Yurtimizda kunlar o`tgan sayin yangi yil yaqinlashib kelmoqda jamiyatimizda yashayotgan har bir inson o`z xonadonida oila davrasida nishonlaydilar, ozgina etiborsizlik bayram kayfiyatini buzishi mumkin, ko’chada hamda xonadonlarda yangi yil archani o`rnatishda bezatishda xavfsizlik talablariga rioya qiling.
. Archani o`rnatishda xonadagi isitish qurulmalari, pechlar, radiatorlar va ochiq olov manbalaridan kamida 1-1,5 metr uzoqlikda o’rnatish kerak.
. Archani barqaror joyga qo’ying, yiqilish xavfini oldini olish uchun uni polga yoki mustahkan o’rindiqqa o’rnatish kerak.
. Archani bezatishda quyidagilarga amal qilishimiz lozim.
. Faqat sertifikatga ega va sifatli elektr chiroqlarini ishlating. Chiroqlarning simlari yaroqli va shikastlanmagan bo’lishi lozim.
. Elektr chiroqlarini uzoq vaqt davomida yoqib qo’ymang, ayniqsa xonani tark etganingizda.
. Bolalarni archaning simlari va elektr jihozlaridan uzoqda ushlang.
Qoidalarga qa’tiy rioya qilish bayramni xavfsiz va xotirjam o’tkazishga yordam beradi!
Elyor Dilmurodov ShKB OYXTTEB inspektori oddiy askar
Ismoil Qilichev ShKB OYXTTEB inspektori oddiy askar
Toshkent shahridagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘rishga qiynaladigan bolalar tahsil oladi. Ularning orzulari ko‘p. 10 yoshli Azamat prezident bo‘lishni istasa, Munisa ko‘z shifokori, Azizbek esa uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi.
3 dekabr Xalqaro nogironligi bor shaxslar kuni Toshkent shahridagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun alohida nishonlanadi. Maktabda tahsil oladigan 350 ga yaqin o‘quvchining har biri dunyoni turlicha tasavvur qiladi. Ularning o‘ziga xos iqtidor va kelajak bilan bog‘liq rejalari bor. Masalan, 10 yoshli Azamat ulg‘ayib prezident bo‘lishni istaydi. Bu bilan u odamlarga yordam berishga ko‘proq imkoni bo‘lishini aytadi. “Odamlarga uylar qurib beraman. Kambag‘allarga sharoit yaratib beraman. Odamlarning yashash sharoiti yaxshi bo‘lishi kerak. Buning uchun yaxshi ishlash kerak”, – deydi Azamat.
3-sinf o‘quvchisi Muslima esa ko‘z shifokori bo‘lishni orzu qilishini aytadi.
Saidkamol esa uchuvchi bo‘lib, samolyotida ota-onasini sayohatga olib borishni xayol qilishini aytadi.
“Men dizayner bo‘lishni istayman. Tabiat va turli gullarni chizishni xohlayman”, – dedi 10 yoshli Munisa.
Yana bir 3-sinf o‘quvchisi Mubina boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lishni istashini aytdi. “Chunki ustozlar bilim beradi. Boshqalar katta bo‘lganda musobaqalarga borganda, kasblarni egallasa, ustoz yuzi yarqirab turadi. Shu o‘quvchini ustoz o‘qitgan deb aytib yurishadi”, – dedi u.
10-sinf o‘quvchisi Shahriyor bastakor bo‘lish istagida turli to‘garaklarga qatnashayotganini aytdi.
O‘quvchilarning tabiat va odamlar haqidagi tasavvurlari ham turlicha. Azamat odamlarni dumaloq yuzli, tanasi to‘rtburchak deb tasavvur qiladi. “Odamlar xuddi o‘zimga o‘xshaydi. Har xil yuzli, ba’zilarining yuzi uchburchakka o‘xshaydi. Ba’zilarining yuzi dumaloq. Mening yuzim ham dumaloq. Tanam to‘rtburchakka o‘xshaydi”, – dedi u.
Muslima esa buni tasavvur qilib ko‘rmaganini aytdi. Shahriyor odamlarni bir-biriga mehribon, oqibatli deb hisoblaydi.
Bolalarning tabiat haqidagi tasavvurlari esa bir-biriga o‘xshaydi. Ular tabiatni barg, daraxt va gullar shaklida ko‘z oldilarida gavdalantirishadi.
“Daraxtlar bor. Yozda yam-yashil, gullar bor. Shularni ko‘z oldimga keltirsam, kayfiyatim ko‘tariladi. Bahorda gullar ochilganda, yomg‘ir tagida aylanib yurishni yaxshi ko‘raman”, – deydi Shahriyor.
Учкудук туман мактабгача ва мактаб таълим бўлимига қарашли ДМТТ тарбияланувчиларига декабр ойи учун Озиқ- овқат, нон, гўшт маҳсулотлари сотиб олиш учун эълон бермоқда
“Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasi Ta’mirlash mexanika sexida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 30- oktabrdagi 364-sonli buyrug’iga asosan 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar respublikamiz hududida “Yong’in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan tadbir o’tkazildi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad korxonalarda hamda fuqarolarning yashash xonadonlarida, favqulodda vaziyatlar va yong’inlarni oldini olish va bunday vaziyatlarda harakatlanish tartibi, isitish pechlari, gaz moslamalaridan foydalanish hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish va boshqa noxush holatlarni kamaytirishga qaratilgan 4 turdagi eslatma, plakatlar va yo’riqnomalar tarqatildi.
Sexning 25 nafar ishchi xizmatchilariga yong’in qutqaruv texnikasi va asbob anjomlarining ko’rgazmali namoyishi va yong’in sodir bo’lganda birlamchi yong’in o’chirish vositalarini ishlatish tartibi to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday tadbirlardan ko’zlangan maqsad kuz-qish mavsumida aholi va fuqarolar o’rtasida hamda davlat idoralari, sanoat korxonalarida kelib chiqadigan noxush voqea-hodisalarni oldini olish va bunday holatlar kuzatilgan tadqirda ko’riladigan choralarni o’rgatishdan iboratdir.
ShKB OYXTTEBo’lim inspektori leytenant: Elyor Xomitov
ShKB OYXTTEBo’lim inspektori oddiy askar : Farrux Ulugov
Ташкилот телефон рақами | Ташкилот (корхона) номи | Бўлим номи | Лавозими | Вакансия сони | Ставка | Маош | Таълим | Квота йўналиши |
998951699166 | 1-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Қоровул | 1 | 0.50 | 525000.00 | Талаб этилмайди | |
998951699166 | 1-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Рус тили фани ўқитувчи | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Олий | |
998951699166 | 1-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Химик (кимёгар) | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998997539538 | 2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Бошланғич синфлар ўқитувчиси | 1 | 1.00 | 1200000.00 | Олий | |
998997539538 | 2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчилар | Умумтаълим мактабларининг юқори синфлари ўқитувчиси (математика фани ўқитувчиси) | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998997539538 | 2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчилар | Халқ таълими муассасаси психологи | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998997539538 | 2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Ўқитувчи | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998997539538 | 2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчилар | технология | 1 | 0.40 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998997539538 | 2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчилар | мусиқа | 1 | 0.15 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998995585788 | 3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчи | Бошланғич синфлар ўқитувчиси | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Олий | Пенсияолди ёшидаги шахслар |
998995585788 | 3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчи | Бошланғич синфлар ўқитувчиси | 1 | 0.50 | 1200000.00 | Олий | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998995585788 | 3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Ўқитувчи | Тарбия ўқитувчи | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Олий | Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг, Ички ишлар вазирлигининг, Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг, Миллий гвардиясининг, Давлат хавфсизлик хизматининг қўшинларидаги муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар |
998795932742,998933162135 | 4-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | мусиқа фани ўқитувчиси | 1 | 0.40 | 1050000.00 | Олий | |
998956077805 | 6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Кўзи ожиз ўқитувчи таржимон-котиби | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | |
998956077805 | 6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Хўжалик мудири | 1 | 0.05 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | |
998956077805 | 6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Кимё фани ўқитувчиси | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998765930576 | 9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Бино ва иншоотларни таъмирлаш бўйича муҳандис | 1 | 0.25 | 288750.00 | Ўрта-махсус | |
998765930576 | 9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Жисмоний тарбия фани ўқитувчиси | 1 | 0.25 | 1200000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998765930576 | 9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Бошланғич фан ўқитувчиси | 1 | 0.25 | 262500.00 | Олий | |
998765930576 | 9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Мусиқа фани ўқитувчиси | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795933089 | 10-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | O'qituvchilar | Рус тили фани ўқитувчиси | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998795933089 | 10-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | O'qituvchilar | Инглиз тили фани ўқитувчиси | 1 | 0.25 | 1200000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998944837761 | 11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | 11-maktab | Ўқитувчи математика | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998944837761 | 11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | 11-maktab | Ўқитувчи кимё | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998944837761 | 11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | 11-maktab | Ўқитувчи ингилиз тили | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998944837761 | 11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | 11-maktab | Ўқитувчи биология | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998942595984 | 12-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | O'QITUVCH | Ўқитувчи | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998995009655 | 13-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Мусиқа уқитувчиси | 1 | 0.50 | 1000000.00 | Олий | |
998995009655 | 13-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | инглиз тили ўқитучиси | 1 | 0.50 | 2000000.00 | Олий | |
998933139892 | 14-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Инглиз тили фани ўқитувчиси | 1 | 0.75 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998933139892 | 14-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Амалиётчи психолог | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998956117170 | 15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | инглиз тили укитувчиси | инглиз тили ўқитувчи | 1 | 0.50 | 525000.00 | Олий | |
998956117170 | 15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Техник | 1 | 0.50 | 188112.59 | Ўрта-махсус | |
998956117170 | 15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Информатика фани ўқитувчи | 1 | 0.90 | 1050000.00 | Олий | Ногиронлиги бўлган шахслар |
998956117170 | 15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Психолог | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998956033493 | 16-umumiy o'rta ta'lim maktabi | Bo‘linma mavjud emas | Қозоқ тили адабиёти фани ўқитувчи | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998956033493 | 16-umumiy o'rta ta'lim maktabi | Bo‘linma mavjud emas | ингилиз тили фани ўқитувчи | 1 | 0.40 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998795931187 | 18-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Maktab o'qituvchilari | Rus tili | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795931187 | 18-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Maktab o'qituvchilari | matematik fani o'qituvchisi | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998934358264 | 19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Психолог | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998934358264 | 19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ | Bo‘linma mavjud emas | Электрик | 1 | 0.50 | 334166.00 | Ўрта-махсус | |
998795930052 | 1-СОН КАПТАРЧА МАКТАБГАЧА ТА. | педагог ходимлар | Хорижий тил услубчиси | 1 | 0.25 | 700000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795932675 | 2-СОН КУЁШЖОН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУССАСАСИ | ТЕХНИК ХОДИМЛАР | Чилангар-сантехник | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998795932675 | 2-СОН КУЁШЖОН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУССАСАСИ | ТЕХНИК ХОДИМЛАР | Чилангар-сантехник | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998956118815 | ДОУ 3-SONLI BULDIRSHIN | техник ходимлар | Қоровул | 1 | 0.75 | 1050000.00 | Талаб этилмайди | |
998956118815 | ДОУ 3-SONLI BULDIRSHIN | Педагог ходимлар | Тарбиячи | 1 | 0.50 | 1200000.00 | Талаб этилмайди | |
998956118815 | ДОУ 3-SONLI BULDIRSHIN | Педагог ходимлар | Жисмоний тарбия бўйича йўриқчи | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Олий | |
998942274014 | ДОУ 4-SONLI QALDIRG`OCH | Педагог ходимлар | Ўқитувчи ингилиз тили | 1 | 0.25 | 1200000.00 | Олий | |
998933122110 | ДОУ 7-SONLI YOSH GEOLOGLAR | Bo‘linma mavjud emas | Жисмоний тарбия бўйича йўриқчи | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | |
998933122110 | ДОУ 7-SONLI YOSH GEOLOGLAR | Bo‘linma mavjud emas | хорижий тил ўқитувчиси | 1 | 0.25 | 500000.00 | Олий | |
998943755105 | ДОУ 8-SONLI QUYONCHA | Uchquduq tumani MTB-ga qarashli 8-sonli "Quyoncha" MTT | Мусиқий раҳбар | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998943755105 | ДОУ 8-SONLI QUYONCHA | Uchquduq tumani MTB-ga qarashli 8-sonli "Quyoncha" MTT | Тарбиячи-услубчи | 1 | 0.25 | 350000.00 | Олий | |
998990547573,998956107472 | ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN | FILIAL | Тарбиячи ёрдамчиси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | |
998990547573,998956107472 | ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN | тех.ходим | Тарбиячи ёрдамчиси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | |
998990547573,998956107472 | ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN | FILIAL | Мусиқий раҳбар | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Олий | |
998990547573,998956107472 | ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN | Пед.ходим | Жисмоний тарбия бўйича йўриқчи | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998990547573,998956107472 | ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN | Пед.ходим | Мусиқий раҳбар | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | |
998990547573,998956107472 | ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN | тех.ходим | Катта ҳамшира | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | |
998933139213 | ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 10-SONLI JOY OF BABIES | педагог ходимлар | Мусиқий раҳбар | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998944833021 | ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI | техник ходимлар | Қоровул | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Талаб этилмайди | |
998944833021 | ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI | педагог ходимлар | Тарбиячи | 1 | 0.50 | 1155000.00 | Олий | |
998944833021 | ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI | техник ходимлар | Электрик | 1 | 0.50 | 2200000.00 | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998944833021 | ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI | педагог ходимлар | Хорижий тил услубчиси | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998944833021 | ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI | педагог ходимлар | Мусиқий раҳбар | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998795972176 | 13-SONLI LAYLAKCHA MTT | Тарбиячи | Мусиқий раҳбар | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795972176 | 13-SONLI LAYLAKCHA MTT | Рус тили ўқитувчиси | Рус тили ўқитувчиси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Олий | Ногиронлиги бўлган шахслар |
998936619105 | 14-SONLI ERTAK MTT | Ёрдамчи тарбиячи | Чилангар-сантехник | 1 | 0.50 | 2000000.00 | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998936619105 | 14-SONLI ERTAK MTT | Ҳамшира | Катта ҳамшира | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | |
998795972193 | 15-SONLI KAMALAK MTT | Хореограф | Хореограф | 1 | 0.64 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998795933097 | 10-СОНЛИ БОЛАЛАР МУСИКА ВА САНЪТ МАКТАБИ | Ўқитувчи | халқ чолғу доира ўқитувчиси | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998795933097 | 10-СОНЛИ БОЛАЛАР МУСИКА ВА САНЪТ МАКТАБИ | Ўқитувчи | Эстрада-чолғу асбоблари ансамбли артисти | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795933097 | 10-СОНЛИ БОЛАЛАР МУСИКА ВА САНЪТ МАКТАБИ | Ўқитувчи | Болалар мусиқа ва санъат мактабида фортепиано ўқитувчиси | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795933097 | 10-СОНЛИ БОЛАЛАР МУСИКА ВА САНЪТ МАКТАБИ | ишчилар | Мусиқа асбобларини таъмирловчи-созловчи | 1 | 0.75 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | |
998795931061 | БАРКАМОЛ АВЛОД БОЛАЛАР МАРКАЗИ | Bo‘linma mavjud emas | тугарак рахбари (инглиз тили) | 1 | 0.25 | 1050000.00 | Олий | |
998795934901 | УЧКУДУК КАСБ-ХУНАР КОЛЛЕЖИ | техник ходимлар | Бинога хизмат кўрсатувчи ишчи электромонтёр | 1 | 1.00 | 1105015.00 | Ўрта-махсус | |
998795934901 | УЧКУДУК КАСБ-ХУНАР КОЛЛЕЖИ | техник ходимлар | Биноларга комплекс хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш бўйича ишчи сантехник | 1 | 1.00 | 1105000.00 | Ўрта-махсус | |
998939521588 | УЧКУДУК КОНЧИЛИК КАСБ-ХУНАР КОЛЛЕЖИ | Ўқитувчилар | Кончилик иши (турлари бўйича ) | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998939521588 | УЧКУДУК КОНЧИЛИК КАСБ-ХУНАР КОЛЛЕЖИ | Ўқитувчилар | Металлургия машиналари ва жиҳозлари (ишлаб чиқариш турлари) | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998939521588 | УЧКУДУК КОНЧИЛИК КАСБ-ХУНАР КОЛЛЕЖИ | Ўқитувчилар | Автомобил транспортига техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795930078 | УЧКУДУК Т ХАЛК ТАЪЛИМ МУСС-И ФАОЛ. МЕТ. ТАЪМ ВА ТАШ ЭТИШ БУЛ | Maktabgacha ta’lim bo‘limi maxsus ta’mirlash-ekspluatasiya | Электрогаз пайвандчи | 1 | 0.75 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | |
998795930078 | УЧКУДУК Т ХАЛК ТАЪЛИМ МУСС-И ФАОЛ. МЕТ. ТАЪМ ВА ТАШ ЭТИШ БУЛ | Maktabgacha ta’lim bo‘limi maxsus ta’mirlash-ekspluatasiya | Электрогаз пайвандчи | 1 | 0.25 | 1200000.00 | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998553511676 | ОТДЕЛ ВЕТЕРИНАРИЯ РАЙГОРОДА | бошқарув ходимлари | Молия-иқтисод хўжалик фаолияти бўйича бош мутахассис | 1 | 0.05 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998942250920 | ТУМАН ВЕТ.СИНОВХОНАСИ | Bo‘linma mavjud emas | Бўлим мудири | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | Ҳайдовчи | Ҳайдовчи | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | B/C тоифали ҳайдовчи | |
998553510413 | РАЙСЭС | Санитария-гигиена бўлими | Санитария врачи | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998553510413 | РАЙСЭС | эпидемиология бўлими | Эпидемиолог врач | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | Жамоатчилик билан ишлаш бўлими | Эпидемиолог ёки санитария врачи | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | Bo‘linma mavjud emas | Бўлим мудири дезинфекционист врач | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | эпидемиология бўлими | Immunolog-epidemiolog vrach | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | эпидемиология бўлими | Bo‘lim mudiri-epidemiolog vrach | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | Санитария-гигиена бўлими | Sanitariya vrachi | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998553510413 | РАЙСЭС | Санитария-гигиена бўлими | Назоратларни мувофиқлаштириш ва маъмурий амалиёт бўлими санитария врачи | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998795930637 | УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. | Bo‘linma mavjud emas | Йўл ишчиси | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | Пенсияолди ёшидаги шахслар |
998795930637 | УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. | Bo‘linma mavjud emas | Йўл ишчиси | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Талаб этилмайди | Ногиронлиги бўлган шахслар |
998795930637 | УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. | Bo‘linma mavjud emas | Йўл ишчиси | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Талаб этилмайди | Ўн тўрт ёшга тўлмаган болалари, ногиронлиги бўлган болалари бор ёлғиз ота ёки она, шунингдек кўп болали оилаларнинг ота-оналари |
998795930637 | УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. | Bo‘linma mavjud emas | Юрист | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | ОШР Кўкпатас | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP Кулкудук | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | ОШП Узункудук | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP Mingbuloq | эмлаш ҳамшираси | 1 | 0.50 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Ўрта-махсус | Ўн тўрт ёшга тўлмаган болалари, ногиронлиги бўлган болалари бор ёлғиз ота ёки она, шунингдек кўп болали оилаларнинг ота-оналари |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP JUZQUDUQ | Умумий амалиёт шифокори (врачи) | 1 | 1.00 | 1155000.00 | Олий | Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | ОШП Узункудук | Умумий амалиёт шифокори (врачи) | 1 | 1.00 | 1155000.00 | Олий | |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | Маъмурият | Бош ҳисобчи | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Олий | |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP AVANGARD | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP JUZQUDUQ | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг, Ички ишлар вазирлигининг, Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг, Миллий гвардиясининг, Давлат хавфсизлик хизматининг қўшинларидаги муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | ОШП Узункудук | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Пенсияолди ёшидаги шахслар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP Кулкудук | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Жазони ижро этиш муассасаларидан озод қилинган ёки суд қарорига кўра ўзига нисбатан тиббий йўсиндаги мажбурлов чоралари қўлланилган шахслар |
998795931935 | УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАС | OSHP AVANGARD | Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси | 1 | 0.50 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998795932023 | УЧКУДУК ТУМАН ХОКИМЛИГИ ОБО- ДОНЛАШТИРИШ БУЛИМИ | Қабристон бўлими | Қабристон назоратчиси (колумбария) | 1 | 0.25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Талаб этилмайди | Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар |
998795932023 | УЧКУДУК ТУМАН ХОКИМЛИГИ ОБО- ДОНЛАШТИРИШ БУЛИМИ | Bo‘linma mavjud emas | Дайди итлар, мушуклар ва бошқа ҳайвонларни овлаш бўйича ишчи | 1 | 0.25 | 262500.00 | Ўрта-махсус | |
998934645755 | УЧКУДУК УРМОН.ХУЖ.БУЛ | ўрмончи | Ўрмончи | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Одам савдосидан жабрланганлар |
998934645755 | УЧКУДУК УРМОН.ХУЖ.БУЛ | ўрмончи | Ўрмончи | 1 | 1.00 | 1050000.00 | Ўрта-махсус | Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг, Ички ишлар вазирлигининг, Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг, Миллий гвардиясининг, Давлат хавфсизлик хизматининг қўшинларидаги муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар |
998934645755 | УЧКУДУК УРМОН.ХУЖ.БУЛ | бошқарув аппарати | Директор ўринбосари бош Ўрмонбеги | 1 | 1.00 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | |
9,9893E+11 | Uchquduq tuman Issiqlik manbai DUK | Молия-иқтосд ва ижтимоий масалалар бўйича филиал бошлиғи ўринбосари | 1 | 1 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||
+998(93)-521-82-84 | NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI JAMG'ARMASI | Уролог хонаси | 1 | 0,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||
Врач Эндоскопист | 1 | 0,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Болалар врач хирурги | 1 | 0,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
врач кордиолог | 1 | 0,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Врач невролог | 1 | 0,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Варач акушер гинеколог | 1 | 0,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Врач анестезиолог | 1 | 1,5 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Врач неонатолог | 1 | 0,25 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Врач терапевт | 1 | 1 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
Врач педиатор | 1 | 1 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий | ||||
########## | Навоий Сув таъминоти Учқудуқ тумани бўлими | Етакчи иқтисодчи | 1 | 1 | Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi | Олий |
"Учқудуқ туман йўллардан фойдаланиш давлат муассасаси etender.uzex.uz платформаси орқали энг яхши таклифни аниқлаш йўли билан Учқудуқ туман ЙФДМ нинг қурилиш объектларига хизмат кўрсатиш учун 4 тоннадан кам бўлмаган юк ташиш автомашинаси ижара хизмати бўйича Лот:24110012406645 орқали савдо ўтказилишини маълум қилади. Савдо бошланиш вақти 13.12.2024 йил 14:14, тугаши 19.12.2024 йил 14:14"
Ассалому алайкум, азиз ёшлар!
Ҳурматли тадбир иштирокчилари!
Аввало Сизларни ҳаётимиз ривожида, Ватанимиз ва халқимиз тақдирида кундан-кунга аҳамияти ортиб бораётган, бугунги дориламон кунларимизнинг асоси бўлмиш бош Қомусимиз - Конституциямизнинг 32 йиллиги байрами билан барчангизни, туманимизнинг бутун аҳлини чин юракдан табриклайман!!.
2023 йил 30 апрель куни бўлиб ўтган умумхалқ, референдумида халқимиз ўзининг юксак сиёсий онги, ҳуқуқий маданияти ва дунёқарашини намоён этиб, янги тахрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституциясини қабул қилди. Янги таҳрирдаги Ўзбекистон Республикаси Конституцияси давлатчилик, ижтимоий-сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ва суд-ҳуқуқ соҳаларини бундан кейин ҳам барқарор ривожлантириш учун мустаҳкам замин яратди.
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси кунини муносиб кутиб олиш ва юксак савияда нишонлаш, Асосий қонунимизда белгиланган демократия, эркинлик ва тенглик, ижтимоий адолат ва бирдамлик ғоялари атрофида фуқароларни жипслаштириш мақсадида "Конституция – эркин ва фаровон ҳаёт гарови!" деган бош ғояни ўзида мужассам этган ташкилий-амалий ҳамда маънавий-маърифий тадбирлар туманимиз бўйлаб ўтказилиб келинмоқда.
Ҳар бир давлат ўз истиқлол ва тараққиёт йўлини танлар экан, халқ фаровонлигини таъминлашга хизмат қиладиган энг муҳим мақсад ва вазифаларини ўзининг Конституцияси – Асосий қонунида мустаҳкамлаб олади. Бинобарин, ўз халқининг хоҳиш-иродаси, дили ва тилидаги эзгу ниятларига ҳамоҳанг Конституцияга эга бўлган мамлакат ўзи белгилаган юксак марралардан ҳеч қачон оғишмасдан, доимо олдинга қараб боради.
Эътибор берсак, мамлакатимиз ҳар жиҳатдан катта давлатга айланмоқда. Аҳолимиз 2040 йилга бориб 50 миллионга етади, жамиятнинг ярмидан кўпини ёшлар ташкил қилади. Уларга муносиб ҳаёт шароити яратиш учун эса барқарор иқтисодиёт, хавфсиз давлат, самарали бошқарув, ижтимоий кафолатлар бўлиши лозим.
Булар ва бошқа кўпдан-кўп муаммолар ечими мустаҳкам ҳуқуқий пойдеворни – Ўзбекистоннинг янги таҳрирдаги Конституциясини тақозо этди. Бир нарсани алоҳида айтиш керакки, янги таҳрирдаги Конституция олим-у мутахассислар томонидан фақат кабинетларда яратилмади. Балки, даставвал икки босқичда халқимизнинг фикри, таклифлари ўрганилди, шундан сўнггина Конституция лойиҳаси тайёрланди. Авваллари эса Конституция қабул қилишда дастлаб лойиҳа ишлаб чиқилиб, кейин халқ муҳокамасига қўйиларди.
Конституция лойиҳасини шакллантириш учун 60 мингдан зиёд таклифлар айнан ахоли томонидан берилди. Уларнинг тахминан ҳар тўрттасидан биттаси янги таҳрирдаги Конституциядан жой олди. Уни тайёрлашда 190 дан ортиқ давлатлар тажрибаси ўрганилди ва лойиҳа 6 турдаги экспертизадан ўтказилди.
Буларнинг ҳаммаси янги таҳрирдаги Конституцияда жамиятнинг барча қатламлари манфаатлари инобатга олингани, Янги Ўзбекистонни қуриш ғояси атрофида бутун жамият жипслашгани, Бош Қомусимиз том маънода халқ Конституцияси бўлганидан далолат беради. Янгиланган Конституциямизда ҳар бир модда барчага тушунарли, аниқ ва лўнда баён этилгани ва синчиклаб ишлаб чиқилганини кўришимиз мумкин. Бу ўзгариш ва қўшимчалар Ўзбекистонни янада барқарор ривожлантириш, турли таҳдидларга қарши тура оладиган салоҳиятини мустаҳкамлашга қаратилгандир. Чунки ушбу ислоҳотлар барчаси “Аввал – инсон, кейин –жамият ва давлат” деган ғояни қонунларимизга сингдириш орқали демократик давлатни ижтимоий давлатни тараққий эттиришга қаратилди.
Ҳурматли тадбир иштирокчилари !
Соҳибқирон Амир Темур бобомиз “Давлат қонунлар асосида қурилмас экан, ундай салтанатнинг шукуҳи, қудрати ва таркиби йўқолади”, деб таъкидлаган эдилар. Шу нуқтаи назардан, Конституция ва қонун устуворлигини таъминлаш биз бунёд этаётган демократик, ҳуқуқий, ижтимоий давлатнинг бош мезони ҳисобланади.
Ҳар қандай демократик ислоҳотлар самараси, тинчлик ва тараққиётнинг асосий гарови ҳам Конституция ва қонун устуворлиги таъминланиши билан бево
сита боғлиқ.Қонун устуворлиги – бу давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари чиқараётган ҳужжатлар, мансабдор шахсларнинг хатти-ҳаракатлари фақат ва фақат Конституция ҳамда қонунларга мувофиқ бўлиши шарт, деганидир. Шу боисдан ҳам барча бўғиндаги кадрлар, у хоҳ раҳбар ёки оддий фуқаро бўлсин, Конституция ва қонунларни пухта билиши, уларнинг ижросини тўғри ташкил этиши ҳамда биринчи навбатда бу қоидаларга бутун жамият аъзолари қатъий амал қилиши шарт бўлган муҳит яратишимиз зарур.
“Конституция ва қонун устуворлиги – фаровон ҳаёт гарови” деган тушунча фуқароларимизнинг онги ва қалбида чуқур ўрин эгаллаши ҳамда ижтимоий эҳтиёжга айланиши учун барчамиз виждонан, Ватан олдидаги бурчимизни теран ҳис қилган ҳолда ишлашимиз керак деб ўйлайман.
Фурсатдан фойдаланиб, бугунги тадбирда иштирок этаётган, эзгу ташаббус ва ислоҳотларимизни қўллаб-қувватлаб келган туман фаолларига, ёшларига нуроний отахону-онахонларимизга ва барча учқудуқликларга чексиз миннатдорчилигимни билдираман!.
Сизларни қутлуғ айём – Конституция куни билан яна бир бор чин қалбимдан самимий муборакбод этаман.
Барчангизга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт-саодат, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, Ватан равнақи йўлидаги эзгу ишларингизга эса омадлар тилайман.
Осмонимиз мусаффо, тинчлигимиз абадий бўлсин!
O‘tgan davr mobaynida Respublikamiz iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, islohotlar, qanchadan-qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi bevosita Konstitutsiyamizga bog‘liqligi, huquqiy fuqarolik jamiyati qurishda hukumatimizning Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar asosida faoliyat olib borayotganligi, mustaqilligimiz bilan bir qatorda Konstitutsiyamizning qabul qilinganligini ham har yili nishonlanishi bejiz emas, albatta.
Bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizda har qaysi oila va fuqarolarimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasini Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan talab va qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi deb qabul qilamiz.
Konstitutsiyamiz tarixan sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir. Asosiy qonunimiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
Shuning bilan birga Konstitutsiyamizdan xalqimizning uzoq o‘tmish davrlardan buyon shakllanib kelayotgan milliy tafakkuri, muqaddas qadriyatlari o‘z aksini topgan, xalqimiz ko‘nglida ustuvor bo‘lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik bag‘rikenglik mardlik kabi ulug‘ xislatlar o‘rin olgan.
Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g‘oyaviy mag‘zi, ya’ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada, 1992-yil bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 ta moddadan iborat yangi taxriri ishlab chiqildi va u 1992-yil 26 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko‘lamli bo‘lib, yuksak ijodiy ko‘tarinkilik va ishchanlik kayfiyatida o‘tdi.
U jamiyatimizda chinakam demokratiya qaror topishining yorqin namoyishi bo‘ldi. O‘z ruhi va mazmuni jihatidan muhokama davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha butun xalqning umumiy suhbatiga aylanib koldi. Loyihaning qizg‘in hamda manfaatli muhokamasi xalqimizning o‘zi mustaqil O‘zbekiston Asosiy Qonunining bevosita ijodkori bo‘lganligini ko‘rsatdi. Qariyb ikki oy davom etgan umumxalq muhokamasidan so‘ng bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirildi va loyiha ushbu taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi.
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O‘zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdeq muhokama davomida to‘plangan boy materiallarni har tomonlama chuqur o‘rganish va umumlashtirish, uni davlatning mujassam Asosiy Qonuni sifatida ifodalash imkonini berdi. Asosiy Qomusimiz mustaqilligimizning mevasi, mahsuli sifatida dunyoga keldi.
1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun 8-dekabr mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Respublikamizda davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab, konstitutsiya hamda uning asosida qabul qilingan qonun-qoidalar vakolat berilgan idoralar tomonidan amalga oshirilishligi, jamiyat va davlat hayotning muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi, respublikada demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanishini, ularga ko‘ra inson, uning hayoti erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning so‘zsiz tan olinishi kabi munosabatlar o‘z aksini topgan.
Shuning uchun ham eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, qadr-qimmati to‘g‘risidagi tamoyil Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning barqarorligi, uning eng muhim prinsiplari va normalarini har bir O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari to‘g‘ri anglab olmog‘i zarur. Chunki u ma’naviy – madaniy ehtiyojlarni, vatanparvarlik tuyg‘ularini, ta’bir joiz bo‘lsa, xalqning vijdoni va diyonatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, biz uchun muqaddasdir.
Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasi halqimizda vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalaydi, davlatimiz ramzi bo‘lmish O‘zbekiston madhiyasi, bayrog‘i va gerbida o‘z ifodasini topgan baxt saodat sari etaklaydi.
Бугун ижтимоий тармоқларнинг бирида “Коммунал соҳага эга қолмадими???” сарлавҳаси остида танқидий пост эълон қилинди.
Учқудуқ туман ҳокимлигида ишчи гуруҳ тузилиб, ҳолат бўйича тўлиқ ўрганишлар олиб борилди. Туманнинг Мустақиллик ва А.Темур кўчаларидаги изоляциясиз ёки изоляцияси эскириб тўкилган иссиқлик қувурлари борлиги аниқланди. “Иссиқлик манбаи” ДУК Учқудуқ туман бўлими ишчи-ходимлари томонидан махсус қопламалар билан изоляцияланди.
Қисқа муддатди мавжуд муаммолар бартараф этилди.
Сизни моддий манфаат эвазига ишга киритиб қўйишига ишонманг
More...
Ер участкаларини ноқонуний савдоси билан шуғулланманг
Plastik kartochkani raqamlarini va parollarini hech kimga bermang va aytmang. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan shubhali dasturlarni ochmang
ShKB OYXTTEB P va NB isnpektorlari va 6-YQQism boshlig’ining o’rinbosari hamda harbiy xizmatchilari tomonidan Uchquduq tumanidan 70 km uzoqlikda joylashgan Mingbuloq OFY 4-DMTT va 11-sonli maktabda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong’in xavfsiligi oyligi” tadbiri davomida profilaktik suhbat hamda qutqaruv aslaha-anjomlari ko’rgazmali namoyishi tashkil qilindi. Ushbu tadbirda OFY raisi va fuqarolar hamda o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etdilar. Is gazi, yong’in xavfsizligi qoidalari haqida tushuntirilib eslatma materiallari tarqatildi.
ShKB OYXTTEB 6-YQQism
boshlig’ining o’rinbosari
katta leytenant O.E.Hikmatov
BMT Bosh Assambleyasining 1999 yildagi tegishli rezolyusiyasiga binoan “25 noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” sifatida keng nishonlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstititsiyasining 26-moddasida, “Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, o‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas”ligi belgilangan.
2023-yil 11-aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan Jinoyat kodeksi 126-1-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 59-2-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan to‘ldirildi.
Dunyoda ayollarga nisbatan ishlatiladigan zo'ravonliklarning 35 foizi jismoniy va jinsiy sheriklari tomonidan sodir etilgan. 2024-yilning 10 oyi davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan 15 427 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ularning 9 210 nafariga jarima jazosi, 6 217 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan esa 399 kishi sudlanib, ularning 126 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 18 nafar shaxs shartli hukm qilingan.
2023-yilda (amalga kiritilgan kundan boshlab) Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bilan 203 nafar shaxs sudlanib, ularning 59 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 144 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi bilan esa 8 928 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 5 229 nafariga jarima jazosi, 3 699 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Dunyo bo‘ylab har kuni 140 nafar xotin-qiz, ya’ni har 10 daqiqada bir nafardan ayol oiladagi zo‘ravonlik oqibatida vafot etadi.
Bu o'z navbatida, nozik jins vakillarini maishiy zo'ravonlik jinoyatlardan himoya qilish davr talabi ekanini ko'rsatib turibdi.
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi O'RQ–561-son Qonunining 15-moddasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo'yishning umumiy chora-tadbirlari belgilab berilgan.
Jumladan:
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
tazyiq va zo'ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo'lgan omillarni tahlil qilish, o'rganish va baholash;
aholi o'rtasida huquqiy targ'ibot olib borish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;
fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o'z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to'g'risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta'minlash maqsadida axborot-ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
tazyiq va zo'ravonlik sodir etish xavfi bo'lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;
tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga nisbatan ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llash;
aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.
Zo'ravonlik va tazyiqlarning maxsus oldini olish choralari ham o'ziga xos xususiyat va ahamiyatga egadir.
Zo'ravonlik va tazyiqlarni oldini olishning yakka tartibdagi profilaktikasida muayyan shaxs tomonidan zo'ravonlik va tazyiq sodir etilishini va undan jabrlanishning oldini olish, uni zararsizlantirishga qaratilgan faoliyat tashkil etiladi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo'llash uchun quyidagilar asos bo'ladi:
tazyiq va zo'ravonlik qurbonining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
tazyiq yoki zo'ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.
Xulosa qiladigan bo'lsak, zo'ravonlik va tazyiqning oldini olish bo'yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
fuqarolarga zo'ravonlik faktlari haqida yoki o'ziga nisbatan tahdid va tajovuzlar sodir etish holatlari yuzaga kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;
nizoli holatlar hamda fuqarolarning g'ayriijtimoiy xulq-atvori va xatti-harakatlariga nisbatan loqayd bo'lmaslik;
sog'liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish va birinchi tibbiy yordam olishni ta'minlash;
zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarni vaqtincha xavfsiz joyda (reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida yoki ota-ona yoxud boshqa qarindosh-urug'lar oldida) bo'lishlari uchun ularga qisqa raqamli “1146“-ishonch telefoniga murojaat etish mumkinligi va mavjud muammoga tegishli yechim olishi haqida tushuntirish;
Zero, Zo`ravonlik-bu e’tiborsiz qoldirib bo`lmaydigan og`riq. Butunlay yo`q qilinishi kerak bo`lgan qo`rquv va biz ortiqcha yo`l qo`ya olmaydigan sukunat.
Uchquduq tuman
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig’i
Rustamova Dildora Botirovna