LOTIN-КИРИЛЛ

AJDODLAR YODI MANGU BARHAYOT!

   

Uchquduq tuman hokimi Xamroyev Soli Farmonovichning 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira” xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida so‘zlagan nutqi

Assalomu alaykum muhtaram faxriylar!
   Hurmatli tumandoshlar!

      Avvalo barchangizni va albatta Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatgan tabarruk nuroniylarimizni - Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi bilan tumanimiz faollari hamda keng jamoatchiligi nomidan samimiy qutlayman.
Bugun barchamiz avvalo buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qo‘shgan, mana shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida ta’zim qilamiz. Shafqatsiz urushdan keyingi tiklanish yillarida mashaqqat bilan mehnat qilgan barcha faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom, chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Ta’kidlash joizki, yurtimizda Ikkinchi jahon urushi talofatlaridan jabr ko‘rmagan, qirg‘inbarot janglarda yaqinlaridan ayril-magan bironta xonadon, oilani topish qiyin. Shu paytgacha O‘zbekistondan urushga 1,5 million kishi safarbar qilingan, deb hisoblanardi, biroq keyingi yillarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusiga asosan olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘sha paytda 6,5 million aholi yashagan yurtimizdan
2 milliondan ortiq kishi janglarda ishti-rok etgani aniqlandi. Ularning yarim milliondan ziyodi halok bo‘lgan, 133 ming nafarga yaqini bedarak yo‘qolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron bo‘lib qaytgan.
Ana shunday shukuhli kunlarda 421 nafar Uchquduqning mard va jasur o‘g‘lonlari yelkama-yelka turib qonli janglarda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z hissalarini qo‘shganligini alohida ta’kidlash o‘rinli. Afsuski, bu mudhish urushda ularning 172 nafari ayni navqiron yoshida halok bo‘lganini eslash nihoyatda og‘ir, albatta! Ana shu insonlar xotirasi oldida bosh egamiz. Ularning buyuk jasorati dillarimizda mangu yashaydi.

   Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

    Bugun buyuk ajdodlar izdoshi ekanligimizni chuqur his etgan holda, bu yorug‘ kunlarga yetish uchun qurbon bo‘lganlar ruhini shod, xotirasini yod etishni, moʻtabar keksalarimiz duosini olishni eng muhimi, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishni, istiqlol bergan imkoniyatlarni asrab-avaylashni o‘zimizning muqaddas burchimiz ekanini hech qachon unutmasligimiz zarur.
Uchquduq tumani markazidagi «Xotira» xiyobonida Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va halok bo‘lgan 172 nafar uchquduqlik mard o‘g‘lonlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida peshlavha tashkil qilindi. Ularning ismi sharifi ushbu peshlavhaga o‘yib yozildi.
Hozirda ushbu maskan o‘quvchi-yoshlarning muqaddas bir go‘shasiga aylangani o‘sib kelayotgan yosh avloldning o‘z tarixiga ota-bobolarining jasoratiga bo‘lgan qiziqish-laridan dalolat beradi.
Ayni kunlarda tumanimizda urush orti mehnat faxriysi Krevenyuk Anna Ivanovna el-yurt ardog‘ida istiqomat qilmoqda. Bugungi ayyomning yana bir muhim jihati shundaki, u bizni avvalambor safimizda bo‘lgan front orti mehnat faxriysiga mehr-oqibat ko‘rsatib yashashga, muhtaram nuroniylarimizning hayotini mazmunli qilish hamda umrini uzaytirishga, ularga nafaqat mana shunday bayram shodiyonalarida, balki har kuni, har soatda g‘amxo‘rlik va mehribonlik ko‘rsatishga undaydi.

    Qadrli tadbir ishtirokchilari!

Afg‘onistondagi jang maydonlarida Uchquduq tumanidan 50 nafarga yaqin mard va jasur yigitlari diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi janglarda ishtirok etishgan. Ularning 36 nafari bugun tumandoshlarimiz saflarida bo‘lishsa, yana 2 nafar jasur yigitlar mustaqillik yillarida xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan.
Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Eng muhimi, yurtimizda tinchlik va barqarorlik mustahkamlanib, ko‘pmillatli mamlakatimizda o‘zaro hurmat ham hamjihatlik tobora keng qaror topayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.

    Aziz yurtdoshlar!

Yana bir bor fursatdan foydalanib, tumanimiz ahlini, muhtaram faxriylari-mizni, hamyurtlarimizni bugungi qutlug‘ bay-ram bilan muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilay-man. Doimo hayotimizga fayz berib, el-yurti-miz ardog‘ida bo‘lib yurishingizni Yaratgandan so‘rayman.
Baxtimizga hamisha omon bo‘ling!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

O'qilgan: 314 bora

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: