Qonunchilik palatasi tomonida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
✅ Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga (ya’ni huquqbuzarga emas) 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi;
✅ Skuter va boshqa individual harakatlanish vositalarini boshqaruvchilar ham velosiped hamda mopedlar haydovchilariga tenglashtirilib, ularni boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima to‘lanadi;
✅ tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi foto va video radarlarda qayd etilgan bo‘lsa, ulardan o‘sha paytda xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.