Uchquduq tumani “Aytim” MFY hududidan fuqaro Jalolov Asqarjon Xaydarovichga “savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 600,0 kv.m yer maydoni ajratish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob‘yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi 911-sonli qaroriga asosan, Qizilqum ko‘chasi 12-uy 5-xonadonda yashovchi fuqaro Jalolov Askarjon Xaydarovichning 2021-yil 11-yanvardagi 05G’049-39-son bilan ro‘yxatga olingan murojaatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan
Q A R O R Q I L A M A N:
- Uchquduq tumani “Aytim” MFY hududidan fuqaro Jalolov Asqarjon Xaydarovichga “savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 600,0 kv.m yer maydoni ajratilsin. (Yer maydonlarining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
- Fuqaro Jalolov Askarjon Xaydarovichga quyidagilar tavsiya etilsin:
topotasvir ishlarini bajarish uchun “O‘zGASHKLITI” Navoiy viloyat filialiga buyurtma berish (1:500 miqyosda);
tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari korxonalari tomonidan texnik shartlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari (ART-1, ART-2)ni ishlab chiqilishini ta‘minlashini so‘rash;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqish;
“savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilsin.
- Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu “savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosi tasdiqlangan loyiha asosida qurilishini nazorat qilib borish topshirilsin.
- Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.
S.Xamroyev,
Tuman hokimi
2021-yil 29 –yanvar
23-Q- son Uchquduq tuman