1- maydan boshlab ijarada turadigan talabalarga ijara haqining 50%i davlat byudjetidan to'lab beriladi. Bu haqda Moliya vazirligi ma'lumot berdi.
Buning uchun talaba davlat OTMlarida o'qiyotgan bo'lishi kerak.
Bunda pulni to'lash quyidagicha bajariladi:
- Toshkent shahrida ijarada turadiganlar uchun BHMning 1 baravarida ya'ni 245 ming so'm to'lanadi.
- Qolgan hududlarda yashayotgan talabalr uchun BHMning 0,5 baravari miqdorida ya'ni 122 500 so'm pul davlat tomonidan beriladi.
Shuningdek, talaba yashayotgan uyida ijara huquqi asosida (shartnoma bilan) yashayotgan bo‘lishi lozim.
Hozircha jami 60 foiz talabaning 50 foiz ijara puli qoplanadi, deyilgan vazirlik bergan ma'lumotda.