LOTIN-КИРИЛЛ

Boquvchisi tashqi migratsiyaga ishlash uchun ketgan oilalarga yordam puli beriladi

     Boquvchisi chet elga ishlashga ketgan oilalarga BHM 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

     "Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

      Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2024 yil 1 oktabrdan boshlab Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

a) Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:

— boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam;

— mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam;

— mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma;

b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berishni yoʻlga qoʻyadi.

Belgilanishicha, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda:

— yordam pullari va yoʻllanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar Xorijda ish dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa beriladi;

— yordam pullari va yoʻllanmalarni olish uchun talabgorlar Xorijda ish dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:

— talabgorlardan elektron murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni ichida ularning nazarda tutilgan talablarga javob berishini qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olmagan holda idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi hamda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan yozma tavsiyanoma oladi;

— nazarda tutilgan talablarga javob beradigan talabgorlarning roʻyxatini shakllantiradi va har oyning 25-sanasigacha jamgʻarmaga taqdim etib boradi.

O'qilgan: 178 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: