Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi kun tartibida 2025 yilda Uchquduq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi masala muhokamalar maydonida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmonini Uchquduq tumanida ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yuqori va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish, iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga doir ko‘plab chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Jumladan, Uchquduq tumanini 2025 yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur)ning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin.
a) tumandagi mahallalar qiyofasini o‘zgartirish, obodonlashtirish va
ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, zamonaviy uy-joylar qurish;
b) xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tuman markazi hududini kengaytirish bo‘yicha imkoniyatlardan samarali foydalanish, istirohat bog‘larida ko‘ngilochar maskanlarni (ob’yekt) tashkil etish orqali aholini xordiq chiqarishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish;
v) Qishloq xo‘jaligi sohasini ayniqsa, tumanning drayveri hisoblangan chorvachilik yo‘nalishini yanada rivojlantirish orqali chorva bosh sonini ko‘paytirish;
g) sanoatda qurilish materiallari sohasidagi korxonalar quvvatini oshirish, sanoat loyihalarini samarali joylashtirish, kichik sanoat zona imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish.
Uchquduq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – sanoatni rivojlantirish, xizmatlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi bandligini va daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish kichik dasturlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan;
Uchquduq tuman hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qurilishni rivojlantirish hamda yashil tamoyil va yondashuvlarni joriy etish kichik dasturlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan;
Uchquduq tuman hokimning o‘rinbosari — tuman Investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i – hududiy eksport va investisiyalar hajmini oshirish kichik dasturini sifatli amalga oshirish yuzasidan;
Uchquduq tuman hokimning hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i – qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kichik dasturini sifatli amalga oshirish yuzasidan;
Uchquduq tuman hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda hokimning o‘rinbosari — Oila va xotin - qizlar boshqarmasi boshlig‘i – ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturini sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yukalatilgan.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari, sektor rahbarlari Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini doimiy nazoratga olish hamda har chorakda Dastur ijrosi bo‘yicha sessiya yig‘ilishlarida mas’ullar hisoboti eshitish yo‘lga qo‘yiladi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.