Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeks 138-moddasiga binoan, quyidagi harakatlarni bajarganlik uchun javobgarlik belgilangan:
— piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik;
— yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtish;
— piyodalar yoʻlning qatnov qismida telefondan foydalanishi;
— kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilish;
— audiomateriallarni eshitish;
— eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish;
— moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmaslik,
—ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmaslik.
Shuningdek, haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish —bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.