Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasida joylashgan fuqaro J.Xamroyevga tegishli bo‘lgan “savdo do‘koni” binosi orqa tomonidan vaqtincha foydalanishga o‘n (10) yil muddatga 270,0 kv.m yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi
O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 6, 20-moddalariga asosan, Uchquduq tumani, Navoiy MFY hududi X.Do‘stligi ko‘chasi, 4-uy 29-xonadonda yashovchi fuqaro Xamroyev Jurabek Rizokulovichning 2021-yil 6-yanvardagi murojaatini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasidan Xamroyev Jurabek Rizokulovichga 270,0 kv.m yer uchastkasiga, 10 (o‘n) yil muddatga vaqtincha foydalanishga “savdo do‘koni” binosini qurishga ruxsat berish to‘g‘risida Uchquduq tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
- Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasidan Xamroyev Jurabek Rizokulovichga 270,0 kv.m yer uchastkasiga, 10 (o‘n) yil muddatga vaqtincha foydalanishga “savdo do‘koni” binosini qurishga ruxsat berilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
- Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu “savdo do‘koni” binosi qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida nazorat qilib borish topshirilsin.
- Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan
tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.
S.Xamroyev,
Tuman hokimi
2021-yil 29 –yanvar
22-Q- son Uchquduq tuman