LOTIN-КИРИЛЛ

Tabassum insonning qalbiga iliqlik olib kira oladigan yaxshilikning bir turi aslida. Yuzlaridan nur yog‘ilib ko‘zida tabassum arimagan bu insonda chin ma’noda samimiylikni ko‘rganim rost.

Yaxshi so‘z – yaxshilik, birovning diliga ozor bermaslik – yaxshilik, kimningdir koriga faqat moddiy emas, ma’nan yarash ham – yaxshilik, hech nima ta’ma qilmay shunchaki tabassum ham eng katta yaxshilik, aslida. Ayni dam 56 yoshni qarshilagan, oilasi, farzandlari bag‘rida nafaqa gashtini surayotgan qahramonimizning ham yaxshi fazilatlari ko‘p.

Temiryo‘l stansiyasida ish doim qizg‘in kechadi, e’tiborlisi, ish yozning jaziramasida ham, qishning sovuq kunlarida ham birdek bajarilishi shart. Har bir xodim o‘ziga yuklatilgan mas’uliyatni qanday ob-havo sharoitida bo‘lmasin, ado etish lozim. Bu jonkuyar ishchilar orasida Ismoilov Ravshan Toirovichning ham o‘z o‘rni bor.  

Bir  sohada uzoq yillar ishlash uchun katta iroda va sabr kerak insonga. Ravshan akada esa bugun shu matonatni topdim. U kishi qariyb 30 yildan beri Uchquduq temiryo‘l stansiyasida vagon ko‘rikchi va ta’mirlovchisi bo‘lib ishlab kelmoqda, ha aynan bir kasbda. Faoliyati davomida ish tajribasi bilan ko‘pchilikka o‘rnak, jamoatchilik ishlarida esa hamisha faol bo‘lgan bu insonni hamkasblari o‘zgacha hurmat qilishadi.  

Bu o‘tgan 30 yilga yaqin fursatda ish tartibimiz bir xil bo‘lib  lavozim vazifam o‘zgarmagan bo‘lsada korxonada inson manfaatlariga bo‘lgan e’tibor oshgani rost. Texnikalar yaxshilandi, xodimlar uchun har tomonlama qulay ish muhiti yaratildi, bular esa biz kabi xodimlarning ish samaradorligini oshishiga xizmat qilmoqda.

Faoliyatimni boshlagan ilk yillarimda Bo‘riboy To‘laganov, Qurbon Bo‘ronov va To‘lqin Raxmonovlardek ustozlardan soha sirlarini o‘rgangan bo‘lsam, Anvar Shamsiyev va Lazizjon Qayumovlardek shogirdlarim uchun bugun men ham ustoz maqomidaman. O‘g‘lim  Shavkat Toxirov ham shogirdim va kasbimning davomchisi, deydi Ravshan aka.

Ha Ravshan aka o‘g‘li bilan hamkasb. Ota uchun o‘z kasbini davomchisi bilan ishlash qanchalik faxr berishini Ravshan akaning o‘g‘lim ham men bilan ishlaydi bir smenadamiz degandagi nigohlaridagi uchqundan payqash qiyin emas.

Har sohada bo‘lgani kabi bizning kasbimizning ham o‘ziga yarasha mashaqqatli tomonlari bor. Ishimni yaxshi ko‘rganim uchun ham qiyinchiliklarga ham chidayman. Bir kunda 150-200 tagacha vagonni tekshirib ko‘rikdan o‘tkazgan vafqtlarimiz bo‘lgan, lekin tegishli vazifalarni yakuniga yetkazib vagonlar manziliga yetgach, hamma charchoqlar unutiladi. Shu kasbim orqasidan hurmat topdim, ustozlarimdan minnatdorman. O‘zim ham shogirdlar tayyorlayapman. Ishimizni sifatli qilib bajarsak, ishlab chiqarish jarayoniga hissamiz qo‘shilsa - shu mening baxtim. Ishim orqasidan oilam farovon, farzandlar o‘stiryapmiz, to‘ylar qildik, deydi Ravshan Ismoilov  

Kamtarin, mehnatkash xodim bilan suhbatlasharkanmiz, kasbiga mehr qo‘yish, o‘z ishini mas’uliyat va zavq bilan bajarish ham bir saodat ekanligiga yana bir karra amin bo‘ldik.  

Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotning gultoji.  Ayollar borki hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshon. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Chunki, ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Bugun tumanning aksari aholisini ish bilan band etgan Shimoliy kon boshqarmasi tasaruffidagi korxonalarda ham ayollar erkaklar bilan bir safda turib mehnat qilmoqdalar.

Ulardan biri  asli buxorolik bo‘lgan Ma’rifat opa Djamilova. Opa bilan suhbatlashish asnosida xonalariga kirarkanman temiryo‘l stansiyasining o‘ziga xos shovqini, tinimsiz bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar, xonanani bezab turgan yam-yashil gullar menda o‘zgacha iliq tiaassurot uyg‘otdi.

-Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda tashkil etiladigan ishimizda mas’uliyat katta deydi, - Ma’rifat opa. -Uzun temir yo‘llar orqali tinimsiz harakatlanadigan poyezdlarni qabul qilib olib, ularda yuklangan mahsulotlar turiga qarab korxonalarga yo‘naltirib chiqish o‘ta sinchkovlik va hushyorlikni talab qiladi.

Ma’rifat Djamilova 2001 yilda Uchquduq temiryo‘l stansiyasida  post navbatchisi bo‘lib ish boshlagan. Bir vaqtlar nozik hilqat egalari bo‘lmish ayollarga xos  soha to‘quvchilik bilan shug‘ullangan. Har bir yaratgan yangi mahsulotidan zavqlangan. Kun kelib temiryo‘l sohasida ishlashni umrini shu sohaga bag‘ishlashni hayoliga ham keltirmaganligini ta’kidlaydi.

Ha, bugun temiryo‘l sohasida faoliyat boshlaganiga 23 yil bo‘lgan Ma’rifat opaning turmush o‘rtog‘i Shuhrat Tohirov ham kombinat tizimida ishlaydi. Shundan-mi, ayolining kasbiga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib, temiryo‘l sohasida texnikumda ta’lim olishga imkoniyat yaratib berdi. Albatta, buning ortidan unga bildirilgan ishonch va oilaning qo‘llab quvvatlashi qanot bo‘ldi.

III - darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak-nishoni sohibasi Ma’rifat Umarovna har tongda korxonaga tashrif buyurarkan xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘lishiga ishonadi. Chunki o‘zi kabi kasbini sevadigan ayol uchun ozgina e’tibor ham tog‘larcha quvonch ulashishga qodir.

Ona Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, qo‘shayotgan barcha mehnatkash insonlar bugun - e’zozda. Ularni qadrlab, mazmunli suhbatlaridan bahramand bo‘lish yoshlar uchun sharaf, aslida!.

Buxorolik Islom aka Aslonov umrining 30 bahorini temiryo‘l sohasi rivojiga bag‘ishlagan inson. Dastlab, temiryo‘l stansiyasida yo‘l ustasi  sifatida ish faoliyatini boshlagan bo‘lsa, keyinchalik stansiya boshlig‘i, foydalanish xizmati boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda ham mehnat qildi.

 – Faoliyatim davomida ish tanlamadim, erta yoki kech demadim, menga yuklatilgan vazifani o‘z vaqtida bajarishga harakat qildim. Bu ishimni yaxshi ko‘rganimdan, qiziqqanimdan. Bizning ishda e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi. Qo‘l uchida qilingan har bir ish baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Butun ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolishi mumkin, chunki asosiy xomashyo yetkazib berish bizning zimmamizda. Shu boisdan ishimiz kasbga mehrni talab etsa kerak. Bunga o‘zim qattiq amal qilib, yosh hamkasblar va shogirdlarimga ham zarur bo‘lganda tushuntirishdan erinmaganman, - deydi Islom Usmonovich.

Samarqandda temiryo‘l stansiyasi yo‘nalishida texnikumda tahsil olgan Islom aka, Po‘lat Minaydarov va Umar Axadovlardan sohaning sir asrorlarini mukammal o‘rganganini ta’kidlaydi. “Bergan bilim va ko‘nikmalari uchun ulardan butun umr minnatdorman! Yaxshiliklari javobi esa shogirdlarimga ham yaxshi ustoz bo‘lishga intilishimdir”, deydi qahramonimiz.

Darhaqiqat, shogirdlar erishgan har yutuqda ustozning haqqi bo‘ladi. Shavkat Omonturdiyev va Kamoliddin Xoliqulovlar kabi shogirdlari bugun mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritmoqda. Ular erishgan natijadan quvongan Islom Aslonov,  ular haqida bildirilgan iliq fikrlar u uchun ham aytilgandek, ko‘nglini tog‘dek yuksaltiradi.

Daugiztau va Amantaydan qazib olingan ma’danlar hamda korxonaning xo‘jalik mollarini  o‘z vaqtida manziliga beshikast yetkazish bilan ishlab chiqarish zanjiri davom ettiriladi.

 Korxonadagi uzoq va samarali mehnati kombinat tomonidan bir necha bor e’tirof etilgan Islom Usmonovich “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonining 2 va 3 darajalari bilan taqdirlangan.

20 dan ortiq xodim faoliyat olib boradigan stansiyada talabchan rahbar bo‘lgan Islom  Aslonov oilada mehribon ota. 4 nafar farzandni ayoli  Gulnoza To‘xtamishova bilan tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Inson shaxsini shakllantirish avvalo oiladan boshlanadi, deganlari ayni haqiqat!. Oila muhiti sababmi qizi Yulduz ota kasbini tanlagan. U temiryo‘l stansiyasida yuk  qabul qiluvchi va topshiruvchi vazifasida ishlab kelmoqda. Otasi bilan bir sohada faoliyat olib borishini o‘zi uchun yuksak sharaf, deb biladi.  

Faoliyat olib boradigan korxonasida mehnati singan har bir inson albatta qadr topishga hurmatga munosib sanaladi.

Joriy oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul qilish ikki bosqichda – “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilmoqda.

— Abituriyentlar my.uzbmb.uz portali orqali10 avgustga qadar(shu kuni ham) oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

— Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashi lozim.

— Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi asosida toʻplagan bali boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

— Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib boʻyicha toʻlov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Yaʼni, abituriyentning bali avval davlat granti boʻyicha koʻrib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, toʻlov-kontrakt boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

— Agar abituriyent “Taʼlim yoʻnalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi asosida toʻplagan bali boʻyicha davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud boʻlsa, unga rozi yoki yoʻqligi hamda taʼlim shakllarini tanlashi lozim. Bunda kamida 1 ta taʼlim yoʻnalishini tanlash majburiy, qolgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir. Shu oʻrinda 10 avgustga qadar abituriyentlar my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinetlarida kiritgan tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ham ega.

Talabalarning sifatli taʼlim olishlari uchun muhim omillardan biri ularni turar joy bilan taʼminlash masalasidir. 2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha kurs talabalari yotoqxonalarga onlayn ariza yuborish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara toʻlovining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart. Bunda talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlanadi.

Soʻnggi yillarda respublikada yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Hozirda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 127 ming 792 oʻrinni tashkil etmoqda. 2024 yil davomida talabalar turar joylarini qurish hisobiga 27 mingta oʻrin yaratish topshirigʻi berilgan. Ayni paytda 34 ming 320 oʻrinli 67 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Davlat dasturida belgilangan talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshiriladi.

    Millatning jon tomiri, sen Vatanga timsolsan.
     Yurtning o‘chmas chirog‘i, Momo havo ayolsan.

      Shoir haq. Xotin-qizlarimiz kelajagimiz yaratuvchilari. U muqaddas zot. U ona! Ha, dunyo yaralibdiki, hanuzgacha biror zot ayolga, onaga to‘liq ta’rif berolmagan. Biz bu zotni quyoshga oyga mengzaymiz. Lekin ming afsuski, shunday gulgun zamonda  ona degan  go‘zal nomga, e’zozga nomunosib xotin-qizlar ham oramizda borligi achinarlidir.

       Bugun sudning qora kursisida o‘tirgan inson ham ayol zotidandir. Nigina asli nurotalik bo‘lgan bu ayol ayni vaqtda 50 yoshda. Qaytanga hammaga aql beradigan yoshda sudning qora kursisida boshini egib o‘tirgan bo‘lsaya?!

       Tag‘in boz ustiga oliy ma’lumotli ham yana nufuzli tashkilotlarning birida rahbar o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Ikki nafar farzandning onasi bo‘lgan Niginaxon Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida istiqomat qiladi.

      Nigina oson yo‘llar bilan umumiy manfaatdor bo‘lish maqsadida faol harakat qilib, o‘zini Nurota tumanida joylashgan Navoiy kon metallurgiya kombinati AJ ga qarashli gidrometallurgiya zavodi mansabdor shaxslari bilan tanishligi, ular bilan munosabatlari yaxshi ekanligi pora tariqasida pul bermasa ishga joylashish imkoni yo‘qligiga S.Axmedovni ishontirgan. Mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida uni aldab, 33 mln. so‘m pul so‘raydi.

-Agarda sen ana shu mablag‘ni keltirib bersang shu zavodga haydovchi bo‘lib ishga kirasan – deydi Niginaxon. Lekin “Ko‘za kunda emas – kunida sinadi”, deganlariday uning bu firibiga tegishli tashkilot mas’ullari chek qo‘ydi.

   “Kelishilgan” poraning 20 mln. so‘mini sanab olayotgan Nigina qo‘qqisdan chiqib kelgan notanish kishilardan cho‘chib ketdi. U shu onda ayollik sha’niga dog‘ tushirganini anglagan bo‘lsa ajab emas.

      Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi “Abay” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor ochiq sud majlisida sudlanuvchi Niginaning yuqoridagi jinoiy ishini ko‘rib chiqdi va unga nisbatan tegishli jazo tayinladi.

     Maqola avvalida aytganimizdek, ayol ta’rifi yo‘q hilqat, lekin Niginaga o‘xshagan ayollarga  qanday ta’rif berish mumkin?! U o‘z qilmishi bilan nafratga loyiqdir, deya olamiz xolos.

Sh.N.Barnoxo‘jayev,

Uchquduq tuman prokuraturasi tergovchisi.

 

Hayotda har kim o‘z mehnati, intilishi va salohiyati bilan kelajakni yaratadi. "Harakatda barakat", degan hikmatning ma’nosi ham shunda! Faqat ana shu harakatgina ezgulik, qonuniylik va xayrli maqsadni o‘zida mujassam etmog‘i darkor. Taassufki, ayrimlar farovonlikni, to‘kin hayotni halol mehnat va harakatdan izlamas ekan. Qing‘ir yo‘llarga qadam tashlab, maqsadiga qonunga xilof ravishda bo‘lsa-da, yetmoqqa uringanlar pushaymonlikdan o‘zga narsaga erishmaydi.

Ha, hech banda “nafs”, degan baloning nag‘masiga uchmasin ekan. Bir bor uning so‘ziga kirdimi nag‘masiga o‘ynamay iloji yo‘q. Nafsi izmidan borgan ya’ni uch farzandning onasi aytish joiz bo‘lsa egnidagi oq xalatga dog‘ tushirgan Manzura Halimova (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) ning bugun yuzi shuvut. Sudning “qora kursisi”da o‘tirar ekan: “Nega ham shu ishni qildim?”, deya nadomat chekayotgan bo‘lsa ajab emas?!. Afsuski, bundan hech bir naf yo‘q. Sababi, u jinoyat ustida qo‘lga tushdi. Jinoyatga esa albatta jazo muqarrar.

Joriy yilning 10 iyulida jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining sayyor sud majlisi Uchquduq tuman “Yo‘lchilar” MFY binosida bo‘lib, tegishli mas’ullar ishtirokida sudlanuvchi Manzura Halimovaning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi. U Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mast xolatda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punkti (hushyorxona) da katta hamshira lavozimida ishlagan. U o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qiladi.

G.To‘xtayevaning turmush o‘rtog‘i ya’ni Manzura Halimovaning hamkasbi Jalil Saidov va Uchquduq tuman “Qo‘riqlash” bo‘limi nazoratchisi Mansur Majitovlarga nisbatan Uchquduq tuman IIB tergov guruhi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv materialini tuman IIB tergovchilari orqali ijobiy hal qilib berishi mumkinligiga G.To‘xtayevani ishontiradi.

  “Mo‘may daromad”ni firibgarlik yo‘li bilan 200 AQSH dollari va 6 mln.  so‘mni qurtday sanab olayotganda “oq xalat sohibasi”ni tegishli tashkilot xodimlari jinoyat ustida ushladi.

Darvoqe ota-bobolarimiz: “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir!” yoki “Mening nafsim balodur, yonar o‘tga soladur”,  deb bejizga aytishmaganda. Sudlanuvchi M.Halimova sodir etgan jinoyatiga yarasha qonun asosida jazoga tortildi.

Ha, “oq xalat” sohibi bo‘lish naqadar baxt!. Chunki, bu soha vakillari egnidagi oq xalatdan oqlik olib bemorlarga ulashadi. Ularning qalbi ham, qilayotgan har bir ishi ham oqlikdan iborat bo‘lishi kerak.

 

  Kombinat taraqqiyotida temir yo‘l transporti muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda bu soha ulkan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi va zamonaviy tarmoqqa aylandi.

Bugungi kunda kombinat tasarrufida aynan shu sohaga ixtisoslashgan  1 ta boshqarma va  3 ta temir yo‘l syexi mavjud bo‘lib, 450 km uzunlikdagi temir yo‘l, 56 dona teplovoz, 878 dona yuk tashish va 17 dona yo‘lovchi tashish vagonlari orqali xizmat ko‘rsatmoqda. Yangi temir yo‘llar barpo etilishi, transport parki yangilanishi hisobiga soha quvvati borgan sari kengayib borayapti.

Shimoliy kon boshqarmasi temir yo‘l syexi ana shunday ilg‘or bo‘linmalardan biri hisoblanadi. Ayni paytda po‘lat izlar orqali “Sharqiy” va “Daugiztau ” konlaridan qazib olingan ma’danlarni 3-gidrometallurgiya zavodiga yetkazib berilmoqda. Hozirgi vaqtda syex balansida bo‘lgan 110,68 km  uzunlikdagi temir yo‘l, 12 dona teplovoz, 312 dona dumpkar va boshqa turdagi yuk vagonlari orqali shu yilning o‘tgan yarim yilligida 4,8 mln tonnadan ziyod ma’dan tashilib, reja 106,1 foizga uddalandi.

- Kombinat rahbariyatining sohaga bo‘lgan e’tibori tufayli transport parkimiz yangilanmoqda. Yaqinda syeximizga texnik qayta jihozlash loyihasi doirasida 30 dona yangi dumpkar vagoni sotib olindi. Buning natijasida  yuk tashish ko‘lami yanada kengaytirilib, rejani ortig‘i bilan bajarishga erishilmoqda, - deydi syex boshlig‘i Nazir Mirzaqobilov. – Xalqimizda: “Izlagan imkon topar”, degan naql bor. Biz, bu naqlga amal qilib, o‘zimiz uchun yangi imkoniyatlar izlab topish yo‘lida harakat qilayapmiz. Lokomotiv depoda teplovozlarga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash ishlari yo‘lga qo‘yilgani ana shunday sa’y-harakatlar natijasidir. Bu, sezilarli miqdorda mablag‘larni iqtisod qilish imkonini yaratdi. Chunki, yaqin vaqtlarga qadar bu ishlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli Tinchlik va Buxoro lokomotiv depolarida shartnoma asosida amalga oshirib kelinayotgan edi.

Laylo KARIMOVA, jurnalist.

 

 

     Mubolag‘asiz, maydalash sexini 3-sonli gidrometallurgiya zavodining yuragi”, deb atash mumkin. Bu yerda har biri kichik uyning o‘lchamiga teng bo‘lgan o‘n ikkita ulkan baraban tegirmoni yordamida yirik ma’danlar maydalanib, mayda qumga aylantiriladi.

      Aynan shu sexda ma’danlarni qayta ishlash orqali davlat rejasiga poydevor qo‘yiladi. Shuning uchun ham maydalash sexi zavodning asosiy binosi deyiladi-da. Bunday mas’uliyatli nom nafaqat texnologik uskunalar va ishlab chiqarish hajmining ko‘pligi, balki keyingi jarayonlar uchun ish ritmining o‘rnatilganligi bilan bog‘liq. Flotatsiya va biologik oksidlanishning hajmi va sifati shuningdek, sorbsiyalash jarayonlari maydalangan ma’danning miqdori va sifatiga bog‘liqdir.

       1995 yilda zavod foydalanishga topshirilganda, maydalash sexi 3 ta tegirmon bloklaridan iborat edi. 2004-2005 yillarda to‘rtinchi tegirmon blokining tegirmonlari o‘rnatilib, foydalanishga berildi. Bu esa unumdorlikni 2003 yildagiga nisbatan 38,2 foizga oshirish imkonini berdi. 2008-2009 yillarda 5 va 6-tegirmon bloklari ishga tushirilishi natijasida unumdorlik 28 foizga ortdi.

        2008 yilning ikkinchi yarmidan 2009 yil boshiga qadar zavod texnologiyasini sulfidli ma’danlarni qayta ishlashga o‘tkazish bo‘yicha faol ishlar olib borildi. Maydalash ikkinchi bosqichida “2KSP-24M” tasniflagichlari “CONTICLASS SYSTEM” kompaniyasining va Navoiy mashinasozlik zavodining avtomatlashtirilgan gidrosiklonlariga almashtirildi. Ikkinchi bosqichda “8Gr-8T” nasoslari WARMAN, “10Gr-8L” rusumli samaraliroq nasoslar qo‘yildi.

      Maydalash sexi jamoasi yangi usul va texnologiyalarni joriy etish orqali dastgohning mahsuldorligini oshirish ustida doimiy ishlamoqda. Bular qatoriga “Kokpatas” liniyasi bo‘ylab maydalashning  birinchi bosqichi tegirmonida kattalashtirilgan bo‘shliqli panjara o‘rnatilishi, ma’danni qayta ishlash hajmini oshirish, sikllararo flotatsiya uchun gidrosiklonlar sxemasini joriy etishdir. Bu kabi amalga oshirilgan ishlar ma’danni maydalash sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon berdi.

       Har yili zavod ishonchli ravishda oldinga qadam tashlab, tog‘ massasini qayta ishlash hajmini oshirmoqda.

        Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 2024 yilga mo‘ljallangan Investisiya dasturi doirasida «Kokpatas va Daugiztau oltin konlarida ma’dan qazib olish uchinchi  navbati” Investision loyihasi umumiy qiymati 281 million AQSH dollari miqdoridagi  loyiha amalga oshirilmoqda.

      Jumladan, 3-gidrometallurgiya zavodiga yiliga  bir million tonna oltin tarkibli ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega yangi tegirmon bloki shulardan biridir. 7-sonli tegirmon blokining ishga tushirilishi, zavodda sutkasiga 3000 tonna qo‘shimcha ma’danlarini qayta ishlashga imkon beradi. Buning natijasida dastlabki ma’danlarni qayta ishlash qo‘shimcha yillik xajmi oshishi  va bu o‘z navbatida tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmini 12 % ortishini ta’minlaydi.

       Yaqinda yangi tegirmon bloki ishga tushirilib, zavoddagi tegirmon bloklari soni 7 taga yetkazildi. Kelajakda flotatsiya, biooksidlash, filtrlash, quritish va kuydirish syexlarini kengaytirish ham ko‘zda tutilgan. Bu kabi amaliy sa’y-harakatlar ishlab chiqarish sur’atini oshirishga xizmat qiladi, albatta. 

        E’tiborlisi, yil yakuniga qadar sakkizinchi “MSHS” sharli tegirmon o‘rnatilishi evaziga yillik ma’danni qayta ishlash hajmi 10 million tonnaga  yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning hisobiga qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

        Ta’kidlash joizki, mazkur tegirmon bloklari uchun zarur asbob-uskuna va ehtiyot qismlar mahalliylashtirilib, kombinatning Navoiy mashinasozlik zavodi hamda Shimoliy kon boshqarmasi bo‘linmalarida tayyorlandi. Qurilish ishlari Zarafshon qurilish boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi.

     Siz nima, deysiz?!

       Assalomu alaykum, hurmatli o‘qirmanlar. Mana shu o‘g‘lim qo‘lida ushlab turgan matoh Yaponchada "Suito" deyiladi.  Bizni qishloqda "Termos" deyilar edi. Tushunganingizdek issiqni issiq, sovuqni sovuq ushlab turadigan matoh. Keling, bugun mana shu maqola tugaguncha shu matohni- "Issiq-sovuq" deb atab turaylik

     Xullas , ana shu "Issiq-sovuq" Yaponiyadagi bolalarga bog‘chadaligadayoq majburiy qilib qo‘yiladi. Har bitta bolada shu matoh bo‘lishi shart. Oddiy ko‘chaga o‘ynagani chiqsa ham hamma yapon bolasini qo‘lida bor.

     Ertalab uydan chiqayotganda to‘ldirib berib yuborasiz, tugab qolsa, bog‘cha opalari qaytadan to‘ldirib qo‘yishadi. Natijada, bola kun bo‘yi juda ko‘p suv ichadi. Bu matohni ko‘tarib yurish odati, yaponlarda bog‘cha, maktab, universitet hattoki ishlaydigan kap-katta odamlarda ham shakllangan.

     Bog‘chadan, maktabdan o‘rganib katta bo‘lgan yapon ishxonasida ham o‘sha matohni ko‘tarib yuradigan, ko‘p-ko‘p suv ichadigan bo‘ladi. Xullas, oddiy suv ichish odati Yaponiyaning har bitta burchagida sezilib turadi. Xohlagan yemakxonaga kirmang, birinchi bo‘lib muz solingan suv olib keladi. Dasturxon tuzatishda ham kola, fanta, soklar emas, suvga urg‘u beriladi.

Bu odatni bizda ham shakllantirish kerakmi deymanda. Bizda oddiy suv ichish uncha yaxshi shakllanmagan. Xohlagan birorta bolachaga nima olib beray desangiz, "Kola , "Sok", "Kompot" deydi. Yaponni bolasi "Suv" deydi.

    Ba’zida chanqab ketib, nimadir olay desam, o‘g‘lim: "Suv oling" deydi. "Sen Yaponiyada tug‘ilgandirsan, men O‘zbekistonda tug‘ilganman" degim keladi. Pul sarflagandan keyin, qandaydir suv olgim kelmaydi, borku. Albatta, nimadir zararli ichimlik olishim shart. Siz ham oshxonaga kirganizda, nima ichimlik buyurtma qilishingizni bir eslab ko‘ringda.

    Xulosai kalom, suv ichish kerakligini men aytmasam ham, hamma biladi. Ammo, madaniyat sifatida shakllanishi uchun bolalikdan, bog‘chalarimizdan boshlash keragov. Balkim, shunda yaponlardek uzoqroq yashab, qand kasalligi, semizlik, yurak kasalliklari kabi ko‘p kasalliklar kamayarmidi...

Maqolani o‘qishingiz bilanoq, bolangizni sumkasiga "Issiq-sovuq" idishidan solib qo‘ying.

Bahodir ISKANDAROV

    Shimoliy kon boshqarmasi 1-sonli avtokorxona yoshlarining bilim salohiyati va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.  

700 ga yaqin xodim faoliyat olib borayotgan korxonada 30 iyul -“Xalqlar do‘stligi” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan  “Zakovat” intellektual o‘yinida 10 ga yaqin millat vakillaridan tarkib topgan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Bilimdonlar asosan qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berishdi.

O‘yin qoidalariga ko‘ra, birinchi turda barcha jamoalar ishtirok etdi. Jamoalar ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi. Intellektual o‘yinni ochiq va shaffof o‘tkazish, jamoalarni kuzatib turish maqsadida, betaraf nazoratchilar tanlab olindi.

Murosasiz kechgan final bahsida zukko va bilimdon jamoalar orasidan  “Muhandis texnik” jamoasi o‘z donoligi va topqirligi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa “Zulfiyaxonim izdoshlari” va “Ta’mirlash ustaxonasi” jamoalari keyingi o‘rinlarni band etdi.

Gʻolib jamoalarga 1-sonli kasaba uyushma qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Husniddin BO‘RIYeV,

SHKB 1-sonli avtokorxona yoshlar yetakchisi.

 

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: