Savol; Qo‘shnim uy hayvonlariga juda qiziqadi shu sababli uyida it va mushuklari juda ko‘p, ko‘p qavatli uylarda o‘zi it va mushuk boqish mumkinmi?
Javob; Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyuldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalarining 9-bandiga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning alohida kvartirasida qo‘shnilarning va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining roziligi bilan bittadan ortiq bo‘lmagan itni va bitta mushukni saqlashga ruxsat beriladi.
Alohida uyda itlarni saqlashga faqat bog‘langan holda, erkin sayr qildirishda - atrofi o‘ralgan hududda ajratilgan holda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek itlar ochiq joylarda sayr qildirilganda va turar joy binolarida itlarning egalari tinchlik saqlanishini ta’minlashlari — ertalab soat 8.00 gacha va kechqurun 22.00 dan keyin itlarning shovqin solishining oldini olishlari kerak.
Uchquduq tuman adliya bo‘limi