Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
– O‘z xohishiga binoan;
– O‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
– O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
– Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
– O‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
– Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
– Sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
– Vafot etganligi sababli.
Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.