LOTIN-КИРИЛЛ

Savol bering, javob beramiz

   Savol; Men ariza bilan mas’ul idoraga murojaat qildim. Murojaatimga hali hamon javob bo‘lmayapti. Bunday vaziyatda vakolatli organ xodimlariga javobgarlik belgilanganmi?
   Javob; O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215(5)-moddasiga muvofiq, quyidagi huquqbuzarlikni sodir etganlikda BHMning uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi:
- davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda;
- davlat xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda;
- arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig‘ini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzishda.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa,
- mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

     Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Murojaatchi esa bu haqida xabar qilinishi lozim.

Uchquduq tuman adliya bo‘limi

O'qilgan: 98 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: