Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan 3 ta shtat birligidan iborat shu’ba tashkil etiladi:
- nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
- VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
- oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko‘rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish.