“Altintau” OFY Qulquduq ovuliga Uchquduq tuman hokimining ilk tashrifi hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlari bilan tanishuvdan boshlandi.
Uchquduq tuman hokimi U.F.Yelmuratov, oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi, respublika ishchi guruhi a’zosi N.Asqarov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Axmedov ovuldagi 1-sonli maktab, QVP, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Ijtimoiy soha ob’yektlarida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni ko‘zdan kechirdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda oshxona, sport zal, dam olish xonalarining holatini ko‘zdan kechirdi. Qishloq vrachlik punktida dori-darmonlarning saqlanish xolati, tibbiy jihozlr bilan ta’minlanish darajasi hamda kunduzgi stasionarda aholining yotib davolanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI