Bugun Uchquduq tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, kun tartibida ko‘rilgan masalalarga aloqador bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, korxona-tashkilot mutasaddilari hamda huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov boshqarib bordi.
Majlisda deputatlar Uchquduq tumani sektor rahbarlarining 2024 yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisoboti, hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan hisobot davrida amalga oshirgan ishlar hamda majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, 2025 yilda Uchquduq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Mazkur kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.Yelmuratov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov, tuman DSI boshlig‘i o‘rinbosari, 4-sektor rahbari o‘rinbosari E.Murodullayev shuningdek, majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i Z. Eshonqulovlarning hisoboti eshitildi.
Bundan tashqari, aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan sektorlar va tuman tashkilotlari tomonidan olib borilayayotgan ishlar hamda hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini o‘rganish xususidagi masalalar yuzasidan Prezidentning Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi mudiri B. Axmedov axborot taqdim etdi.
Uchquduq tumanida “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parki”ni tashkil qilish uchun yer maydonini tanlash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Baxronovning axborot tinglandi.
Sessiya kun tartibida muhokama qilingan muhim masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ijroga qaratildi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.