirishi, amakisi Sulton Ahmad Mirzo va tog’asi Mahmudjonning ( qaynata kuyovning ) Bobur ustiga qo’shin tortishi biroq yosh hukmdordan shikoyat yeb sulx tuzushga majbur bo’lishlarini hikoya qilishdan oldin Farg’ona bekligi va uning yetti shahrini tasvirlaydi. Viloyatning eng katta shahri va poytaxti Andijon tasviri g’oyat jonli va badiiy tasvir vositalariga boydir. Tasvirda Andijonning jug’rofiy o’rni, chegaralari, g’allasi mo’l, mevalarga boyligi, ayniqsa qovuni va uzumi yaxshi bo’lishi, qovun pishig’ida poliz boshida qovun sotish raim emasligi, shahar darvozalari, shaharga to’qqiz ariqdan suv kirib, biron yordam chiqib ketmasligi, qalaning atrofi butkul mahallalar bilan o’ralganligi, qalani muhofaza etuvchi suv to’ldirilgan aylana handak bilan mahallalar orasida keng tosh yo’l tushganligi, ov qushlari ko’p va semiz bo’lishi va hokozalar haqida juda sodda mazmunli hikoya qilinadi. Shahar xalqi turkligi, shahar va bozorda turkiy tilni bilmaydigan kishi yo’qligi, aholi lahchasining adabiy tilga o’rinligi Mir Alisher Navoiy asarlarning Hirotda shuhrat qozonganligining sababi ham ularning turk tilida yozilganligi xususida Bobur o’zgacha bir iftixor bilan so’zlaydi.

Bobur oʻzbek adabiyotida oʻzining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga toʻgʻri kelgan edi. Bunday murakkabliklar inʼikosini “Boburnoma”da koʻrgan boʻlsak, ularning shoir ruhiyatida qanday aks etgani uning sheʼrlarida namoyon boʻladi. Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari taʼsirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati sheʼrlarida aks etgan. Keyinchalik oʻz yurtini tark etib, Afgʻoniston va Hindistonga yuz tutganda Bobur sheʼriyatida Vatan tuygʻusi, Vatan sogʻinchi, unga qaytish umidi mavj ura boshladi.

Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,

Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi,

Oʻz yerin qoʻyib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.

Insonga xos qanaqa tabiiy fazilat va sof tuyg`ular bo`lsa, Bobur hayotda ham, ijodda ham asosan ana shularga suyangan. U o`z davlati va saltanati manfaati yuzasidan she`riyatiga bir siyosiy rang, targ`ibot ohanglarini olib kirsa bo`lardi. Yo`q Bobur she`riyatida topolmaysiz bunday ohanglarni.

Mohiyatan toju taxt, hukmronlikka borib tarqaladigan murod-maqsadlarini ham u nihoyatda oddiylashtirib, oddiy odamlarning yuragiga uyg`unlashib ketadigan mazmunda aks ettiradi:

Ko`ngli tilagan murodig`a yetsa kishi

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,

Bu ikki ish muyassar o`lmasa olamda,

Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi.

Bu fikrlar aynan shoh va shoir Boburga tegishli ekanini bilamiz, ammo ko`ngli bir murodga intilib, yetolmagan, “bu ikki ish muyassar” bo`lmasa-da, boshini olib qayonlargadir ketishning ham uddasidan chiqolmagan har bir kishiga daxldorligini ham inkor etolmaymiz. Shuning uchun Boburning ma`naviy-ruhiy dunyosi shohu gadoni o`ziga jalb etaveradi. Ko`ngilni sehrlash, ruhni qanoatlantirishdan to`xtamaydi.

Tuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,

Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor

Uz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.

Endi ruboiyning mazmunini oʻzim tushungan shaklda taqdim etaman.

Ey Zahiri dini Muhammad Bobur, faryod koʻtar, ohingdan dasturxon tuz, u dasturxonga yuzta ohni qoʻy, shu bois, yana bir oh koʻtarda, ayshishratga, oʻtkinchi quvonchlarga izn bermaslik uchun koʻnglingni aysh chilviridan uzib yasha! Nima uchun shunday?

Bu savolga javobni keyinroqqa qoʻyaylikda, hozir Bobur ruboiysining shakliy goʻzalligi xususida fikr yuritaylik. Bu asarda ham Navoiy ruboiysi kabi qofiyani bir boʻgʻinli soʻz tashkil etadi, hatto kelishik qoʻshimchasi yoʻq, faqat soʻzning oʻzi: “tuz”, “yuz”, “uz”. Shunday qilib, ruboiydagi yigirma ikkita soʻzdan yettitasi asosiy soʻzlar, oʻn beshtasi radif.

Navoiy olti oʻzak soʻz va bir kelishik qoʻshimchasidan ruboiy yaratgan boʻlsa, Bobur yetti oʻzak soʻzdan iborat xuddi shunday goʻzal ruboiyni bizga taqdim etadi.

Bunday qaraganda, Bobur ruboiysida Navoiyga taqlid bordek koʻrinadi. Biroq bu aldamchi taassurot. Jiddiy eʼtibor qilinsa, har ikki ruboiy faqat shaklan oʻxshashlikka egaligini, lekin mazmunda keskin farq borligini ilgʻab olish mumkin; pirovard natijada ular bizga ikki qutbdagi holat tasvirlari sifatida namoyon boʻladi. Navoiyning ruboiysi Vatanda emin-erkin yashagan, saltanatda va raiyatda juda katta obroʻga ega, umrini asosan oʻzi tanlagan yagona yoʻlga – ijodga bagʻishlagan baxtli ijodkor insonning oʻz koʻngil mahbubasiga dil izhori, oshiqona satrlar. Boburning ruboiysi esa, oʻzi sevgan ijod yoʻlini yagona maqsad darajasiga koʻtara olmagan, taqdir ikkiga ajratgan bir umr bilan goh ijod yoʻlidan, goh saltanat yoʻlidan yurishga majbur boʻlgan, bir qoʻli qilichdan boʻshamagan, asarlarini goho jangovar ot ustida oʻylagan va yodaki yozgan “tolei yoʻq” ijodkorning faryodi.

Endi yuqorida asosiy tahlilimiz sababchisi boʻlgan Bobur ruboiysining soʻnggi ikki satriga eʼtibor qiling:

Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor

Uz, oh, Zahiri dini Muhammad Bobur.

Vatan sogʻinchi, huzur-halovat nimaligini bilmagan, umri jahongir-jahongashtalik, jangu jadal, sarson-sargardonlikda oʻtayotgan shoirning hayotiy xulosasi bu! 

 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bobur hayoti har bir inson uchun ibrat maktabi hisoblanadi. “Boburnoma” asari orqali biz Boburni buyuk shoh va sarkarda, qomusiy olim deb bilsak, uning she’riyati orqali biz Boburni oddiy unson ekanligini bilamiz. Vatan sog’inchi, Vatanga bo’lgan mehr va sadoqat Boburda vafotiga qadar davom etdi. Hali men tenggi bo’lishiga qaramasdan shoh bo’ldi, boshiga ne azob va xiyonatkorliklar tushmadi. Shunda ham u matonat va sabr bilan eliga kuch berdi. Gohida oddiy mag’lubiyatga uchraganimda yoki kichik to’siqlarga duch kelganimda Bobur shijoati menga kuch va qanot bo’ladi. Balki, siz yoki boshqa Bobur singari butun bir sulolaga asos sola olmasmiz, kata davlat qura olmasmiz, lekin kelajagi buyuk yurtga xizmat qilish, uni gullab yashnashiga o’z hissamizni qo’sha olishimiz mumkin. Bilim va kuchimizni o’zga yurt ravnaqi uchun emas, o’zbek xalqi yuksalishi uchun sarflaylik. Zero, bu Vatan bizga ajdodlardan meros . Bu merosni ko’z qorachig’idek asrash avlodlarga farz va burchdir.

Uchquduq tuman 18- umumiy o’rta ta’lim maktabi 10- “A” sinf o’quvchisi 

Sadirova Laziza

 

 

11 Feb 2023

Boburni anglash

Reja:

1. Bobur – shoh va shoir.

2.,, Boburnoma ‘’ – tarixiy - memuar asar.

3. Bobur satrlarida aks etgan Vatan sog‘inchi.

4. Bobur ijodi qalblarda mangu yashaydi.

                                                                  ,, Bobur Mirzo so’z bilan jonli tasvir 

     yaratish mahoratini mukammal egallagan 

                                              adib edi ‘’. (Pirimqul Qodirov)

Vatanimiz boy qadimiy tarixga ega. Turon, Turkiston, Movarounnahr nomlar bilan shuhrat topgan bu mamlakatning o’tmishi g’oyat qiziqarli va ibratlidir . Mana shunday tariximizda o’chmas iz qoldirgan buyuk shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil Andijon shahrida tug’iladi. Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tdi. Otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyda o’z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni egalladi. Otasi 1494 yil vafot etgandan keyin , hokimyat 12 yoshli o’g’li Bobur Mirzo qo’liga o’tadi. Bobur yosh bo’lgani uchun davlat ishlarini ishonchli beklardan biri Hojiqozi va o’qimishli , oqila onasi Qutlug’ Nigorxonim yordamida boshqaradi. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og’irligiga to’g’ri keldi. Uning orzusi ulug’ bobosi Amir Temur saltanatining davlatini qayta barpo etish edi. Keyinchalik Bobur Hindistonga boradi va o’sha yerda 1526-yil Boburiylar sulolasiga asos soladi. Tarixiy malumotlarda aytilishi bo’yicha , Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo’lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo’llab quvvatlagan va Sikri jangidagi bu g’alaba Boburga Hindistonda o’z hukmronligini uzil-kesil o’rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.Bobur bu g’alabadan keyin uzoq yashamadi. 1530-yil dekabrda oyida , Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga ko’ra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar.

Bobur turkiy she’riyatda Alisher Navoiydan keying o’rinda edi. U sof va nafosatli turkiy devon tartib etadi. U nazm yo’lida,,Mubayyin’’ atalmish asarni yaratib , shu bilan ko’pchilik tomonidan foydali deb topilgan islomiy huquqshunoslikka doir ta’limotning muallifi bo’ldi , shuningdek turkiydagi aruz vazni haqida benazir risola yozdi va ,,Risolayi volidiya ‘’ ni tarjima qildi. Uning bequsurlikda yagona va jo’n uslubda yozilgan ,,Vaqoye’’ yoki ,,Tarixi turkiy’’ asari ham bor. U musiqa va o’zga san’atlarni g’oyatda nozik idrok etadi. 

Bobur ijodida g’azal va ruboiylar yetakchi mavqe tutadi. Adib ushbu janrlarning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga katta hissa qo’shdi. Bobur g’azallarining katta qismi 5 va 6 baytdan tashkil topgan.Boshqa jihatlarni gapirmaganda ham, go’zal qofiyalarning fe’llardan tashkil topishi uni og’zaki nutqqa yaqinlashtirganini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. 

Bobur ruboiylari hayotning turli qirralari haqida bahs yuritadi. Bobur ruboiylari ham g’azallari kabi habsi hol xarakteriga ega: ularda adib o’z ko’rgan-kechirgan tuyg’ularini ifodalashga ko’proq e’tibor beradi:

Necha bu falak solg’usi g’urbatda meni,

Har lahza tugangusiz mashaqqatda meni.

Ne chora qilay, netayki, Tengri go’yo 

Mehnatni menga yaratdi, mehnatqa-meni.

,,Boburnoma’’ - adabiy va tarixiy ahamiyatga molk asar. Unda o’z davridagi ko’plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko’plab tog’lari , daryolari, o’rmon va cho’llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy, ahvoli haqida ma’lumotlar jamlangan.

       ,, Boburnoma ‘’ – o’zbek nasrining go’zal namunasi. Ungacha Yusuf Xos Hojibning ,, Qutadg’u bilig ‘’asari muqaddimasida , Rabg’uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog’onaga olib chiqdi. Biroq ,, Boburnoma ‘’ bu borada o’zbek nasrining o’ziga xos kashfiyoti sifatida yuz ko’rsatdi . Asarda tarixning Bobur yashab o’tgan davri voqealari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xo’jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo’lgan qamrovga ega. Ya’ni unda O’rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo’lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. Asarda adabiyot va san’at ahli, ilm-ma’rifat kishilariga ham munosib o’rin berilgan. Unda Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Hasan Ali Tufayli, Sayfiy Buxoriy, Yusuf Badiiy, Ohiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Ahliy,Alisher Navoiy, Binoiy va boshqa so’z ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud. 

      Bobur g’azalyotida yurt va Vatanga muhabbat, ezgu insoniy fazilatlar tarannumi oilyjanob tuyg’ular tasviri yetakchilik qiladi. Bobur hayotda nihoyatda jur’atli, mardona, yangiliklarga o’ch bo’lgan. Bu xislatlar uning ijodi uchun ham xosdir. Bobur lirikasida ruboiy va qit’alar ham katta mavqe tutadi. Ularda mumtoz adabiyotimizdagi yetakchi obrazlar tizimi o’ziga xos tarzda mujassamlashgan. Shu bilan birga, adib she’riyatni ijtimoiy motivlar bilan boyitishga katta hissa qo’shdi. Bobur o’zbek tilidagi so’zlardan juda o’rinli hamda unumli foydalanadi. Ularning kuchi va qudratini, ichki imkoniyatlarini, tarovatini chuqur his qiladi. Bobur asarlari o’zbek she’riyatining, o’zbek nasrining, o’zbek adabiyotining Navoiydan keyingi eng go’zal, eng nurli sahifalarini tashkil etadi. Ularning barchasi nihoyatda go’zal va ta’sirchan, takrorlanmas bir shaklda namoyon bo’lgan. Ular o’zbek tilining kuch-qudrati, ichki imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga ko’ra ham bebahodir. Bobur ruboiylarining tili sodda, ulardagi tuyg’ular samimiy, ifodalar yengil, shuning uchun adib tasvirlagan tuyg’ular kitobxonga tez ,, yuqadi ’’, uning qalbida ham o’ziga xos aks-sado beradi. Bobur ruboiyni dubaytiy va tarona degan nomlar bilan ham yuritilishini, ruboiy vazni hazaj ekanini ko’rsatadi.Bobur o’zbek tilining tarovat va nozokatini juda teran anglagan, nozik tushungan. Adib o’zbekcha so’zlarning ma’no tovushlaridan zavq tuygan. 

       Bobur hayoti o’zi tug’ilib o’sgan yurtlardan yiroqda kechganini barchamizga ma’lum. Shu bois Bobur ruboiylarida ona Vatanga intilish, g’urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog’inchiga to’la qalbning aks - sadosi, o’ziga xos oynasidir. 

Ko’pdin berikim, yor-u diyorim yo’qdur,

Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qdur.

Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, 

Lekin borurimda ixtiyorim yo’qdur.

       Birinchi misradayoq yor va diyor sog’inchi juda oshkor va samimiy ifodalamoqda. Unda muddatning davomiyligi e’tiborni tortadi. Bunga ,, ko’pdin berikim’’ ifodasi orqali erishilgan. Keyingi misrada ana shu hodisa sababning oqibati ko’rsatilmoqda: bu o’rinda ham muddat, vaqt, fursat tushunchasiga tayanilmoqda.

        O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng vatandoshlarimiz xotiralari tiklandi, ularni Vatanimiz tarixida tutgan o’rnini yoshlarga o’rnak qilib ko’rsatish, xotiralarini abadiylashtirish maqsadida haykallari bunyod etildi, ko’chalarga ularning nomlari berildi. Zahiriddin Muhammad Boburning ham xotirasini abadiylashtirish maqsadida Andijonda unga atab haykal bunyod etildi. Asarlari kitob qilib chop etildi va kitobxonlar tomonidan sevib qarshi olindi.

       Xulosa shuki, adolatli shoh va buyuk shoir Bobur o’zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o’z hissasini qo’shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. Biz o’quvchi-yoshlar buyuk vatandoshimizdan jasurlik, fidoyilik, yurtparvarlik va oilasiga, avlodlariga oqibatlilik, jonfidolikni o’rganib boramiz.Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. 

Navoiy viloyat

Uchquduq tuman

20- maktabning 11-“D” o’quvchisi

Zayniddinova Rushana

 

 

11 Feb 2023

Boburni anglash

      Reja:

I. Kirish. Bobur hayotiga bir nazar.

II. Asosiy qism:

1. Bobur - buyuk podshoh.

2. Bobur asarlari - o‘zbek nasrining go‘zal namunasi.

3. Bobur she’rlari shaydosiman.

III. Xulosa. Bobur haqida buyuklar fikri.

Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r

                                                            shijoatlisi edi.

                                                                                      ( Hasanxo‘ja Nisoriy )

 O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur 1483-yil 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bobur siymosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan iste’dodli shoir, adolatli hukmdor, islom dinining Hindiston hududida keng tarqalishi, bu yerdagi tabaqaviy diskriminatsiya va xurofotga barham berishida muhim ro‘l o‘ynagan shaxs sifatida e’zozlanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi Uyg‘onish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biri. Boburning otasi - Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi – Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurushlarida unga hamrohlik qilgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. 

 Bobur – buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyatchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nobotot olamining bilimdoni sifatida ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Bobur birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi edi. Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‘ bunyodkorlik an’analarini davom ettirdi. Muxtasham qasrlar tiklash, ariq-kanallar qazish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan chinakam ijobiy baholandi. 

 Bobur juda ham adolatli shoh bo‘lgan. Movarounnahr taxti uchun kurash avjiga chiqqan turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga bo‘ysinishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi. O‘z amakisi va tog‘asi bo‘lmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki ikkinchi-uchinchi yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan o‘zaro munosabatini yaxshilash, qo‘shinni tartibga keltirish kabi muhim ishlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi - Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqandni egallash va Movorounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi.

 Pirimqul Qodirov: “Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o‘g‘li Humoyunga “Boburnoma” ni tugallab taqdim etganida unga bir ruboiy ilova qiladi:

  Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum,

  Olam eliding turfa sitamlar ko‘rdum,

  Har kim bu “Vaqoyi’ ” ni o‘qir, bilgaykim,

  Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g‘amlar ko‘rdum.


 

  “ Vaqoyi’ ” – “Boburnoma” ning dastlabki nomi edi. Bobur o‘z zamonasida boshdan kechirgan barcha ko‘rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboiyda aniq ko‘rsatiladi. Uning eng zo‘r istagi: “ Vaqoyi’ ” ni o‘qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar. “Boburnoma” ham “Temur tuzuklari” kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi”, - deb tasvirlaydi. “Boburnoma” – o‘zbek nasrining go‘zal namunasi. Ungacha Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari muqaddimasida Rabg‘uziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pog‘onaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada o‘zbek nasrining o‘ziga xos kashfiyotlari sifatida yuz ko‘rsatdi. Asarda tarixning Bobur yashab o‘tgan davri voqealari ifodalangan. “Boburnoma” dagi voqealar bayoni aniq, ixcham, lo‘nda va ta’sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e’tiborlidir. Mashhur “Boburnoma” – buyuk temuriylar tarixi, buyuk hokimyat yaratilishidan so‘zlaydi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Boburnoma” ning o‘ndan ziyod qo‘lyozma nusxalari saqlanadi. 

 Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. Asar she’riyatning she’riy asoslarini ehtiyotkorona va erishgan yutuqlarining tanqidiy o‘zlashtirish natijasidadir. 

 1521-yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan. Nasriy asarlari “Qobul devoni” ga va “Hind devoni” ga jamlangan. U sharqiy, nasriy janrlarda o‘ndan ziyod she’rlar yozgan. Soliq chiqimi haqida “Mubayyin ul-zakot” kitobini yozgan. Arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy” ni tuzgan. Bu asar turkiy fonetikaga oid hisoblanadi. Ushbu xat asosida Qur’on hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.  

  She’rlarida uning shaxsiy hayoti, atrof-muhiti va tarixiy hodisalar aks etgan. Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Shoir san’ati o‘ziga xos adabiy uslub va mahorat, turkiy tilning ifodaliroq vositalari orqali tasvirlanadi. Uning she’rlarida o‘z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan muhabbat, din, davr an’analari va axloqlari voqelik ila aks etgan. Boburning she’rlari shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi. Bobur she’riyatning asosini ishqiy-nasriy she’rlar tashkil etadi. Ijodining asosiy qirralaridan biri, chinakam insoniy, dunyoviy, haqiqiy sevgini kuylaganligidir. Shoir lirikasi Alisher Navoiy ruboiylarida u sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilish kabi insoniy muammolarni ko‘targan. 

 Shoir o‘zining mukammal g‘azallarida go‘zal oshiq timsolini yaratib, unga tengsiz go‘zal tashqi ko‘rinish, boy ichki dunyo, ma’naviy mukammallik in’om etadi. Shu bilan birga u noyob badiiy vositalarni ham mohirona qo‘llaydi. Bobur she’riyatida ona Vatan mavzusi alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlarida, ayniqsa, to‘rtliklari vataniga bo‘lgan sog‘inch va cheksiz muhabbati ta’sirchan ifidalangan. 

 Zahiriddin Muhammad Bobur vatanimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U nafaqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olim, balki mohir sarkarda va davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalar bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umarshayx Mirzoning kutilmaganda vafot etishi bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 12 yoshda edi. 

 Bobur haqida Javoharla’l Neru shunday yozadi: “Bobur dilbar shaxs. Uyg‘onish davrining buyuk hukmdori, mard va tadbirkor shaxs bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan”. 

     Monstyuart Elfinston ham Boburga shunday ta’rif bergan edi: “Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan “Boburnoma” asari Osiyoda yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir”.

 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘zbek adabiyoti ko‘p yillik tarixga ega. Millat adabiyot tarixini har zamonda yangilab, uning badiiy imkoniyatlarini butun dunyoga namoyon etib turuvchi aziz insonlari, ijodkorlari bo‘ladi. Bulardan biri Temuriylar saltanatida xizmat qilib, amiri muqarrab unvoniga ega bo‘lgan g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bo‘lsa, ikkinchisi bevosita temuriyzoda, davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburdir. 

 Biz yosh avlod o‘tmishimiz va tariximizni chuqur o‘rganib, ularga ergashib, buyuk ishlar qilmog‘imiz, chin inson bo‘lmog‘imiz kerak bo‘ladi. 

  

 

11 Feb 2023

BOBURNI ANGLASH.

REJA.

Bobur hayoti yo’li - ibrat maskani.

Odil podshoh, mehribon ota, yurt sog’inchi ila yashagan inson.

Boburni yod etib…

Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi….

                                                                               (Z.M.Bobur.)

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan vaqtda dunyoga keldi. Shunga qaramay, adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Bobur deb nom oldi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Yoshlikning , beg’ubor bolalalik isini tuyib, zavq olib yashash o’rniga, barcha rahnamolar singari, yurtini va xalqini himoya qilishga kirishdi. 

Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi.

Biroq qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy, ruhiy muhit vujudga keldi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida javaharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”.

“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalklariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. “Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi maʼlumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas ekan. Muallif “Boburnoma”da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va boshqa allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini bildiradi. Buyuk siymo Alisher Navoiy ijodidan ilhom olib g’azallar bitgan, ammo uchrashish nasib etmagan shoh Bobur – go’zal qalb sohibi va kamtarin insondir. Vatan sog’inchi ila yashagan Boburda men o’ylaymanki, go’zal qalb egasi va mehribon ota edi. Uning davomchilaridan Komronda shoirlik meros qolgan bo’lsa, mardlik, jasorat, ko’tarimlik, kamtarinlik katta o’g’li Humoyunmirzoda yaqqol namoyon bo’ladi. 

Xulosa o’rnida aytishim mumkinki, Bobur biz bilan yashamoqda. Uning o’lmas asarlarini, biz yoshlar o’qib , ma’rifat olmoqdamiz. Uni yod etib turli kinofilmlar, teleko’rsatuvlar tayyorlanmoqda, haykallari, bog’lari go’zal shaharlarimizni bezamoqda. Asarlari turli tillarga tarjima qilingan va yana qilinib kelinmoqda. 

Bizning mo’jazgina maktabimizda ham Boburdek kamtar, jasur , toza qalb egasi bo’lib maktabda a’lo baholarga o’qib elayotgan yoshlar ham anchagina. 

Zero, ajdodlarimizga munosib voris bo’laylik deya ahd qilganmiz.

Uchquduq tumani 15-maktab 

10-sinf o’quvchisi

Pernibayeva Gulnaz.

 

11 Feb 2023

Insho

Boburni anglash

Reja:

Kirish. Bobur - kop qirrali faoliyat va ijod sohibi

Asosiy qism: 

1. Bobur sohibdevon, sohir shoir

2. Bobur Boburiylar sulolasining asoschisi

3. Boburnoma Boburning shoh asari

Xulosa. Ozbek millati va Ozbekistonni jahonga tanitgan shoh va shoir

   Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. 

                                                             Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtai nazaridan u 

                                                             hamon yashayapti.Oʻzligimizni anglab, 

                                                             buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, 

                                                             ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qachon

                                                             kam boʻlmaymiz.

 Shavkat Mirziyoyev.

     Bobur – buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, tarixchi, tilshunos, sanatshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida kop qirrali faoliyat va ijod sohibi. Bobur asarlarining gultoji bolmish birgina Boburnoma ning ozi uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Chunki Boburnoma da tilga olingan atamalarning qaysi sohaga tegishli bolishidan qatiy nazar, izohi mukammal berilgan. Bu esa asar muallifining ilmi donish kishi ekanligidan dalolat beradi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti. Oʻzligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qachon kam boʻlmaymiz",- degan so’zlari bizning fikrlarimiz isbotidir. 

     Bobur shuhratda daho Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz soz sanatkori, shoir va adibdir. Badiiy mahorat bobida biror ozbek shoh va shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi. Bobur ijodidagi tarjimayi hollik xususiyati kitobxonda samimiyat va faxr tuygusini uygotadi. Chunki uning deyarli barcha asarlari ozining kechinmalari zamirida bitilgan. U ona shahri, Vatani soginchini misralarida ifodalaydi. Sherlarining birida Hindiston shohi, Boburiylar sulolasining asoschisi bolsa ham, Vatani, Andijonning bir garibi ekanligiga urgu beradi: Ne yerda bolsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,

Garibingga tarahhum aylagilkim, andijoniydur.  

     Hech bir shoir Vatandan yiroqlik fojiasini Boburchalik koptomonlama va tasirchan ifodalay olmagan bolsa kerak

Boburning oz guvoxligiga kora, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqgda boshlangan; «Ul fursatlarda biror ikki bayt aytur edim», deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular ortasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toplana boshlashi ham shu yillarga togri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur ortasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va kop vaqti jangu jadallarda otgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan choglarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanat va ijod ahlini oz atrofiga toplab, homiylik qilgan, ularni ragbatlantirgan.

     Bobur gazallarining asosiy mavzusi oshiqona ehtiroslar, yolvorishlar, iztiroblar-u yonishlardan iboratdir. Gazallarining asosiy qismi ota soda, mislsiz mahorat bilan bitilgan. Shunday shoirlar bor, dunyoda to sher oti bor ekan , istedodli shoir-u adiblar uning sherlariga maftun va shaydo boladilar. Bu royxatning avvalida Navoiy tursa, undan song, shubhasiz, Bobur turadi. 

            Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». “ Bobur – dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan. U sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Mard, jasur, isteʼdodli lashkarboshi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga, u harakatchan, oʻz ishini davom ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor boʻlish uchun intiluvchi odam boʻlgan”, - deb fikr bildirgan hind davlat arbobi Javoharla’l Neru. Tarixiy maʼlumotlarda aytilishicha,  Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil-kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq vaqt hukmronlikqildi.

Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi — 1530-yil dekabr oyida, Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar. Boburning davlat ishlaridagi xizmati nimada? Avvalo, u  Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, mamlakat  yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga  shaxsan oʻzi homiylik qildi. Hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida kengaydi, deyish mumkin.  Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy-ruhiy muhit vujudga kelgandi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida hind xalqining mashhur arbobi Javoharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”. Bobur Hindistonda katta hajmdagi  adolatli davlat ishlari bilan bir qatorda, adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma” hisoblanadi. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi  yaxshi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni; ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgʻonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan-koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida maʼlumotlarni uchratish mumkin. .     

“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalqlariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi.

“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.

“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.

Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.

“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi. Boburning shoh asari – “Boburnoma” turli soha olimlari uchun qimatli manba boʻlish bilan birga, milliy maʼnaviyatimizning noyob durdonasi sifatida xalqimiz tafakkurining oʻziga xos jihatlari, koʻhna qadriyatlarimiz, shonli tariximizni bamisoli tiniq koʻzgu kabi aks ettirib turadi.

      O’zbek millati va O’zbekistonni o’zining shoh asari “Boburnoma” bilan jahonga tanitgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur har birimizning faxrimizdir. Bobur qobiliyat va iqtidor egalarini qadrlaydigan, barcha iste’[dodli insonlarga iltifot bilan qaraydigan yuksak ehtiromga loyiq vatanparvar va bunyodkor insondir. Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. Oʻzbek xalqining dovrugʻini dunyoga taratgan ulugʻ ajdodlarimizdan biri oʻlaroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga oʻrgatadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor boʻlmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi. 

 

 

11 Feb 2023

  Insho:

  Boburni anglash!

     Reja:

1.Boburning hayot yo’liga bir nazar.

2.Bobur asarlari – jamiyat ko’zgusi.

3.Bobur merosi jahon olimlar nigohida.

Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo’lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi ko’radi.

                       ( Javoharla’l Neru)

       Bobur (arabcha, «sher») 1483-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494-yil 9-iyunda Axsi qo‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan qulab, halok bo‘ladi (39-yoshida). Boburning shajarasi quyidagicha: Umarshayx Mirzo – Abdusaid Mirzo – Sulton Muhammad Mirzo – Mironshoh – Amir Temur. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan. Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidandur» deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning uch o‘g‘li (Z.M.Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Opasi – o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar.

       Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‘ng Boboquli Boboalibek, Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. U taxt uchun tinimsiz kurashib, 1497-1500-yillarda Samarqandni, 1502 – 1503 yillarda O’sh va uning atroflarini 

egallab oladi, ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi.  Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozib, orqasiga she’r ham bitib yuboradi. Shayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib, Hindistonga 1519 – 1525 yillar orasida 5 marta yurish qiladi, 1526-yil 21-aprelda Hind Sultoni Ibrohim Lo‘diyning qo‘shinini yengadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi.

        Bobur 1530-yil 26 dekabrda Agrada vafot etadi. Uning jasadi Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismiga dafn etiladi. 1533-yilda esa hoki vasiyatiga muvofiq Qobulga, «Bog‘i Bobur» ga ko‘chiriladi. Boburiylar sulolasi 1483 –1858 yillar mobaynida hukm surgan. Bobur 16-17 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanadi, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozadi. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab 1519-yilda Qobulda («Qobul devoni»), 1528 –1529 yilda Hindistonda («Hind devoni») devonlar tuzgan. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan oshadi. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy janrlari g‘azal, ruboiy va tuyuq bo‘lib, shoir qit’a, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan.

      Boburning 4 ta o‘g‘li, 3 qizi bo‘lib, shulardan Komron ismli o‘g‘li she’riy devon tuzgan. Shoir she’rlarida Vatan ishqi mavzusi yetakchilik qiladi. M. Bobur 20 yoshida «Xatti Boburiy» yozuvini kashf etgan, Xo‘ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan.

       Asarlari: «Boburnoma», «Mubayyin al-zakot» («Zakot bayoni», o‘g‘li Xumoyunga bag‘ishlagan, 1521), «Muxtasar» (1523-1525 y, aruz vazni haqida), «Harb ishi» va «Musiqa ilmi» (bu ikki asar topilmagan), «Qoldimu?» radifli g‘azali (1507 yilda Hirot-Qobul yo‘lida yozilgan), «Topmadim» («Samarqandni ikki marotaba qo‘ldan berish iztirobi» yoritilgan g‘azal) va boshq.

    «Boburnoma»haqida:Bu asar dastlab «Vaqoe’» («Voqealar») deb atalgan. So‘ngroq «Voqeoti Boburiy», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Boburiya» nomlarini olgan. Oxirida «Boburnoma» bo‘lib shuhrat qozongan. Asarda 1494 – 1529 yillarda Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonda ro‘y bergan voqealar aks etgan. Lekin 910 (1504-1505), 915 (1509-1510), 924 (1518-1519), 927 (1520-1521), 928 (1521-1522), 930 (1523-1524), 931 (1524-1525) yillarning voqealari berilmagan. «Boburnoma» ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bo‘lib, jahonning turli kutubxonalarida saqlanadi.

        Asarni 1857 yilda Qozonda N I.Ilminskiy, 1905-yilda Londonda Beverij xonim nashr etdilar. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda «Boburnoma» dan parchalar e’lon qilgan edi. Asar 1948-1949 yillarda 2 jildda nashr etilib, 1960 va 1989 yillarda uning tuzatilgan nashri amalga oshirildi.

           «Boburnoma» XVI asrdayoq turli sharq tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 1586-yilda fors tiliga o‘girilgan. Yodnoma Ovro‘poga XVIII asrning boshida kirib bordi. 1705-yilda Vitsen kitobni golland tiliga tarjima qilib, Amsterdamda chop etdi. 1526-yilda J. Leyden va V. Erksin uning inglizcha tarjimasini, 1871-yilda Pave de Kurteyl frantsuzcha tarjimasini nashr qildilar. XX asrda bu asarni Rashit Rahmati Orat turkchaga, Mixail Sale ruschaga tarjima qildilar. 1826-1985-yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826, 1905. 1921, 1922), 3 marga frantsuz (1871, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o‘girilib, nashr etildi.Boburning hayoti va faoliyatiga doir o‘nlab badiiy asarlar ham yaratildi. Bular orasida frantsiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), AQShlik Xarold Lembning «Bobur – yo‘lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) esse – romani bor. Hindistonlik Muni La’l Bobur va boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O’zbek adabiyotida P. Qodirov, B. Boyqobilov, X. Sultonov Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratganlar.  «Boburnoma» da ilm-fan, san’at, adabiyot ahli xususida keng fikr yuritilgan. Kitob muallifi Alisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Shayximbek Suhayliy, Ahmad Hojibek, Behzod, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoiru san’atkorlar haqida ma’lumotlar bergan, asarlaridan namunalar keltirgan.Bu asarda 1502-yilga Axsiga yaqin Karnon degan joyda Bobur yolg‘izlanib, o‘lim bilan yuzlashganda namoz o‘qish chog‘i uyqu elitgan Boburning tushiga temuriylarning piri, islom olamining mo‘‘tabar siymolaridan Xoja Ubaydulloh Ahror kirib, yordam berajagini aytishi epizodi ham keltirilgan.

         Xulosa o’rnida shuni aytamanki, Bobur avvalo iymonli inson edi. "Hech narsa bo'lmaydi, lekin Xudoning irodasi bilan",der edi.Hindiston ustidan mutlaq hukmronlik qilgan qisqa davrda Boburning davlat ishlarini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yishga vaqti ham, rostdan ham imkoni yo‘q edi. Bobur o'limidan so'ng qurol kuchi bilan zo'rg'a ushlab turgan va birlashgan fuqarolik boshqaruviga ega bo'lmagan imperiya qoldirdi. Undan keyin 23 yoshli oʻgʻli Humoyun otasi tuzgan imperiyani boshqarish uchun hokimiyat tepasiga keldi.

               E’tiboringiz uchun rahmat

 

 

11 Feb 2023

 

Reja :

Yosh shoh va tarixnavis.

Vatan sog’inchi ila yashagan inson.

 Yurtimizda Boburga – e’tirof.

        Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

        Bobur chavondozlik mashqlarini o’tkazmoqda. Chopib borayotgan ot ustida kamondan o’q otib, nishonga shunday otdiki. Nishonga kirgan o’q zarbidan, uning chuqur kirgan o’q izidan hamma hayratlandi yana boshqa satrlarida bir ot ustidan ikkinchi ot ustiga sakrab o’tib otning jilovini qo’lga olib harakatlanayotganga ot changalzor tomon uchib ketmoqda, to’satdan ot ustida ketayotdan Bobur jarohatlandiyu, sallasi yerga tushdi. Vazirlar endi nima bo’larkan deb kutib turibdi, jazo olishi muqarrar. Axir shoh o’g’li yaralandi, shunda Bobur mulozim va navkarlarga sir saqlay oladiga eng yaqin insonlaridek munosabat bildirib Eson Davlat Begimni “bilmay qo’ya qolsinlar” –deganlari.Yana Fiqh ilmini o’rganayotgan o’n ikki yoshli Bobur Kamoliddin Behzod mohirona chizgan Alisher Navoiy suratiga qarab, kitobini bir sahifasiga asrab yurib, suratga qarab –“ Ulug’ amir, nasib bo’lsa huzuringizga borsam, yo’limda Axramanu ajdaho uchrasa, Farhodingizday hammasini yengib o’tsam .O’shanda siz menga …she’riyat tilsimini ochuvchi kalit berurmisiz ?”-deb hayollar ummoniga cho’mgani. Yosh Boburning ulkan orzularidan biri ham shu Navoiy bilan uchrashish , g’azalxonlik qilish edi. Afsuski o’z orzusiga yetolmagan Bobur Navoiyning unga yozgan maktubini olib,sevinishi, hayolan u bilan she’rxonlik o’tkazishi, yosh shoirning go’zal qalb egasi ekanligidan darak beradi. Yoki Ahmad tanbalning Bobur shoh kezlari hali muylabi sabza urmagan necha yigitlarning kalla suyagini oyoqlari ostiga tashlab suyunganda, Bobur shunchalar yomon ahvolda qolib, begunoh to’kilgan qonlar uchun o’zini so’roqqa tutishi. Ushbu yuqoridagi jumlalarga Boburning qanchalar rahmdil va haqiqatparvar ekanligini bilib olamiz. Dunyoda qanday ezgulikka yo’g’rilgan so’z bo’lmasin barchasi bilan Boburni ta’riflashga ishlatsak bo’ladi.

        Otasidan erta ayrilgan har qanday inson Boburdek katta iroda egasi bo’la olmaydi. Biz bilamizki, Bobur o’zini vatandandan yiroqda o’zga yurtni vatan qilsada, o’zi tug’ilgan ota yurtini sog’inchi bilan umrini nihoyasigacha yurti ishqida ko’plab g’azallar-u ruboiylar yozadi. Hind sari yuzlanganini “ yuz qarolig’” deb, ko’p vatanini qumsaydi, Hindistonda Boburiylar sulolasi yana necha yillar uning ezgu ishlarini davom ettiradi. O’z vataniga sig’magan shoir va shoh o’zga yurtning xalqini , madaniyatini yomonlardan asrab himoya qiladi. Biz har doim yoshlarimizga Boburning ko’tarimlik bo’lishi, vatanparvar, haqiqatparvarligini, odamgarchilik tuyg’ularini aytib, amalda ko’rsatib o’rnak bo’lishimiz vaqti kelmadimi? Darslikdagi Bobur haqidagi ma’lumot bilan cheklanmay turli adabiyotlarni o’qib, uning ma’naviyatini yoshlar ongida singdirish ,faqatgina kamolotga yetaklaydi. 

       Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Andijon shahrida Bobur nomida teatr, kutubxona, milliy bogʻ bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Ma’lumotlarga qaraganda,  Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻlgan ekan.

 Xulosa o’rnida shuni aytish lozim deb bilaman-ki, hozirgi o’r, o’jar, erkatoy, internet-u telefondan bosh ko’tara olmay qolgan yoshlarimiz hech bo’lmaganda bir bora “Yulduzli tunlar”ni o’qisa edi. Ota onalarimiz ham o’rnak bo’lib, bolasiga kitob bersa man ishonamanki, yoshlarimiz kelajakka qo’rqmay katta marralarni ko’zlaydi. Muhtaram Prezidentimiz ham ana shuday yosh Jaloliddin-u , yosh Boburlarni , Navoiy izdoshlarini dunyo bilsin, ko’rsin , O’zbekiston yoshlarini dunyo tanisin deb, kecha-yu kunduz uxlamay bizlarga sharoit yaratmoqda. Men shunday yoshlardan biri sifatida ayta olamanki, Boburdek o’z vatanimni sevaman va asrab avaylayman. Vatanim uchun, ravnaqi uchun o’z hissamni qo’shaman.

Uchquduq tumani 15-maktab

10-sinf o’quvchisi Jalgasova Jasmin Sauletovna

 

 

 

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: