Assalomu alaykum aziz uchquduq-liklar!
Hurmatli soha fidoiylari!
Mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasida, O‘zbekiston Respublikasi kon-chilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan ko‘p ming sonli Navoiy kon metallurgiya kombinati hamda Shimoliy kon boshqarmasi tasarrufidagi mehnat jamoalarini, u yerda fidoiylarcha mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Darhaqiqat, konchilik – mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblardan biri. Murakkab ish va iqlim sharoitlarida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ishchi-xizmatchilar, geolog va muhandislar, quruvchilar, qo‘yingki barchalari qazilma boyliklarni qidirishdan boshlab, ma’dan-larni qazib olish, qayta ishlash, tayyor mah-sulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni yuksak mahorat bilan uddalab kelmoqdalar.
Aytish joizki, mamlakatimizda konchi-lar va metallurgiya sanoati xodimlariga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli soha fidoiylari oldiga qo‘yilgan vazifa-larni yuqori darajada bajarishda kuch va madad bo‘lmoqda.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati turdosh korxonalar ichida jahonda yetakchi o‘rinlarda turadigan eng yirik sanoat korxonalaridan biriga aylangan. Oltin qazib olish bo‘yicha respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida ikkin-chi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oltin bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egallaydi.
Qizilqum hududida aniqlangan qimmat-baho qazilma boyliklar zaxirasining 85 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, kombi-natni haqli ravishda mamlakatimiz tog‘-kon sanoatining bayroqdori, deyish mumkin.
Bugun mamlakat kon metallurgiya sano-atining peshqadamlaridan biri bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga beshik vazifasini o‘tagan – Uchquduq bilan har qancha faxrlansak, har qancha g‘ururlansak, arziydi.
Aziz uchquduqliklar!
Hozirgi shiddatkor zamonda yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish rivojlanib, global raqobat kuchaymoqda. Buning natijasida, har bir sohada innovasion texnologiyalarga asoslangan yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylanmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda 3-gidrometallurgiya zavodida yiliga 2 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 2 ta yangi tegirmon bloki barpo etilmoqda. Yangi tegirmon bloklarining ishga tushirilishi bilan aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi. E’tiborlisi, korxonada ma’danni qayta ishlash hajmini 10 million tonnaga yetkazish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 12 foizga oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, “Daugiztau” konida davriy uzluksiz texnologiyasi majmuasi magistral konveyeri 2,2 kilometrga uzaytirildi. Natijada og‘ir yuk tashuvchi avtoag‘dargich-larning dizel yoqilg‘isi, moy mahsulotlari, avtoshina va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklar ortiqcha sarfining oldi olinmoqda.
Bundan tashqari, “Adjibugut” konida sanoat maydoni infratuzilmasi, xodimlar uchun dam olish xonalari foydalanishga berildi. Hozirda “Daugiztau” kar’yerini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, avvallari, yer osti boyliklarini qazib olish bazasi hisoblangan ushbu hudud ayni paytda yirik sanoat markaziga aylanib bormoqda. Katta-kichik ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etilmoqda. Eng muhimi, insonlar istiqlol islohotlari mohiyatini teran anglagan holda, ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Aziz hamkasblar!
Bugun do‘stlikning namunasi amalda o‘z isbotini topgan jamoa ahli mamlakat istiqlolini mustahkamlash yo‘lida bor bilim va salohiyatini safarbar qilgan holda mehnat qilmoqdalar. Ana shunday samarali mehnatingizga qut-baraka, oilala-ringizga sog‘lik-salomatlik tilayman!
Uchquduq oltini jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi va yorqin kelajagining bir garovi bo‘lib uzoq yillar xizmat qilaver-sin!
Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin, aziz soha xodimlari!
Yurtimiz tinch, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun raxmat!