LOTIN-КИРИЛЛ

Oʻqituvchi oʻquvchining telefonini dars payti olib qoʻyishi mumkinmi?

 

Qizim dars paytida telefondan foydalangan ekan. Oʻqituvchisi telefonini olib qoʻyibdi. Oʻqituvchini qilgan ishi toʻgʻrimi?

Qonunchilikka asosan, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini oʻchirib qoʻyishi hamda sumkasiga solib qoʻyishi shart.

Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:

- telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;

-telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

telefoni yordamida:

- atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;

- taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;

oʻquv mashgʻulotlari vaqtida:

-telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;

-telefonni stol ustiga qoʻyish;

-musiqa tinglash;

-surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvir koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

-suratga olish va video tasvirga tushirish;

-telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilarga mashgʻulotlar va tadbirlar oraligʻida faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Ushbu talablar buzilgan taqdirda taʼlim muassasasining har qanday pedagog xodimi taʼlim oluvchidan telefonni olib qoʻyish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga taʼlim muassasasining direktoriga yoki direktor oʻrinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

O'qilgan: 196 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: