LOTIN-КИРИЛЛ

       XORIJIY TILNI O‘RGANISHDAGI ENG DOLZARB MUAMMOLAR

          Hozirgi kunda prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlarning xorijiy

tillarni bilish darajasini oshirish maqsadida ko‘plab tashabbus va islohotlar olib

borilmoqda va ayni damda katta e’tibor chet tillarni o‘rganishga qaratilgani ham bejiz emas. Ma’lumki, boshqa tillar qatorida ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan talab ham kun sayin ortib bormoqda. Bu dunyoda qayerga bormaylik ingliz tili allaqachon barcha uchun ommaviy tilga aylanib ulgurganligiga shubha qilmaymiz. Ingliz tili jamiyatda odamlar uchun katta rol o‘ynaydi. Ushbu til o‘z ona tilisi bo‘lmagan odamlar uchun o‘rganish jarayonida qiyinchilik tug‘dirishi amri mahol. Jamiyatda inson o‘z o‘rnini topishlari uchun ingliz tilini o‘rganishlari, tushunishlari va ravon gapira olishlari kerak.

       Turli tillarda gaplashadigan boshqa mintaqalarga mansub odamlar bilan muloqot qilish va fikr almashish jarayonida ingliz tili muloqot qilishning umumiy tili sifatida qo‘llanila oladi. Biroq ingliz tili grammatikasi murakkab va qiyin va shu bilan birga o‘zbek tili grammatikasi bilan farq qiluvchi strukturaga egaligi tufayli o‘rganish jarayonida ko‘plab muammolarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. O‘quvchilar grammatikani, ayniqsa, so‘zlashuv jarayonida qiyin deb topishlari mumkin va bu oqibatda noto‘g‘ri xabar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Ingliz tili grammatika qoidalari aniq emas va juda ko‘p istisnolarga ega. Natijada, ularni yodlash qiyin va qo‘llash yanada qiyinroq. Ingliz tilini o‘rganishda quyidagi muammolarga duch kelinadi:

  1. Murakkab grammatika. Talabalar uchun ingliz tili grammatikasini o‘rganish

juda qiyin. Ingliz tilida so‘zlashda talabalar asosan grammatik xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Odatda, o‘quvchilar ingliz tilida so‘zlashda zamon, nisbat, so‘z boyligida xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Gap tuzish jarayonida ko‘pincha til o‘rganuvchilar zamonni farqlashda qiynalishadi va noto‘g‘ri ishlatadilar, ya’ni ba’zan ular o‘tgan zamonda gapirmoqchi bo‘lishsa, o‘tgan zamon o‘rniga hozirgi zamonda gapirishadi. Muammo ular o‘tgan, hozirgi va kelasi zamonlarni qanday ishlatishni osongina farqlay olmasligidadir.

  1. Auditoriyada ona tilidan ortiqcha foydalanish. O‘rganuvchilar undan

foydalanishga majbur bo‘lganlaridagina boshqa tilni yaxshi o‘rganadilar. O‘qituvchi talabalar o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishlarini talab qilishi kerak. Ana shu holatdagina til o‘rganishda o‘sish, talaffuzda ravonlik kabi yutuqlarga erishish darajasi oshadi. Dars jarayonida qat’iyat bilan talab qilinsa va cheklovlar yo‘lga qo‘yilsagina chet tilini o‘zlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshadi.

3.O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik.

Odatda, o‘qituvchilar ularni sinfda yoki odamlar oldida ingliz tilida gapirishga

undashmaydi. Ular ingliz tilini o‘rganishadi, lekin so‘zlashishni yetarlicha

o‘rganishmaydi. Bu asosan talabalar sinfda yoki odamlar oldida duch keladigan

muammolardan biridir. O‘ziga bo‘lgan ishonch ingliz tilida gapirishda juda muhim rol o‘ynaydi, agar talabalar o‘zlariga ishonmasa, ingliz tilida erkin gapira olishmaydi. O‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi butunlay o‘qituvchilarga bog‘liq.

     O‘qituvchilar ularni o‘zlariga ishonishga va jamoat oldida ingliz tilida gapirishga ishonch hosil qilishga undashlari kerak. Agar o‘quvchilar nutqda xato qilishdan tashvishlansa, o‘qituvchilar ularga hech kim mukammal tug‘ilmasligini, har kim o‘z  xatolaridan saboq olishini o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar noto‘g‘ri gapirsalar ham, gapirishda davom etishlari kerak. Chunki ular xatolaridan saboq olishadi va xatolarini qayta-qayta gapirishda tuzatadilar. Shuning uchun ingliz tilida gapirishda o‘ziga ishonch juda muhimdir.

  1. Tarjima. Bilamizki, til o‘rganish jarayonida notanish bo‘lgan so‘zlarning

tarjimasini lug‘atlardan qidiramiz va gap tuzishda turli xil tarjimon botlarga va

ilovalarga murojaat qilinadi. Ammo bu har doim ham kutganimizdek natija

beravermaydi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, idiomatik ifodalarni yoki frazalarni

tarjima qilish jarayonida tarjima muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Idiomalarni

tarjima qilish qiyin, chunki idiomani so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi. Tarjimon butun ma’noni tarjima qilishdan oldin tushunishi kerak. Ba’zi idiomalar tarjima qilingani kabi ma’noga ega emas bo‘lishi mumkin yoki ularni hamma gapda,nutqda ham ishlatib bo‘lmasligi mumkin. Hattoki, o‘sha tilning “native speaker” lari ham bu muammoga duch keladilar. Shunday ekan, boshqa muammolar singari idioma va frazalarning noto‘g‘ri tarjimasi so‘zlashuv sifatiga putur yetkazishi mumkin.

  1. Bitta yoki bir nechta a’lochi o‘quvchining doimiy ustunlik qilishi. Ba’zan

boshqalarga nisbatan bilimliroq bo‘lgan o‘quvchilarga darsda yaxshi baholar, ma’lum darajada ko‘proq rag‘batlantirishlar berilsa ham, ularga nisbatan sustroq

o‘zlashtirayotgan yoki darsga to‘liq qatnashmayotgan o‘quvchilarni butunlay unutib qo‘ymaslik kerak. Ularni boshqalarga nisbatan ko‘proq ruhlantirib, darsda faol qatnashishlariga imkon yaratib berish kerak.

  1. Tashvish. Bu emotsionalniy holat bo‘lib, til o‘rganish jarayonining uch

bosqichida sodir bo‘lishi mumkin va har bir bosqichda tashvish o‘rganishga salbiy

ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Dastlabki bosqichida o‘quvchilar notanish til yoki

tushunchalarni tushunishda qiynalayotgani uchun tashvishlanishadi. Keyingi

bosqichida stress yangi so‘zlarni eslab qolish va aniqlashga urinishdan kelib chiqadi. Oxirgi bosqichida tashvish ilgari o‘rganilgan tilni qayta tiklash va undan foydalanishga urinishdan kelib chiqadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tashvish ma’lum tilni o‘rganishga to‘sqinlik qiluvchi omillardan bir bo‘lishi mumkin, shuning uchun pedagog va o‘qituvchilar tomonidan bolaga to‘g‘ri yo‘nalish va yechim taqdimetilishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi yoshlarni har tomonlama yetuk, o‘z sohasining

kuchli mutaxassisi qilib tarbiyalashda chet tilini bilish juda katta ahamiyatga ega

bo‘lib, bu borada maktablarda chet tilini o‘qitishda bir qancha muammolar mavjuddir.

Ushbu muammolarni bartaraf qilish maqsadida o‘qituvchilar chet tilini o‘qitishda

yangicha o‘qitish usullaridan foydalansalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.

 

18-maktab o'qituvchisi
Iroda Qayumova 

O'qilgan: 71 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 02 Jun 2025

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: