Uchquduq tumani MMTB ga qarashli 4-sonli maktabda psixolog faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan shu monosabat bilan qator tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 10-may kuni "Sog'lomlashtirish oyligi"da "Pozitivlik davr talabi" shiori ostida psixologi G.Risdauletova tomonidan maktab o'qituvchilar bilan “Emotsiyalar nima? Oʻz emotsiyalarini jilovlash” trening mashgʻuloti o’tkazildi. Ishtirokchilar diqqatni jamlash, pozitiv kayfiyatni hosil qilish, ishtirokchilarni psixologik stress yoki zo‘riqishdan halos qilish, ruhiy engillikni vujudga keltirish , fikrlar va ularning oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish maqsadida “Doira ichida doira” , “Rangli panjalar” , “Biz yagona komandamiz” mashqlari va “Kechirib yuborish” trening mashg‘uloti o’tkazildi. Qayta aloqa qismida ishtirokchilar aylana bo‘ylab bugungi kun materiallaridan qiziqarli va foydali bo‘lgan narsalarni aytib o‘tdilar.
Joriy yilning 14-may kuni maktab psixologi G.Risdauletova, maktab hamshirasi N.Nazarova, “Do‘stlik” MFY xotin-qizlar faoli D.Sadullayevalar bilan hamkorlikda o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari va voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta tug‘ruqning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O‘tkazildan davra suhbatida o‘quvchi qizlarga erta turmush qurushning salbiy oqibatlari hamda voyaga ytmaganlar yosh qizlar o‘rtasida erta tug‘riq holatlari yuzaga kelayotganligi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Qizlarimizga erta turmushga shoshilmasliklari, hozirgi kundagi davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan oqilona foydalanishlari haqida aytib o‘tildi.
Uchquduq tuman MMTB ga qarashli 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-10-sinf bitiruvchilarini kasb -hunarga yonaltirish va maktab bitiruvchilarining talimning keyingi bosqichi davom ettirishi haqidagi xoqish-istaklarini aniqlash maqsadida Ota -onalar yigilishi otkazildi. Ota- onalar maktab psixologi tomonidan tashkil etilgan “Psixologik sogʻlomlashtirish oyligi” doirasida "Pozitivlik davr talabi" shiori ostida yoqori kayfiyatda kutib olindi va “Ota-onamga maktub” mashqi “ “Kechirib yuborish“ trening mashg‘ulotlari otkazildi.
Gulnara Risdauletova Uchquduq tuman 4-maktab psixologi