Ma’lumki , mantiq –nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to’g’ri mulohaza yuritishdir.Insonlarning kundalik faoliyatida ,munosabatlarida tartibli,aniq,asosli,ya’ni mantiqiy o’ylay olishi tushuniladi. Biologiya darslarida ham mantiqiy fikrlashga undovchi metodlar samara beradi.Fan o’qituvchisi biologic bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur anglashi .bunga ishonch hosil qilishi lozim. Bu shunday ishonchni o’quvchilarda tarbiyalash uchun zarurdir.Maktabda o’qituvchining muvaffaqiyatli ish olib borishining birinchi sharti ham ana shudir,chunki tarbiyalanuvchi va tarbiylovchining muvaffaqiyati ta’lim jarayoni ishonchga asoslanadi.Biologiya darslarida o’qitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv,,deduktiv,tahlil qilish,bosh g’oyani ajratish,qiyoslash,umumlashtirish metodlari kiradi.Induktiv metodda o’quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni o’rganishga jalb qilinadi,so’ngra xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo’naltiriladi.
Deduktiv metodda o’quvchilar dastavval umumiy qonunlarni o’rganadi,so’ngra , umumiydan xususiy xulosalar chiqarishga o’rgatiladi .Deduktiv yo’l bilan Suvda hamda quruqlikda yashovchilarni suv va quruqlik muhitiga moslashganligi,Sudralib yuruvchilarning quruqlik muhitiga,qushlarning havo muhitiga moslashganligini mantiqiy deduktiv metod orqali ochib berish mumkin .Bugungi zamonaviy ta’lim tizimida biologiya fanlarida mantiqiy metodlardan foydalanishning samarasi beqiyos.Mantiqiy metodlar muammolarni hal etishda o’quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash ,qiyoslash,dastlabki xulosalash, hodisaning dinamikasini tasavvur qilish ,umumlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Uchquduq tumani 18-sonli maktab biologiya fani o’qituvchisi Ro’zimurodova Gulhayo Nosir qizi