LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

01 Mar 2024

 

Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi quyidagi bo’sh ish o’rinlari uchun tanlov e’lon qiladi:-Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo’lim mudiri-1,0 shtat birligi

Malaka talablari:

Oliy tibbiy ma’lumotga ega

3 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

-Immunolog-epidemiolog vrach-1,0 shtat birligi

-Jamoatchilik bilan ishlash bo’limi epidemiolog yoki sanitariya vrachi-1,0 shtat birligi

-Dezinfeksiya tadbirlar bo’lim mudiri-dezinfeksionist vrach-0,5 shtat birligi

-Sanitariya vrachi-1,0 shtat birligi

Vrach lavozimlariga malaka talablari:

Oliy tibbiy ma’lumotga ega

ish staji talab etilmaydi

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

-Sanitariya vrach yordamchisi-0,5 shtat birligi

Malaka talablari:

O’rta tibbiy ma’lumotga ega

ish staji talab etilmaydi

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

-Vaksina omborxona mudiri-1,0 shtat birligi

Malaka talablari:

O’rta tibbiy ma’lumotga ega

1 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi

kompyuter va zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash savodxonligiga ega bo’lishi

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlari Uchquduq tuman          Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limiga haftaning         dushanba-juma kunlari soat 8:00-16:00gacha hamda Facebook ijtimoiy tarmog’idagi aloqa kanali manzili: https://www.facebook.com/profile.php?id=100087951046878 orqali qabul qilinadi.

Manzil: Shukrona ko’chasi 9-uy

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish muddati 2024-yil 1-martdan 15-martgacha

Ma’lumot uchun telefon: 55-351-04-13

01 Mar 2024

          Қозоғистон Республикаси ҳудудида вақтни ҳисоблаш тартиби тўғрисида”ги ҳукумат қарорига ўзгартиришларга кўра, бутун республика бўйича 2024 йил 1 март соат 00:00 дан бошлаб, ягона вақт минтақасидан фойдаланиш белгиланган. Шундай қилиб, Қозоғистон Республикасининг бутун ҳудуди учун 5-соат минтақаси (UTC+5) қўлланилади.

         Эндиликда мамлакатда барча ҳудудларда вақт аввалгидек бир соат фарқли эмас, бир хил бўлади.

01 Mar 2024

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT tarbiyalanuvchilariga mart  oyi uchun Oziq-ovqat, non, go‘sht, sut maxsulotlari sotib olish uchun e’lon bermoqda. Oziq ovqat maxsuloti nomlari quyida keltirilgan

1 Un import 1-nav
2 Manni yormasi
3 gorox(no'xat)
4 Grechka
5 Makaron oliy navli
6 Gerkules(suli yormasi)
7 mosh
8 Tariq yormasi (pishino)
9 Shakar
10 Meva qiyomi (Povidlo)
11 Asal
12 Yang’oq
13 Saryog’
14 Усимлик ёги
15 Qadoqlanga sigir suti 2%
16 Kefir 0.5
17 Smetana
18 Tvorog (sertifikatlangan)
19 Sir
20 Мол гушти
21 Tovuq go’shti
22 Boshsiz baliq
23 Tuxum 1 kategoriya
24 картошка крахмал
25 Lavlagi  (Sveklo)
26 перец
27 Karam
28 Chesnok
29 Kukatlar
30 исмалоқ
31 ридиска
32 Tomat
33 Olma
34 Банан
35 бодринг
36 Limon
37 Tuzlangan bodring
38 Konservalangan no’xat
39 разрихилитр
40 ванелин
41 сахирни пудра
42 Mayiz
43 Namatak
44 курук мева
45 Ko’k (choy)
46 Kakao
47 Yodlangan tuz
48 Preslangan xamurtirish (100gr) (Drojja)
29 Feb 2024

 

Mamlakat fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oraligʻida aholini roʻyxatga olish tadbirlari orqali toʻplanadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning demografik koʻrsatkichlar bilan mutanosib ravishda oʻsib borishini taʼminlash uchun har oʻn yilda kamida bir marotaba aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan soʻng keng koʻlamda aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda bugungi kunda aholini roʻyxatga olish tadbiriga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Aholini roʻyxatga olish  mamlakat hududida millati, elatidan qatʼiy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir boʻlib, uning oʻtkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qatʼi nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining  soni, fuqaroligi, nikoh holati yaʼni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning taʼlim darajasi (oʻrta, oʻrta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xoʻjalinining yashash sharoitlari kabi bir qancha koʻrsatkichlar boʻyicha bugungi kunda yetarlicha mavjud boʻlmagan maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi.

Nega 10 yilda bir marta?

Dunyo boʻylab ming yillar davomida oʻtkazib kelinayotgan aholini roʻyxatga olish tadbiri ilk bor eramizdan avvalgi 3800-yillarda  bobilliklar tomonidan oʻtkazilganiga tarixiy ishoralar bor. Har 6 yoki 7 yilda oʻtkazilgan bunday tadbirlarda aholi va chorva soni, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori hisobga olingani haqida tarixiy manbalarda ayrim maʼlumotlar saqlanib qolgan.

Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya, Vavilon, Gretsiya va Yunoniston davlatlarida esa aholini roʻyxatga olish tadbirlari soliq toʻlovchilar va harbiy xizmatga yaroqli aholi sonini bilish maqsadida oʻtkazilgan. Shuningdek, shaharlardagi yerlar va xoʻjaliklar, hunarmandchilik va savdo-sotiq hamda ular bilan birga aholini statistik hisobga olishning turli shakllari mavjud boʻlgan.

            Aholini muntazam roʻyxatga olish tarixi 1790-yilga borib taqaladi. Oʻshanda AQSHda, 1801-yilda esa bir vaqtning oʻzida Angliya, Shotlandiya, Fransiya, Daniya va Norvegiyada shunday tadbirlar oʻtkazilgan. Biroq ular hali mukammal boʻlmagani holda, uzoq vaqt davomida aniq bir vaqtga bogʻliq boʻlmagan, belgilangan qoidalarga amal qilinmagan tarzda olib borilgan.

1846-yilda yirik statistik olim Adolf Ketl (1796-1874) boshchiligida Belgiyada oʻtkazilgan roʻyxatga olish  birinchi chinakam ilmiy roʻyxatga olish deya eʼtirof etiladi. Uning oʻziga xosligi shundaki, roʻyxatga olish muddati bir kunlik boʻlib, haqiqatda mavjud aholi hisobga olingan. Mazkur roʻyxatga olish tajribasidan keyinchalik, Yevropaning koʻplab davlatlari foydalangan. 1870-1879-yillarda dunyo boʻyicha atigi 48 ta davlatda aholini roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, XX asr oxiriga kelib, deyarli barcha davlatlar oʻz aholisini roʻyxatga olishga kirishdi.

Bugungi kunda BMT dunyo mamlakatlarini har 10 yilda kamida bir marotaba oʻz aholisini roʻyxatga olishga daʼvat etadi. Shu vajdan, aksariyat mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri har 10 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Xoʻsh, nega aynan 10 yilda bir marta? Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Avvalo, 10 yil ichida jamiyatda salmoqli oʻzgarishlar roʻy beradi. Avvalgi roʻyxatga olish usullari samaradorligi sezilarli darajada kamayishi sababli, soʻrovnomalar mazmuniga tuzatishlar, maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash usullariga zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritish talab etiladi.

2015-yilda BMTning “2020-yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilinib, 2020-yil raundiga start berilgan edi. Bu raund 2015-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston ham oʻz aholisini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni rejalashtirgan davlatlar qatoridan joy oldi va dunyo xalqlari boʻyicha 228 chi boʻlib BMT tomonidan roʻyxatga olindi.

28 Feb 2024

     Аёл — оила ва жамият устуни, ҳаётимизнинг файзи ва кўрки. Аёллар билан ҳаётимиз гўзал ва мазмунли, хонадонларимиз обод ва нурафшондир. Хотин-қизлари эъзозланган, қадрланган юртнинг эса бугуни ва эртаси фаровон. Чунки аёл меҳнати билан юрт равнақ топади. Гарчи, бирмунча мураккаб соҳа ҳисобланган тоғ-кон саноатида ҳам бугун опа-сингилларимиз самарали меҳнат қилиб келишаётир. 

    8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан ШКБ 3-сонли гидрометаллургия заводида “Нафосат маликаси” кўрик-танлови кўтаринки кайфиятда ўтказилди. Унда завод цех ва бўлинмаларида ишлаб ўзларининг ақл –заковати, фидоийлиги билан ҳурмат қозонган 5 нафар опа-сингилларимиз иштирок этди. 

    Ўзини таништириш, салат тайёрлаш ва эркин мавзуда баҳслашган қизлар қобилият ва истеъдодларини намойиш қилишди. Айниқса, Ирода Зиятованинг “Она ва қизнинг хайрлашуви”, Дилафрўз Сатторова томонидан ижро этилган “Жайдари келин” саҳна кўринишлари тадбир ихлосмандларига бирдек манзур бўлди. Шаҳло Насиббоева “Бизни бахт яратган” монологини, Дилфуза Имомова “Она жасорати” поэмасини маромига етказиб ижро қилди. Шунингдек, Марина Каримбаева намойиш этган ҳунармандчилик буюмлари барчада қизиқиш уйғотди, кўрик-танлов ҳакамлар ҳайъати уларни юқори баҳолади. Асосан қўл меҳнати билан яратилган бежирим миллий буюмлар Маринанинг чеварлигидан далолат бериб турибди. 

Саҳнада бири лаборант, бири оператор, яна бири инженер қизлар нафақат ўз хизмат вазифасини бажаришда балки санъатда ва маданиятда ҳам иқтидорли эканлигини кўрсатдилар. Ҳакамлар ҳайъатининг хулосасига кўра “Энг латофатли” номинациясида Шаҳло Насиббоева, “Энг иқтидорли” номинациясида Марина Каримбаева, “Энг самимий” номинациясида Ирода Зиятова, “Энг мафтункор” номинациясида Дилафрўз Сатторова совриндор бўлишди. Дилфуза Имомова эса бош мукофот “Нафосат маликаси”ни қўлга киритди.

Кўтаринки руҳда ўтказилган тадбир якунида ғолиб ва совриндорларга эсдалик совғалари топширилди.

Дарҳақиқат, аёл латофат, нафосат ва нозик хилқат соҳибаси. Шу билан бирга бугун опа-сингилларимиз ҳам жамият ҳаётида ҳам уй рўзғор ишларида бирдек фаол, фидойи ва уддабурон! Ана шундай ҳар томонлама етук ёшларга ибрат бўлган аёлларимиз сафи ортаверсин!

Дилором САЛИМОВА,

3-сонли ГМЗ маънавият ва маърифат ишлари бўйича инспектор.

27 Feb 2024

        Gelmintozlar (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. Shunga koʻra tekshirish chog’ida topilgan gijjaning sinfiga karab nematodoz, sestodoz, trematodoz, akantotsef kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gijjalar kiradi. Masalan, enterobioz, askaridoz nematodoz guruhiga, hoʻkiz solityori, choʻchqa solityori, keng tasmali gijjalar sestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xoʻjayini boʻlishi mumkin. Gelmintoz  kechishida oʻtkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlarning boʻlishi maʼlum jihatdan uning qon guruhiga ham bog’liq, degan fikrlar mavjud. Oʻzbekistonda Gelmintozdan enterobioz, gimenolepidoz va askaridoz koʻproq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, koʻz va boshqa  aʼzolarida parazitlik qiladi. Gijjalarning xili, soni va qaysi aʼzoda boʻlishiga qarab kasallik har xil kechadi. Gelmintozda odamning vazni hamisha kamayadi, u lanj, injiq boʻlib qoladi, boshi aylanadi va h. k. Gijja ichakda boʻlsa, ich qotadi yoki ich ketadi, koʻngil ayniydi, baʼzan bemor qayt qiladi, jigarda boʻlsa, koʻz oqi va badan sargʻayadi, oʻpkada boʻlsa, yoʻtal tutadi. Gelmintozda koʻpincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi oʻsmaydi, xotirasi susayadi va h. k. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qoʻyiladi. Serologik reaksiyalar (immun fluoressentlash, bevosita gemag-glyutinatsiya reaksiyalari va h. k.)dan foydalanish Gelmintozni erta aniqlash va vaqtida tashhis qoʻyish imkonini beradi.

      Gelmintozning oddini olish uchun aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bogʻchaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak boʻlishi va qoʻllarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida eʼtibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash,

chala pishirilgan ovqatni isteʼmol qilmaslik, koʻkat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom goʻsht toʻgʻrashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik Gelmintozning keskin kamayishiga olib keladi. Koʻkatlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga solib qoʻyib, keyin yaxshilab chayib tashlansa, gijja tuxumlari butkul yoʻqoladi. Gijjalarning turiga qarab gelmintozning davosi har xil.

27 Feb 2024

      Kuni kecha tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman tibbiyot birlashmasida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
         Tahliliy-tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni tuman hokimi S.Xamroyev boshqarib bordi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi uch yilda respublikamizda onalar o‘limi ko‘rsatkichi 1,5 baravarga, go‘daklar o‘limi esa 1,3 baravarga kamayishiga erishilgan. Uchquduq tumanida so‘nggi uch yilda onalar o‘limi sodir etilmagan bo‘lsa, joriy yil boshida ona o‘limi qayd etilganligi, bolalar o‘limi ko‘rsatkichi ham oshganligi afsuski achinarlidir.
       Bolalar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni zarur vitamin komplekslari, yod preparati, temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlash joriy etildi. Qolaversa, tug‘ruqxona bo‘limiga kerakli bo‘lgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar xarid qilingan. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi barcha “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha pediatriya hamshirasi va doya shtatlari ajratilib, 98 nafar tibbiyot xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lishiga qaramay, natijadorlik o‘ta samarasiz.
16 fevral kuni soat 14:55 da tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limiga “Altintau” OFY da yashovchi D.S. yotqizilgan. Oradan 3 kun o‘tib 19 fevral kuni soat 12:23-12:49 oralig‘ida kecharcha kesish amaliyoti o‘tkazilib, qiz bola tug‘ilgan. Shu kuni kechasi soat 22:15 da onaning ahvoli og‘irlashadi, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 23:00 da D.S.da biologik o‘lim qayd etilgan.
       Mazkur ayanchli ona o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan atroflicha o‘rganishlar olib borilib, tibbiy kuzatuvga olingan kunidan uning vafotigacha bo‘lgan ona va bola ahvoli chuqur tahlil qilindi. O‘z xizmat vazifasini bajarishda ma’sulyatsizlikga yo‘l qo‘ygan tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Jalilov egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Navbatchi akusher-ginekolog Z.Jo‘rayevaga tibbiy hujjatlarni yurishdagi kamchiliklari uchun oylik ish xaqining 30% miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Navbatchi anesteziolog-reanimatolog Z.Ibragimovga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda "Har bir ona va bola o‘limi “favqulodda holat” deb baholanadi va so‘rov shunga yarasha bo‘ladi" - deya barcha tibbiyot xodimlarini, tuman, viloyat hokimlarini ogohlantirilgandi.
        -Ming afsuski, bevaqt o‘lgan onaning ortida 2 nafar bolasi qoldi. Onasiz katta bo‘lgan bolaning hayoti baribir kemtik bo‘lib qolaveradi. Shuncha shart-sharoit shuncha zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetarli bo‘lishiga qaramay, ona o‘limiga yo‘l qo‘yilganligini, qanday izohlash mumkin, - dedi tuman hokimi S.F.Xamroyev.
Inson umriga ona va bola hayotiga mas’ul bo‘lgan tibbiyot xodimlari o‘z bilim va malakasini muttasil oshirib borishlari ta’kidlandi. 98 nfaar “tibbiyot brigadalari” xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ayollarning homiladorlik anamneziga qarab xavf guruhlarga ajratish va viloyat onalik va bolalikni muxofaza qilish markazi bilan kelishilgan xolda tibbiy kuzatuvni davom ettirish belgilab olindi.
        Shuningdek, sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda malakali akusher –ginekologlarni oyda ikki marotaba tumanga kelib tibbiy ko‘rik o‘tkazish ishlarini tashkil etish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 12 - banddan iborat Ttmanda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish, onalao‘limiga yo‘l qo‘ymalik, bolalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan yo‘l-xarita qabul qilindi.

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

27 Feb 2024

        Tuman hokimligi kichik majlislar zalida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan ishlarning tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
       Uchquduq tuman hokimi S.F.Xamroyev rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda tuman markazidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi xodimlar hamda sanitariya-epidemiologiya tuman bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1,2,5,10,12 va 14-DMMTlari oshxonasida sanitariya-epidemiologiya tuman bo‘limi mas’ullari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalari tahlil qilindi.
        O‘rganishlar davomida aniqlangan qator kamchiliklar jumladan, meva va poliz mahsulotlarining yaroqlilik sertifikati mavjud emasligi, muzxonalarda baliq va go‘sht mahsulotlari aralash saqlanayotganligi va boshqa sanitar normalar qo‘pol ravishda buzilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
       Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratish uchun nazoratni kuchaytirish ta’kidlab o‘tildi.
       Shuningdek, tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham yuqorida keltirilgan masalalarga e’tibor qaratib faoliyat yuritishlari so‘zga chiqqan mutaxassislar tomonidan aytib o‘tildi.

 

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI 

27 Feb 2024

        Joriy yilning 21, 24, 27-fevral kunlari “Shimoliy” kon boshqarmasi obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi harbiy xizmatchilarining jangovar, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish maqsadida tasdiqlangan rejaga asosan 8-Yong‘in-qutqaruv qismidagi tutunxonada amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

      Mashg‘ulot davomida nafas olishga yaroqsiz muhitlarda odamlarni qutqarish, qidirish, moddiy boyliklarni xavfsiz joyga olib chiqish, sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishda jangovar harakatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari amalda o‘rganildi hamda mehnatni muhofoza qilish qoidalariga alohida e’tibor qaratilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.

        Orifjon     Maxmudov

mayor 8-YQQ boshlig‘i,

  kichik inspektor

oddiy askar    

F.B.Ulugov 

 

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: