LOTIN-КИРИЛЛ

TARBIYA UCH QISMDAN IBORAT

 


Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.
Alisher NAVOIY

 

Tarbiya — bu nafaqat inson hayoti, balki yorugʻ olam taqdiri uchun ham eng ahamiyatli ekanligini
isbotlashning hojati boʻlmasa kerak. Xususan, ulug‘ allomalarimizdan biri Umar Hayyom taʻlimtarbiyaga izoh berib, “Taʻlim faqat soʻz va oʻrgatish bilan boʻladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan boʻladi” degan edi. Jahon allomalaridan Ingliz faylasufi Herbert Spencer esa “Tarbiya taʻlimdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi” degan edi. Hammamizga maʻlum yapon oilalari farzand tarbiyasiga alohida etibor qaratishadi. Yaponiyalik Masaru Lbukani oʻzining “Uchdan keyin kech” nomli bola tarbiyasiga bagʻishlangan asarida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
- bola uchun eng yaxshi tarbiya onasining mehrmuhabbatidir;
- men ularga hech qachon tayyor o‘yinchoqlar sotib olmayman. Ularga qismlar to‘plamini beraman va ulardan o‘zlari o‘yinchoq yasab olishlari mumkin;
- farzandlaringiz qobiliyatlari rivoji maqtov va jazolash usullaridan qanchalik foydalana olishingizga bog‘liq;
- ota-onalarning majburiyati — o‘z farzandlariga kengroq imkoniyat berish, kim bo‘lishini o‘zi hal qilishi kerak. Ota-ona emas, farzandning o‘zi kelajagining xo‘jayinidir.
Mazkur maqolamiz orqali biz tarbiya haqida mukammal taʼrif berishni davo qilmagan holda, millatimiz fidoyisi Abdurauf Fitratning “Tarbiya uch qismdan iborat” degan fikrlarini oʻquvchilarga kengroq tushuntirishni maqsad qildik. Abdurauf Fitrat oʻzining ‘‘Oila’’ nomli risolasida farzand
tarbiyasi xaqida shunday yozadi: “Bola ona rahmidan joy olgan zahoti, er-xotin bolani nobud bo‘lishiga olib keladigan har qanday xatti-harakatlardan voz kechishlari lozim. Bu vazifa uncha mushkul emas. Oiladagi eng og‘ir vazifa bola tug‘ilganidan keyingi farzand tarbiyasidir. Farzand tarbiyasi aslida ikki kalimadan iborat. Shuning uchun ham nazaringizda juda mayda muammodek ko‘rinadi. Lekin dono odamlar biladilar-ki, bani Odamning siyosiy, diniy, ijtimoiy inqiloblarining asosi ana shu ikki so‘z — “bola
tarbiyasi”dan iborat birikmaga bog‘liq. Bu xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lish, baxtli bo‘lib
izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik
yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lish, bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan
tarbiyalariga bog‘liq. Bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetishtirish demakdir. Yani ularni urinish va tirishish sahrosiga, yani hayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakir”.
Fitratning ta’kidlashicha farzand tarbiyasi uch qismdan iborat:
1. Badan tarbiyasi;
2. Aqliy tarbiya;
3. Axloq tarbiyasi.
Tarbiyaning tarkibi haqida fikr bildirar ekan Fitrat badan tarbiyasi — ota-onalar oilada ilm va tibbiy qoidalarni amalda qo‘llagan holda bolaning yuvinishi, kiyinishi, yeyish-ichishi va uxlashiga katta e’tibor qaratishida namoyon bo‘lishini takidlab, yosh go‘dak uchun eng yaxshi ozuqa ona sutidir, bolani kasallikdan himoya qilishning eng samarali yo‘li badan tarbiyasidir, deydi.Aqliy tarbiya — bu odam zehni, aql-idrokini kamolga yetkazishdir. Odam aqlining kamoli — yaxshi bilmoq, yaxshi o‘rganmoq va mukammal fikr qilmoqdir. Odam ish qilishidan oldin uni xayoliga keltiradi, fikr etib keyin
amal qiladi. Bolani aqliy va badan tarbiya qilib, unga axloqiy tarbiya berilmasa, aqli hamda jismoniy kuchi
atrofdagilar zarariga ishlaydi. Payg‘ambarimiz ‘‘Hech bir Ota Ona farzandlariga go‘zal tarbiya va yaxshi odobdan ortiq bir tuhfa in’om etolmaydi’’ deb marhamat qilganlar.

Hilola Norova

18- sonli maktab oliy toifali

 rus tili fani o`qituvchisi

O'qilgan: 538 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: