LOTIN-КИРИЛЛ

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xiva shahri 1990 yilda YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nishonlangan. Shahar 2020 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024 yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi.

“Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylashgan.

Oliy martabali mehmonlar tanishuvni "Ota darvoza"dan boshlab, noyob "Ko‘hna ark" majmuasi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, "Toshhovli" majmuasi va boshqa obidalar bilan tanishdi.

Mehmonlar sharafiga o‘zbek xalq qo‘shiqlari yangrab, teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

Shundan so‘ng Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi.

Saroy-bog‘ majmuasi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda xivalik mohir ustalar bilan birga chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etganlar, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar.

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qirg‘izistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

    “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi “FREEZE” xizmatini test rejimida ишга туширди (https://t.me/KATM_kredit_byurosi/213).

     Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli kredit tarixi ma’lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha) byurodan olinishini cheklab (taqiqlab) qo‘yishlari mumkin bo‘ladi va kredit tarixi ularning xabarisiz o‘rganilishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

     Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt https://portal.infokredit.uz/login orqali bepul foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.

Shuningdek, tez tibbiy yordam avtomobillari ham shunday davlat raqam belgilariga ega bo‘ladi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

17 iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

- Yo‘l harakati qoidalariga elektromototsikl, skuter va individual harakatlanish vositalarida harakatlanish tartibini, ularning tushunchalarini hamda ushbu transport vositalari bilan bog‘liq yo‘l belgilari kiritiladi;

- elektromototsikl, moped va skuterlarni boshqarish uchun yosh chegarasini hamda haydovchilik guvohnomasini olish tartibi belgilanadi;

- avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha ulardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amaliy imtihonlar olish tashkil etiladi;

- tez tibbiy yordam avtomobillari hamda elektromototsikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. 

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi. 

Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan 3 ta shtat birligidan iborat shu’ba tashkil etiladi:

- nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
- nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
- VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
- oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko‘rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini muvofiqlashtirish.

     Zarpechak, chirmovuq (Cuscuta L)— chirmovdoshlar (Cuscutaceae)ra mansub tekinxoʻr oʻsimlik turkumi. Moʻʼtadil mintaqalargacha 170 turi uchraydi. Bargsiz va ildizsiz bir yillik oʻt, qatʼiy karantin obʼyekti. Poyasi chirmashib oʻsadi, ipsimon, sershox, tanasi sariq, yashilsargʻish yoki toʻq sariq. Gullari mayda oq yoki och pushti. Mevasi qattiq qobiqli bir qancha urugʻli dumaloq koʻsakcha, urugʻida oʻralgan murtagi bor. Murtakning tuklar bilan qoplangan kalin uchi tuproqqa oʻsadi, ikkinchi uchi urugʻ poʻstidan ajralib xoʻjayin oʻsimlikka chirmashadi va oʻralib, oʻsimlik toʻqimalariga chuqur kirib shirasini soʻradi va quritadi. urugʻi va poyasidan koʻpayadi. Z.ning bir oʻsimligi 10—50 minggacha urugʻ beradi. Z.ning Oʻrta Osiyoda uchraydigan turlari: dala, asosan, beda, kanop, gʻoʻza, sabzavotpoliz va b.ni zararlaydi; beda, asosan, bedani, shuningdek, noʻxat, qashqarbeda va yantoqni zararlaydi; xitoy kanop, jut, gʻoʻza, lavlagi, qovun, beda, qisman kartoshka pomidorni zararlaydi; yevro pa Z. kanop, kartoshka, tamaki, qulmoq, beda, qashqarbeda, siren va b. buta hamda daraxtlarni zararlaydi; Kurash choralari: karantin, tushgan bedapoyaga birinchi oʻrimdan keyin nitrafen yoki DNOK eritmasi, haydalgan bedapoya, uvat, yoʻl yoqalari, ekin ekilmagan yerlarga esa nitrafen eritmasi purkaladi.

Jumaqulov Jasur
Navoiy viloyati uchquduq tumani agronom inspektori 

    Qonunchilik palatasi tomonida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

✅ Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga (ya’ni huquqbuzarga emas) 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi;

✅ Skuter va boshqa individual harakatlanish vositalarini boshqaruvchilar ham velosiped hamda mopedlar haydovchilariga tenglashtirilib, ularni boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima to‘lanadi;

✅ tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi foto va video radarlarda qayd etilgan bo‘lsa, ulardan o‘sha paytda xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.

 

   

      Ma’lumki Navoiy viloyati Respublikamizning nufuzli, sanoati rivojlangan viloyatlardan biridir. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so'ng barcha shahar va tumanlarida yurtboshimiz tashabbusi bilan bosqichma-bosqich keng qamrovli qurilish ishlari olib borilmoqda.

       Navoiy kon-metallurgiya kombinati Yong‘in xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi va quyi tizmlari tomonidan muxofaza qilinayotgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati sanoat maydonlarida ham bir qancha yangi qurilishlar va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

        Jumladan: NKMK  O`ta muhim davlat axamiyatiga  moil  3-sonli Gidrometallurgiya zavodida ham  qurulishlar  davom etmoqda unda  maydalash sexida yangi 7-sonli tigirmon  texnalogiyasi ishga tushirildi bunda 150 ga yaqin muhandis texnik xodimlarning  kechayu kundiz tinmasdan mexnat qilishlari   zavodning hamda yurtimizning  rivojiga katta hissa qushish desak adashmagan bo`lamiz va ularning o`lkan  mehnatlarini inobatga olgan holda ularning har birlariga ko`kirak nishoni va pull mukofatlari bilan taqdirlandi.

                                                                                            ShKB OYoXTTEBo'limi inspektorlari

                                                                                         Husniddin  Yaxyayev va Ismoil Qilichevlar

Ижтимоий тармоқда "Уйимизни олдидаги ахлатларни олишингизни сўраб қоламан уйларимизга умуман ўтириб бўлмаяпти экоалогия жуда ҳам бузилган" Учқудуқ тумани мавзусида танқидий пост эълон қилинган.
Мазкур хабарда эълон қилинган чиқиндихонадаги тўпланиб қолган чиқиндилар тегишлича ташиб кетилди ва атроф тозаланди.

photo 2024 07 16 19 31 47

УЧҚУДУҚ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ.

     Boquvchisi chet elga ishlashga ketgan oilalarga BHM 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

     "Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

      Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2024 yil 1 oktabrdan boshlab Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

a) Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:

— boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam;

— mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam;

— mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma;

b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berishni yoʻlga qoʻyadi.

Belgilanishicha, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda:

— yordam pullari va yoʻllanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar Xorijda ish dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa beriladi;

— yordam pullari va yoʻllanmalarni olish uchun talabgorlar Xorijda ish dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi;

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:

— talabgorlardan elektron murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni ichida ularning nazarda tutilgan talablarga javob berishini qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olmagan holda idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi hamda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan yozma tavsiyanoma oladi;

— nazarda tutilgan talablarga javob beradigan talabgorlarning roʻyxatini shakllantiradi va har oyning 25-sanasigacha jamgʻarmaga taqdim etib boradi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar Gʻaybullayevning сўзларига кўра,  mamlakatda bitta xonadonda to‘rttagacha istiqomat qilayotgan oilalar ham mavjud.

«O‘zbekistonda bitta kadastrga, ya’ni bir xonadonga bitta hisobraqam beriladi. Bugungi kunda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor. Bunday xonadonda istiqomat qiladigan oilalar bir oyda hech qanaqasiga 200 kWh elektr energiyasi ishlata olmaydi, kamida 800 kWh elektr ishlatadi. Biz bu [masala] bo‘yicha ham o‘z takliflarimizni berganmiz, buning ham yechimini topishimiz kerak, hal qilinmasa bo‘lmaydi», — dedi Alvar Gʻaybullayev.

2024 yilning yakuniga qadar elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda

Alvar Gʻaybullayevning сўзларига кўра, bugungi kunda mamlakatda elektromobillar ko‘payishi hisobiga odamlar o‘z elektromobilini quvvatlash uskunalari uchun alohida hisobraqam ochishni so‘ramoqda.

«Chunki fuqarolar yashashi uchun alohida, elektromobili uchun alohida elektr energiyasi ishlatishni xohlayapti. Biz hisob ochishda Toshkent va Samarqand shaharlarida muammoga uchrayapmiz. O‘rnatilgan bitta hisoblagich bir nafar iste’molchida (fider) bitta transformatordan elektr energiyasini oladi. Shunday joylar bo‘layaptiki, ayrimlar elektr energiyasi yo‘qligi uchun ikki, uch tomonlama ulab olmoqda. Lekin uning hisobi bizdan (HETdan) chiqib ketadi. Chunki bitta hisoblagich, bitta transformatordagi ma’lumot yig‘uvchi konsentratorga bog‘langan. Mana shu kabi holatlarning oldini olish uchun tegishli mutasaddilarga barcha takliflarimizni kiritganmiz», — dedi Alvar Gʻaybullayev.

 

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: