LOTIN-КИРИЛЛ

Mustaqil hayotga yo'l och qo'ng'iroq

Assalomu alaykum, muhtaram ustoz va murabbiylar, qadrli do‘stlar, va aziz bitiruvchi yoshlar!

      Mana, bugun yurtimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yili ham nihoyasiga yetib, yana bir yilga ulg‘aydingiz. Kechagina jajji qadamlari bilan otasi yoki onasi hamrohligida maktab ostonasiga kirib kelgan bolajonlarimiz, bugun shaxdam qadam tashlaydigan, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan o‘quvchiga aylandi.  

Bugungi “Ilm – saodat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida, Siz aziz o‘quvchilarni va shu muqaddas dargohda qo‘limizga qog‘oz-qalam tutqazib, yozuv-chizuvni o‘rgatgan, ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etgan, o‘z o‘quvchilariga, haqiqatdan ham, hayot maktabini beradigan mo‘tabar ustozlarimizni va barchangizni o‘zim nomimdan va tuman hokimligi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan kundalik turmush tarzingiz o‘rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko‘pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz va bu yo‘lda barchangizga omad tilab qolaman! Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun oldingizga yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur! 

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt — hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing! 

Mustaqil hayotga qadam qo‘yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!

Aziz o‘quvchi yoshlar!

Siz Vatanimizning ertangi kelajagi, yurtimiz nomini dunyoga tanitguvchi ishonchimizsiz! Shunday ekan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Dunyoda eng katta boylik-yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir”, “Yoshlar – kelajagimiz poydevori” degan so‘zlari va Siz yoshlarga bo‘lgan katta ishonchini oqlab, nafaqat tumanimiz, butun respublikamizni ham dunyoga tanitadigan shijoatli, bilimli, har tomonlama yetuk yoshlar bo‘lib yetishasiz degan umiddaman. 

Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar!

Joriy o‘quv yilida tumanimizdagi 13 ta ta’lim muassasasidan 392 nafar bitiruvchi mustaqil hayotga qadam qo‘ydi. Ularning 15 nafari oltin 1 nafari esa maktabni kumush medal bilan maktabni tamomlagan bo‘lsa, 143 nafari muddatidan oldin talabalikka qabul qilinganligini ta’kidlashni istardim. 

Shuningdek, xorijiy davlatlarning OTM lariga o‘qishga qabul qiligan o‘quvchilar soni 21 nafar, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi filiallariga kirganlar soni 122 nafar, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar soni 19 nafar, milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar soni 120 nafarni tashkil etadi. E’tiroflisi, 9-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Albina Jamaladdinova fan olimpiadasi g‘olibi imtiyoziga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, 11-sinf bitiruvchilarining barchasi qisqa kasbga yo‘naltiruvchi kurslarda tahsil olib, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. 

Bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizning bu kabi yutuqlarida Siz ota-onalar va ustozlarning hissasi beqiyos, albatta!

Ayni damda o‘quvchilarimizning oldida yakuniy imtihonlar va oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlari turibdi. Hech shubhasiz, ularning mustaqil hayot bo‘sag‘asida nurli manzillarni katta dovonlarni zabt etishlarida yana Sizning har tomonlama qo‘llb-quvvatlashingiz juda muhim hisoblanadi.

Aziz bitiruvchilar!

Bugun sizlarning hayotingizda eng quvonchli kun. 11 yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi.Qayerda bo‘lmang, maktab partasida olgan bilimlaringiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman. Vatanimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga aminman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ish va o‘qishlaringizda kattadan-katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman!

Maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lingizdagi ilk qo‘ng‘irog‘ingiz muborak bo‘lsin! 

        Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim.

E’tiboringiz uchun raxmat!

O'qilgan: 179 bora

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: