LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

17 May 2024

Assalomu alaykum aziz uchquduq-liklar!

Hurmatli soha fidoiylari!

 Mamlakatimizda may oyining uchinchi yakshanbasida, O‘zbekiston Respublikasi kon-chilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan ko‘p ming sonli Navoiy kon metallurgiya kombinati hamda Shimoliy kon boshqarmasi tasarrufidagi mehnat jamoalarini, u yerda fidoiylarcha mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Darhaqiqat, konchilik – mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblardan biri. Murakkab ish va iqlim sharoitlarida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ishchi-xizmatchilar, geolog va muhandislar, quruvchilar, qo‘yingki barchalari qazilma boyliklarni qidirishdan boshlab, ma’dan-larni qazib olish, qayta ishlash, tayyor mah-sulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni yuksak mahorat bilan uddalab kelmoqdalar.

Aytish joizki, mamlakatimizda konchi-lar va metallurgiya sanoati xodimlariga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli soha fidoiylari oldiga qo‘yilgan vazifa-larni yuqori darajada bajarishda kuch va madad bo‘lmoqda.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati turdosh korxonalar ichida jahonda yetakchi o‘rinlarda turadigan eng yirik sanoat korxonalaridan biriga aylangan. Oltin qazib olish bo‘yicha respublikamiz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida ikkin-chi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oltin bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egallaydi.

Qizilqum hududida aniqlangan qimmat-baho qazilma boyliklar zaxirasining 85 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, kombi-natni haqli ravishda mamlakatimiz tog‘-kon sanoatining bayroqdori, deyish mumkin.

Bugun mamlakat kon metallurgiya sano-atining peshqadamlaridan biri bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga beshik vazifasini o‘tagan – Uchquduq bilan har qancha faxrlansak, har qancha g‘ururlansak, arziydi.

Aziz uchquduqliklar!

Hozirgi shiddatkor zamonda yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish rivojlanib, global raqobat kuchaymoqda. Buning natijasida, har bir sohada innovasion texnologiyalarga asoslangan yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylanmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda 3-gidrometallurgiya zavodida yiliga 2 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 2 ta yangi tegirmon bloki barpo etilmoqda. Yangi tegirmon bloklarining ishga tushirilishi bilan  aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi. E’tiborlisi,  korxonada ma’danni qayta ishlash hajmini  10 million tonnaga yetkazish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 12 foizga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, “Daugiztau” konida davriy uzluksiz texnologiyasi majmuasi magistral konveyeri 2,2 kilometrga uzaytirildi. Natijada og‘ir yuk tashuvchi avtoag‘dargich-larning dizel yoqilg‘isi, moy mahsulotlari, avtoshina va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklar ortiqcha sarfining oldi olinmoqda.

Bundan tashqari, “Adjibugut” konida sanoat maydoni infratuzilmasi, xodimlar uchun dam olish  xonalari foydalanishga berildi. Hozirda “Daugiztau” kar’yerini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, avvallari, yer osti boyliklarini qazib olish bazasi hisoblangan ushbu hudud ayni paytda yirik sanoat markaziga aylanib bormoqda. Katta-kichik ishlab chiqarish korxonalari, zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etilmoqda. Eng muhimi, insonlar istiqlol islohotlari mohiyatini teran anglagan holda, ezgu ishlarga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Aziz hamkasblar!

Bugun do‘stlikning namunasi amalda o‘z isbotini topgan jamoa ahli mamlakat istiqlolini mustahkamlash yo‘lida bor bilim va salohiyatini  safarbar  qilgan holda  mehnat qilmoqdalar. Ana shunday samarali mehnatingizga qut-baraka, oilala-ringizga sog‘lik-salomatlik tilayman!

Uchquduq oltini jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi va yorqin kelajagining bir garovi bo‘lib uzoq yillar xizmat qilaver-sin!

Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin, aziz soha xodimlari!

Yurtimiz tinch, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

E’tiboringiz uchun raxmat!

16 May 2024

    Prezidentning 06.04.2024 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PF-73-sonli farmoni qabul qilindi.

     Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning vazifasi etib belgilandi:
• aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarda "giyohvandlikka qarshi immunitetni, o‘quvchi va talabalar orasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik mexanizmlarni joriy etish;
• aholiga sifatli narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yangi usullar asosida rivojlantirish, giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostika, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli choralarni amalga oshirish;
• giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasining yangicha, ayniqsa internet tarmoqdagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini, birinchi navbatda raqamlashtirish orqali rivojlantirish va boshqalar.

     Farmon bilan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tarkiblari ham tasdiqlandi. Ularga Milliy strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish vazifalari yuklangan.

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi etib qayta tashkil etildi. Hujjat bilan uning struktrurasi belgilangan va Milliy markaz:
• Davlat komissiyasining muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini axborot-tahlil jihatidan ta’minlab boradi;
• yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan davlat organi bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi oldida hisobdordir;
• qayta tashkil etilgan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi
A.Jumayev

16 May 2024

       Prezidentning 10.05.2024 yildagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-175-son qarori qabul qilindi.

      Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. 2024 yil 1 iyundan boshlab:

• “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
• xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

        Tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
• xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
• profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
• tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
• rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

Shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi:
• 2024 yil 1 iyundan boshlab – Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
• 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab – respublikaning qolgan barcha hududlarida.

     Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda hududiy markazlarga qarashli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi to‘liqligicha hududiy markazlarga o‘tkazilgan holda tugatiladi.

      2025 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi. 2024 yil 1 dekabrdan boshlab esa bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar dasturi;
• Zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan media-reja.

       Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi raisi
A.Jumayev

16 May 2024

 


Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.
Alisher NAVOIY

 

Tarbiya — bu nafaqat inson hayoti, balki yorugʻ olam taqdiri uchun ham eng ahamiyatli ekanligini
isbotlashning hojati boʻlmasa kerak. Xususan, ulug‘ allomalarimizdan biri Umar Hayyom taʻlimtarbiyaga izoh berib, “Taʻlim faqat soʻz va oʻrgatish bilan boʻladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan boʻladi” degan edi. Jahon allomalaridan Ingliz faylasufi Herbert Spencer esa “Tarbiya taʻlimdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi” degan edi. Hammamizga maʻlum yapon oilalari farzand tarbiyasiga alohida etibor qaratishadi. Yaponiyalik Masaru Lbukani oʻzining “Uchdan keyin kech” nomli bola tarbiyasiga bagʻishlangan asarida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
- bola uchun eng yaxshi tarbiya onasining mehrmuhabbatidir;
- men ularga hech qachon tayyor o‘yinchoqlar sotib olmayman. Ularga qismlar to‘plamini beraman va ulardan o‘zlari o‘yinchoq yasab olishlari mumkin;
- farzandlaringiz qobiliyatlari rivoji maqtov va jazolash usullaridan qanchalik foydalana olishingizga bog‘liq;
- ota-onalarning majburiyati — o‘z farzandlariga kengroq imkoniyat berish, kim bo‘lishini o‘zi hal qilishi kerak. Ota-ona emas, farzandning o‘zi kelajagining xo‘jayinidir.
Mazkur maqolamiz orqali biz tarbiya haqida mukammal taʼrif berishni davo qilmagan holda, millatimiz fidoyisi Abdurauf Fitratning “Tarbiya uch qismdan iborat” degan fikrlarini oʻquvchilarga kengroq tushuntirishni maqsad qildik. Abdurauf Fitrat oʻzining ‘‘Oila’’ nomli risolasida farzand
tarbiyasi xaqida shunday yozadi: “Bola ona rahmidan joy olgan zahoti, er-xotin bolani nobud bo‘lishiga olib keladigan har qanday xatti-harakatlardan voz kechishlari lozim. Bu vazifa uncha mushkul emas. Oiladagi eng og‘ir vazifa bola tug‘ilganidan keyingi farzand tarbiyasidir. Farzand tarbiyasi aslida ikki kalimadan iborat. Shuning uchun ham nazaringizda juda mayda muammodek ko‘rinadi. Lekin dono odamlar biladilar-ki, bani Odamning siyosiy, diniy, ijtimoiy inqiloblarining asosi ana shu ikki so‘z — “bola
tarbiyasi”dan iborat birikmaga bog‘liq. Bu xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lish, baxtli bo‘lib
izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik
yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lish, bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan
tarbiyalariga bog‘liq. Bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetishtirish demakdir. Yani ularni urinish va tirishish sahrosiga, yani hayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakir”.
Fitratning ta’kidlashicha farzand tarbiyasi uch qismdan iborat:
1. Badan tarbiyasi;
2. Aqliy tarbiya;
3. Axloq tarbiyasi.
Tarbiyaning tarkibi haqida fikr bildirar ekan Fitrat badan tarbiyasi — ota-onalar oilada ilm va tibbiy qoidalarni amalda qo‘llagan holda bolaning yuvinishi, kiyinishi, yeyish-ichishi va uxlashiga katta e’tibor qaratishida namoyon bo‘lishini takidlab, yosh go‘dak uchun eng yaxshi ozuqa ona sutidir, bolani kasallikdan himoya qilishning eng samarali yo‘li badan tarbiyasidir, deydi.Aqliy tarbiya — bu odam zehni, aql-idrokini kamolga yetkazishdir. Odam aqlining kamoli — yaxshi bilmoq, yaxshi o‘rganmoq va mukammal fikr qilmoqdir. Odam ish qilishidan oldin uni xayoliga keltiradi, fikr etib keyin
amal qiladi. Bolani aqliy va badan tarbiya qilib, unga axloqiy tarbiya berilmasa, aqli hamda jismoniy kuchi
atrofdagilar zarariga ishlaydi. Payg‘ambarimiz ‘‘Hech bir Ota Ona farzandlariga go‘zal tarbiya va yaxshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi’’ deb marhamat qilganlar.

Hilola Norova

18- sonli maktab oliy toifali

 rus tili fani o`qituvchisi

15 May 2024

     Uchquduq tumani MMTB ga qarashli 4-sonli maktabda psixolog faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan shu monosabat bilan qator tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning  10-may  kuni "Sog'lomlashtirish oyligi"da "Pozitivlik davr talabi" shiori ostida  psixologi G.Risdauletova tomonidan maktab  o'qituvchilar bilan  “Emotsiyalar nima? Oʻz emotsiyalarini jilovlash” trening mashgʻuloti o’tkazildi. Ishtirokchilar diqqatni jamlash, pozitiv kayfiyatni hosil qilish,  ishtirokchilarni psixologik stress yoki zo‘riqishdan halos qilish, ruhiy engillikni vujudga keltirish , fikrlar va ularning oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish maqsadida “Doira ichida doira” , “Rangli panjalar” , “Biz yagona komandamiz” mashqlari va “Kechirib yuborish” trening mashg‘uloti o’tkazildi. Qayta aloqa qismida ishtirokchilar aylana bo‘ylab bugungi kun materiallaridan qiziqarli va foydali bo‘lgan narsalarni aytib o‘tdilar.

      Joriy yilning 14-may kuni maktab psixologi G.Risdauletova, maktab hamshirasi N.Nazarova, “Do‘stlik” MFY xotin-qizlar faoli D.Sadullayevalar bilan hamkorlikda o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari va voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta tug‘ruqning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O‘tkazildan davra suhbatida o‘quvchi qizlarga erta turmush qurushning salbiy oqibatlari hamda voyaga ytmaganlar yosh qizlar o‘rtasida erta tug‘riq holatlari yuzaga kelayotganligi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Qizlarimizga erta turmushga shoshilmasliklari, hozirgi kundagi davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan oqilona foydalanishlari haqida aytib o‘tildi.

       Uchquduq tuman MMTB ga qarashli 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  9-10-sinf bitiruvchilarini  kasb -hunarga yonaltirish va maktab bitiruvchilarining talimning keyingi bosqichi davom ettirishi haqidagi xoqish-istaklarini aniqlash maqsadida Ota -onalar yigilishi otkazildi. Ota- onalar maktab    psixologi tomonidan tashkil etilgan “Psixologik sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida  "Pozitivlik davr talabi" shiori ostida yoqori kayfiyatda  kutib olindi  va   “Ota-onamga maktub” mashqi “  “Kechirib yuborish“ trening mashg‘ulotlari   otkazildi.


Gulnara Risdauletova Uchquduq tuman 4-maktab psixologi

15 May 2024

      Biz bilamizki PSIXOLOG BU- inson ruhiyatini o‘rganuvchi mutaxassis. O‘z kasbining fidoiy jonkuyari, insonlarga so‘zi bilan, mehri bilan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata oladigan samimiy psixolog. Maktab psixologi-bu o‘quvchilar bilan chiqisha oladigan, pedagogic jamoa tomonidan tan olingan, ota-onalar va o‘quvchilar orasida kasbiy obro‘ga ega bo‘lgan psixolog amaliyotchidir.

       Bir so‘z bilan aytganda u har tomonlama yetuk bilimli inson. Maktabda 3 tomonlama hamkorlik: “O‘qituvchi- ota- ona-psixolog” hamkorligini  yo‘lga qo‘yish o‘quvchilar tarbiyasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Chunki, o‘quvchining ruhiy holati, oilada, maktabda o‘zini tutishi,  o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabatlarida uning yaqqol xarakter-xususiyatlari ko‘rinishi mumkin. Shu jumladan maktab psixologlari tomonidan maktabda o‘qituvchi, o‘quvchilar, hamda ota-onalar hamkorligini kuchaytirish lozim. Ota-onalar farzandlarida, pedagog xodimlar o’quvchilarda bezovtalik, stress, depressiya holatlari, o’ziga past baho berish, ijtimoiy psixologik muammolari mavjudligini kuzatsa bunda PSIXOLOGGA  murojat etishi lozim. Psixologning unga yordam berishi, u bilan birga do‘stona suhbat qurishi, muammo turiga qarab maslahat berishi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishi lozim. Shu o‘rinda  “Psixolog kim” ? degan savol tug‘iladi.

“Psixologning –psixologik portreti”

  1. Psixolog-orzularimiz  ro‘yobi
  2. Psixologga ishon u bilan hammasi oson
  3. Psixolog -kelajakka undovchi kuch
  4. Psixolog -muvofaqqiyatga eltuvchi yo‘l
  5. Psixolog- qalb ko‘zgusi
  6. Psixolog -muammolar kaliti
  7. Psixolog tubsizlikdan olib chiquvchi do‘st
  8. Psixolog -yuraklarga yo‘l topgan sirdosh
  9. Psixolog- yashashga undovchi kuch
  10. Psixolog -qalblarga malham
  11. Psixolog-ota-ona, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar uchun vositachi advokat
  12. Psixolog –ijodkor, g‘amxo’r  erudit

Maktab psixologining  o‘z faoliyati davomida ish samaradorligini  to‘g‘ri tashkil etishi, o’quvchilarda noxush holatlarni oldini olishda amaliy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi, psixologik maslahat ishlarini muloqot, individual treninglar orqali  bartaraf etish psixologik xizmat  xodimining bir haftalik ish kuni aniq rejalar asosida tashkil etilishini amaliyotda qo‘llash, kasb etikasiga rioya etish, belgilangan ish kunlarini reja asosida amalga oshirishdan iboratdir.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki “Psixolog”   har doim ota-onalar, o‘quvchilar hamda pedagog xodimlar nigohida yaxshi xotiralar, motivatsiyaga turtki bo‘ladigan shaxs, insonlarni og’irini yengil, odamlarga to‘g’ri yo‘l ko’rsata oladigan maslakdosh sifatida gavdalanishi lozim. Psixolog o‘z kasb faoliyati hamda belgilangan ish kunlariga rioya etsa ish samaradorligi hamda ko’zlangan maqsadga erishiladi.

                                                            Navoiy viloyati Uchquduq tuman

                                      18-sonli maktab  psixologi

                                                                Naxalova Yulduz Bekpulatovna

                                                                     Normamatova Barchinoy Xudoyberdiyevna

15 May 2024

         Cho'milish  havzalaridagi suvning   xavfli xususiyatlari..     

        Yozning jazirama kunlarida cho'milish chog'ida nafaqat xavfsizlik, balki salomatlik qoidalariga ham amal qilish o'ta muhim hisoblanadi.     Cho'milish havzalaridagi ifloslangan suv o'tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit( A,E), ichburug', terlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.      Ichak infeksiyalari virus zarralari suvga bemorning  najasi, qusiq qoldiqlari va yuvilmagan qo'llar orqali tushib, havzada taxminan 2 oy va undan ko'proq saqlanadi. Biroq, kasallik qo'zg'atuvchilari issiq hatoratga moslashuvchan bo'lgani bois, yoz faslida ularning konsentratsiya va yashash davomiyligi uzayadi.Bunday parazit va mikroblar harorat oshgan davrda 180 kundan ortiq jon saqlashi mumkin.    Cho'milish chog'ida suv yutish infeksiyaning og'iz orqali organizmga tushib, ko'payib, gastrounterit, ya'ni oshqozon va ingichka ichak shilliq qavatida yallig'lanishni yuzaga keltiradi. Kasallik belgilari taxmiman 12-48 soat oralig'ida namoyon bo'lib, holsizlik, ko'ngil aynishi, qusish, tana harorati ko'tarilishi, ich ketishi, qorin dam bo'lishi kabi alomatlar kuztiladi.    

      Ochiq suv havzalarida cho'milish  turli teri kasalliklari, burun, og'iz va quloq shilliq qavatlari yallig'lanishiga ham olib kelishi mumkin. Shu bois, avvalo, taqiqlangan, ifloslangan, tekshirilmagan va notanish suv havzalariga tushmaslik, ruxsat etilgan joylarda cho'milganda ham, iloji boricha  suv yutmaslik va burundan suv kirmasligiga e'tibor berish lozim.      Shu bilan birga, sun'iy suzish havzalari ham har doim bunday xavfdan holi bo'lavermaydi. Shu sababli ularning tozaligiga, suvi o'z vaqtida almashtirilganiga ahamiyat qaratish lozim. Agar bunday hovuz kefellari sirpanchiq bo'lsa,bu suv eskirganidan dalolat beradi.    Ochiq havzalarda cho'milish uchub atmosfera harorati +20...+25, suv iliqligi esa +17...+19 darajadan kam bo'lmagan sharoit zarur.   Quyosh faol bo'lgan pallada (12:00dan 16:00 gacha) oftob tig'idan saqlanish kerak. Negaki, ultrabinafsha nurlarining davomiy ta'siri dastavval kataraktaga, bora-bora ko'z nurlari butunlay yo'qolishiga sabab bo'ladi.   

        Hurmatli tumanimiz aholisi Ochiq suv havzalarda  cho'milish vaqtida va undan keyin kasallik belgilari yuzaga kelsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.   O'z sog'ligingizga befarq bo'lmang!!!

 

UCHQUDUQ tuman SEO va JS bo'limi

15 May 2024

        Profilaktika inspektorlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, uzoq muddatga chiqib ketganlar bilan hamkorlikdagi ishlarni manzilli olib borish, hamda Prezidentning “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori da belgilangan vazifalar to‘g‘risida masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishni tuman hokimi S.F.Xamroyev boshqarib bordi. Unda Uchquduq tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari ham ishtirok etdi.
Zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun vaqtinchalik boshpanalar yaratiladi
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpanalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentning “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. 2024 yil 1 iyundan boshlab:
• “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
• xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining 102 telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
• xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
• profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
• tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
• rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda hududiy markazlarga qarashli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi to‘liqligicha hududiy markazlarga o‘tkazilgan holda tugatiladi.

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

14 May 2024

          Ma’lumki , mantiq –nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to’g’ri  mulohaza yuritishdir.Insonlarning kundalik faoliyatida ,munosabatlarida tartibli,aniq,asosli,ya’ni mantiqiy o’ylay olishi tushuniladi.  Biologiya  darslarida ham mantiqiy fikrlashga undovchi metodlar samara beradi.Fan o’qituvchisi biologic bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur anglashi .bunga ishonch hosil qilishi lozim. Bu shunday ishonchni o’quvchilarda tarbiyalash uchun zarurdir.Maktabda  o’qituvchining  muvaffaqiyatli ish olib borishining birinchi sharti ham ana shudir,chunki tarbiyalanuvchi  va tarbiylovchining muvaffaqiyati ta’lim jarayoni ishonchga asoslanadi.Biologiya  darslarida o’qitishning mantiqiy metodlari guruhiga  induktiv,,deduktiv,tahlil      qilish,bosh g’oyani ajratish,qiyoslash,umumlashtirish metodlari kiradi.Induktiv metodda o’quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni o’rganishga jalb qilinadi,so’ngra  xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo’naltiriladi.

       Deduktiv metodda o’quvchilar dastavval umumiy qonunlarni o’rganadi,so’ngra , umumiydan xususiy xulosalar chiqarishga o’rgatiladi .Deduktiv  yo’l  bilan  Suvda hamda quruqlikda yashovchilarni suv va quruqlik muhitiga moslashganligi,Sudralib yuruvchilarning quruqlik muhitiga,qushlarning havo muhitiga moslashganligini mantiqiy  deduktiv  metod  orqali ochib berish mumkin .Bugungi  zamonaviy ta’lim  tizimida  biologiya fanlarida mantiqiy metodlardan foydalanishning samarasi  beqiyos.Mantiqiy metodlar muammolarni hal etishda o’quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash ,qiyoslash,dastlabki xulosalash, hodisaning  dinamikasini tasavvur qilish ,umumlashtirishga zamin tayyorlaydi.

Uchquduq tumani  18-sonli maktab  biologiya fani o’qituvchisi Ro’zimurodova Gulhayo  Nosir qizi

13 May 2024

Bugun yonginamizda yashab kelayotgan afg‘on urushi qatnashchilarini qadrlash, urushda halok bo‘lganlar xotirasini yod etish har birimizning insoniylik burchimizdir. Afg‘onistondan sobiq ittifoq qo‘shinlari olib chiqilganiga 35 yildan oshdi. Lekin, mash’um urushda jigarbandidan ayrilgan onalarning ko‘z yoshlari hali qurib bitmadi...

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘on urushida 65 ming nafar o‘zbek yigiti qatnashib, 1500 nafardan ko‘prog‘i halok bo‘lgan. Ularning aksari 18-19 yoshda edi…

Abdiyev Sharif Abdulloyevichning ham ayni yigitlik chog‘lari Afg‘on urushi yillariga to‘g‘ri kelgan edi. O‘shanda u endigina 18 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramasdan Buxoro texnologiyalar institutining birinchi bosiqichini tamomlashi bilan, o‘z tengqurlari qatori safida Afg‘on urushida ishtirok etdi. Garchi haydovchi sifatida jangga safarbar etilgan bo‘lsada, urush maydoni kasb tanlamasligini uning dahshati hech kimga yon bosmasligini ko‘zida nam qalbida o‘kinch bilan eslaydi. O‘zi kabi tengdoshlari va safdoshlarining ko‘z o‘ngida nobud bo‘lishini ko‘rish dahshatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidlaydi, qahramonimiz.

— Shu kunlarga yetkazganiga shukr, Prezidentimizning biz faxriylarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik va e’tiboridan xursandmiz. Ilohim, insoniyat boshiga urush hech qachon qaytmasin, biz ko‘rgan u kunlarni boshqa hech kim ko‘rmasin. Yurtimizdagi tinchlikka, xalqimiz farovonligiga, yoshlarimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlarga ko‘z tegmasin, — deydi Sharif aka Abdiyev.

Bugungi kunda ikki farzandning otasi ikki nafar shirindan shakar nevaralar qurshovida bo‘lgan Sharif aka hali tetik Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli markaziy fizika va kimyo laboratoriyasida maydalash syexi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. 

Har tong duoga ochilgan qo‘llar yurtimiz tinchligini so‘rar ekan, duogo‘y nuroniylarimiz salomat, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!.

Feruza YANDASHOVA, maxsus muxbirimiz.

Page 1 of 249

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: