LOTIN-КИРИЛЛ

9 феврал куни Ўзбек тилининг асосчиси, буюк Алишер Навоий туғилган кунга 580 йил тўлди.
Ушбу сана муносабати билан Шимолий кон бошқармасида ҳам кончилар улуғ бобокалонимиз тўйи сабаб турли тадбирлар уюштиришди.
“Шарқий ” кони ишчилари орасида ноанъанавий тадбир бўлиб ўтди. Чилангар, кон ишчисидан тортиб , экскаватор машинисти иштирокида танлов ўтказилди. Унда қўйилган талаб 90 дақиқа ичида мўйқалам билан Навоий ҳазратлари сиймосини яратиш бўлди. Асл касби рассомчилик бўлмасада ишчи-ходимлар ҳазрат сувратини мусаввирлардек чиздилар. Ғолиблар эсдалик совғалар билан тақдирланишди.
Навоий ижоди ана шундай, одамзодни ҳар гал янгилик сари ундайди.

photo 2021 02 08 16 29 09

 

2021/22 ўқув йилида тиббиёт олийгоҳлари бўлмаган Қарши давлат университети, Жиззах давлат педагогика институти, Навоий давлат педагогика институти ва Гулистон давлат университетларида тиббиёт йўналишидаги факультетлар ташкил этилади.

Бу ҳақда Ҳаракатлар стратегиясининг 4 йиллик фаолиятига бағишланган халқаро форумда Соғлиқни сақлаш вазирлиги вакили Ўктам Исмоилов маълум қилди.

Исмаиловнинг сўзларига кўра, коронавирус пандемияси даврида Ўзбекистон бўйлаб қарийб 30 минг ўринли даволаш масканлари ташкил этилган.

«Ушбу масканлар 85 млн долларлик 3 та МСКТ, 56 та рентген, 2 303 та функционал кроват, 2 960 та СИПАП, 5 537 та кислород концентратори, 1 850 та ИВЛ, 1 564 та кардиомонитор, 150 та ПЗР аппарати ва бошқа зарурий анжомлар билан таъминланди.

Пандемияга қарши курашиш учун 200 мингдан зиёд тиббиёт ходими, жумладан, чет эллик 150 нафар юқори малакали шифокор ва мутахассислар жалб этилди. Юртимизда фаолият кўрсатаётган 36 280 нафар тиббиёт ходимлари коронавирус касаллигини даволашнинг сўнгги усуллари юзасидан ўқитилди.

Шунингдек, ўтган вақт давомида 10 та ҳудудда рентгенэндоваскуляр (ангиография) бўлимлари, 8 та вилоятда кардиохирургик «очиқ юрак» операцияларнинг амалга оширилиши йўлга қўйилиб, республикада илк бор 10 кг вазндан кам бўлган болаларда юракда очиқ жарроҳлик амалиёти бажарилди.

2021 йилда қўшимча равишда 100 та оилавий шифокор пункти ва 24 та оилавий поликлиника, эндокрин касалликларини аниқлаш ва даволаш мақсадида ҳудудий шифохоналарда махсус бўлимлар ташкил этилади.

35 та туманлараро қўшма шикастланишлар ва ўткир қон-томир касалликлари марказлари ташкил этилиб, Наманган, Самарқанд ва Хоразм вилоятларида буйрак трансплантация амалиётини ўтказиш йўлга қўйилади», – дея ССВ вакилининг сўзларини келтирмоқда Kun.uz мухбири.

Маълум қилинишича, 2021 йилда Ўзбекистонда 272 та янги хусусий тиббиёт муассасаси ташкил этилиши режалаштирилган.

 

«Фаол фуқаролар» умуммиллий фестивали очилиш маросимида сўзга чиққан Сенат раиси Танзила Норбоева оммавий ахборот воситалари фаолиятига тўхталди.«Оммавий ахборот воситалари ҳам фуқаролик жамияти институтларининг катта бир таркибий бўғини, йўналиши. Улар бугунги кунда кечаги оммавий ахборот воситалари эмас.

Албатта, вақти-вақти билан уларга қандайдир тўсиқлар ёки улар билан боғлиқ муаммоли масалалар вужудга келиб қолиши мумкин, лекин давлат раҳбарининг юксак сиёсий иродаси – фуқаролик жамияти институтларининг энг асосий бўлимларидан бўлмиш ОАВга кенг йўл очиб беришдир.

[…] Бугунги кунда фуқаролик жамияти институтлари, ОAВ аввалгидай давлат идоралари олдида тортиниб туриш, қўрқиш ҳиссиётидан мутлақо халос бўлган. Бугун улар бемaлол ўз фикрлари, мавжуд муаммоларини раҳбарларга, парламентга, давлат раҳбарига айтиш имкониятига эга бўлдилар.

Умуман олганда, фуқаролик жамияти институтлари халқ ва жамият ўртасида мустаҳкам кўприк бўлиб шаклланяпти», – деди Сенат раиси.

Танзила Норбоеванинг фикрича, нодавлат нотижорат ташкилотлари фаолиятига доир қонун ҳужжатларини замон талабларига мослаштириш керак. Ўзбекистонда ННТлар сони 9 мингдан ортган, аммо уларнинг ҳаммаси ҳам яхши ишлай олмаяпти.

«Кимгадир шароит етишмайди, кимдир бошқа омиллар сабабли жамиятда ўз жойини топа олмаяпти. Аммо ўйлаб қарасак, ННТлар бугунги кунда ҳам иқтисодий соҳада, ҳам аҳоли бандлиги, саломатлиги, аёллар, болалар, ёшлар, экология масалалари, умуман олганда, ҳамма соҳаларда фаолият кўрсатяпти.

Уларга ўз ўринларини топиши учун, ривожланишлари учун ҳали жуда кўп ёрдам беришимиз керак», – деди у.

photo 2019 09 06 16 29 04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish faqatgina yangi tashkil etilgan vazirlikning vazifasi emas, barchamizning eng muhim vazifamiz bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarini dasturga aylantirgan uchquduqliklar qo‘shaloq eng ulug‘, eng aziz bayram – istiqlol arafasida yana bir ishga qo‘l urishdi.
Darhaqiqat, "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

photo 2019 09 06 16 29 10

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida tumanimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni-kecha Prezident tashrifi doirasida "Yo‘lchilar” ovulida 160 o‘ringa mo‘ljallangan"Kelajak yulduzlari” nomli 11-MTT qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, oradan hech qancha vaqt o‘tmay tuman markazida "Porloq yulduzchalar” muassasasi bolajonlar ixtiyoriga berildi.
Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan mazkur muassasaga tadbirkor Munavvar Qoraboeva asos soldi. U Toshkent Davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassis.
Bolajonlar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylangan muassasa bunyodkorligiga 2 mlrd. so‘mlik kredit hamda tadbirkorning 1 mlrd. so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘i yo‘naltirildi.
150 o‘rinli muassasaning mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan.
Ichkarida zina, keng va yorug‘ koridorlar hamda xonalarga ishlangan rus va o‘zbek xalq ertaklari qahramonlarini suratlari, tafakkurga undovchi rasmlar bolalarni rang bilish, sanashga o‘rgatadi.
muassasada ta’lim-tarbiya o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarga ingliz, koreys tili ham o‘rgatiladi. O‘nga yaqin sport sektsiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

IMG 0069

E’tiborlisi, sutkada 24 soat ishlaydigan muassasada shanba va yakshanba kunlari navbatchi guruhlar tashkil etiladi.
-Ikki nafar farzandim bor. Kechki smenaga ishga ketayotganimda besh yoshli va uch yoshli farzandlarimga qarovchi bo‘lmaganligi sababli qo‘shnilarimga qoldirib ketishga majbur bo‘lardim, - deydi Nargiza Ro‘zieva. – Albatta muassasa men kabi onalarga ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Tumanimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, xususan, yangilarini tashkil etish orqali bolalarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda tumanda 19 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda bog‘cha yoshidagi bolalarning 74 foizi qamrab olingan.

2232232

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga oid sharh bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – "stipendiyali” va "stipendiyasiz” etib belgilandi.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m).
Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda engillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.
Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan joriy o‘quv yilida 20 foizga ortganligi yoki talabalar kontingentining 126 ming nafarga ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi - bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos (bunda - xarajatlarni qoplanishi o‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda), deyiladi vazirlik sharhida.

mragronitfull

Loyiha maqsadi: Yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish.
Mavjud zaxiralar
  • Kamisbuloq karyeri (tuz) - 5 461.4 ming tonna
  • Tuzquduq karyeri (tuz) - 1692.5 ming tonna
Loyiha umumiy qiymati
  • 1,5 mln.dollar shundan:
  • - Texnolologik uskunaning qiymati: 0,5 mln.dollar
  • - Maxsus texnika vositalari: 0,5 mln.dollar
  • - Qurilish-montaj ishlari qiymati: 0,5 mln.dollar
Soliq tizimidagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-sentyabrdagi PQ-3301 sonli karoriga asosan 2028 yilgacha daromad solig‘i, qatiiy belgilangan soliq, yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovlaridan ozod etiladi
Ishlab chiqarish infrastrukturasi NKMK balansidagi Armatura va Farmovka sehi binosi
  • Umumiy yer maydoni: 10 GA
  • Elektr energiya: Mavjud
  • Suv tarmog'i: Mavjud
  • Temir yo'l: Mavjud
Moliyalashtirish manbalari
  • O'z mablag'lari
  • Xorijiy investitsiya
  • Tijorat banki kreditlari (Milliy Bank, Mikrokredit Bank)
  • Xorijiy kredit liniyalari

mragronitfull

Loyiha maqsadi: Kaolinni qayta ishlab chiqarish orqali keramika, qog‘oz, plastmass, rezina ishlab chiqarish.
Mavjud zaxiralar
  • Altintau karyeri (kaolin) - 10 086.0 ming tonna
  • Altintau 2 karyeri (kaolin) - 4049.5 ming tonna
Loyiha umumiy qiymati
  • 1,0 mln.dollar shundan:
  • - Texnolologik uskunaning qiymati: 0,5 mln.dollar
  • - Maxsus texnika vositalari: 0,3 mln.dollar
  • - Qurilish-montaj ishlari qiymati: 0,2 mln.dollar
Soliq tizimidagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-sentyabrdagi PQ-3301 sonli karoriga asosan 2028 yilgacha daromad solig‘i, qatiiy belgilangan soliq, yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovlaridan ozod etiladi
Ishlab chiqarish infrastrukturasi
  • Elektr energiya: Mavjud
  • Suv tarmog'i: Mavjud
  • Temir yo'l: Mavjud
Moliyalashtirish manbalari
  • O'z mablag'lari
  • Xorijiy investitsiya
  • Tijorat banki kreditlari (Milliy Bank, Mikrokredit Bank)
  • Xorijiy kredit liniyalari

mragronitfull

Loyiha maqsadi: Qimmatbaho buyumlar, suvinerlar ishlab chiqarish.
Mavjud zaxiralar
  • Jaman Kaskir karyeri (biryuza) - 212.0 kg
  • Aytim karyeri (kaxalong) - 27.5 t
  • Aytim karyeri (opal) - 29.6 t
  • Biryuza karyeri (biryuza) - 1019.0 kg
  • Sariktau karyeri (kaxalong) - 89.0 t
  • Aktash karyeri (kaxalong) - 53.0 t
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga bo‘lgan talab Bugungi kunda ushbu ishlab chiqarilayotgan suvener maxsulotlari va qimmatbaho buyumlarning 70 % chetdan olib kelinadi. Respublikaning barcha hududlarida Ushbu maxsulotlarga nisbatan aholining talabi yuqori.
Soliq tizimidagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-sentyabrdagi PQ-3301 sonli karoriga asosan 2028 yilgacha ga daromad solig‘i, qatiiy belgilangan soliq, yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovlaridan ozod etiladi
Ishlab chiqarish infrastrukturasi NKMK balansidagi "Mramor zavodi" binosi
  • Elektr energiya: Mavjud
  • Suv tarmog'i: Mavjud
  • Temir yo'l: 45KM uzoqlikda
Moliyalashtirish manbalari
  • O'z mablag'lari
  • Xorijiy investitsiya
  • Tijorat banki kreditlari (Milliy Bank, Mikrokredit Bank)
  • Xorijiy kredit liniyalari

mragronitfull

Loyiha maqsadi: Tarkibida temir oksidi yuqori bo‘lgan xar xil rangdagi pigment maxsulotlarini ishlab chiarish.
Mavjud zaxiralar
  • Saribatr karyeri (tabiiy pigment) 2600. ming.m3
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga bo‘lgan talab (Navoiy) Ichki bozor (yirik qurilish tashkilotlari, xususiy sektor, NKMK, Navoiyazot, Qizilqumtsement)
Tashqi bozor (tarkibida temir moddasi 40 foizdan yuqori bo‘lgan pigment mahsulotlarini Xitoy yiliga 2 mln.tonna chetdan xarid qiladi)
Soliq tizimidagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi PQ-3301 sonli qaroriga asosan 2028 yilgacha ga daromad solig‘i, qat'iy belgilangan soliq, yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovlaridan ozod etiladi.
Lokaliatsiya dasturi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq, mol-mulk solig‘i, bojxona to‘lovlari, import bojlaridan ozod qilingan.
Ishlab chiqarish infrastrukturasi Uzunquduq OFY hududidagi yer maydoni
  • Elektr energiya: Mavjud
  • Suv tarmog'i: Mavjud
  • Temir yo'l: 45KM uzoqlikda
Moliyalashtirish manbalari
  • O'z mablag'lari
  • Xorijiy investitsiya
  • Tijorat banki kreditlari (Milliy Bank, Mikrokredit Bank)
  • Xorijiy kredit liniyalari
  • 14% stavkasidan yuqori bo'lmagan miqdorda kreditlar ajratiladi
Qo‘shimcha imkoniyatlar Tarkibida temir moddasi mavjud bo‘lgan pigment maxsulotari bilan, NKMK va AKMK sanoat chiqindilarini qayta ishalash orqali kartridjlar uchun toner (rang) ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

mragronitfull

Loyiha maqsadi: Granit, mramor, sheben, oxak ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish.
Mavjud zaxiralar
  • Boztau karyeri (mramor) 840.6 ming.m3
  • Kokpatas karyeri (mramor) 1435.0 ming.m3
  • Altintau karyeri (granit) 2093.0 ming.m3
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotga bo‘lgan talab (Navoiy) Ichki bozor (yirik qurilish tashkilotlari, xususiy sektor) 140.0 ming.m2
Tashqi bozor (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya) 50.0 ming.m2
Soliq tizimidagi imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-sentyabrdagi PQ-3301 sonli karoriga asosan 2028 yilgacha ga daromad solig‘i, qatiiy belgilangan soliq, yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalari to‘lovlaridan ozod etiladi
Ishlab chiqarish infrastrukturasi NKMK balansidagi "Mramor zavodi" binosi
  • Umumiy maydoni: 4GA
  • Qurilish osti maydoni: 1GA
  • Elektr energiya: Mavjud
  • Suv tarmog'i: Mavjud
  • Temir yo'l: 2KM uzoqlikda
Moliyalashtirish manbalari
  • O'z mablag'lari
  • Xorijiy investitsiya
  • Tijorat banki kreditlari (Milliy Bank, Mikrokredit Bank)
  • Xorijiy kredit liniyalari
  • 14% stavkasidan yuqori bo'lmagan miqdorda kreditlar ajratiladi
Qo‘shimcha imkoniyatlar Mramor va granit ishlab chiqarish jarayonidan chiqqan sanoat chiqindilaridan sheben ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati
(Ichki bozor talabi 5000 m3)

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: