Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Tumanimizda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan sayyor qabullar ham xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, bugun Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratovning “Nuroniylar maskani”da tuman aholisi bilan o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabuli ham fuqarolar uchun manfaatli bo‘ldi.
Qabulda fuqarolarning kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid muammoli masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarining ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.
Aholi bandligini ta’minlash va kommunal sohada qilingan murojaatlar tuman rahbari, korxona-tashkilot mutasaddilari hamda sektor rahbarlari tomonidan doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.