O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman markazidagi Kelajak yoshlar markazi binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari U.F.Yelmuratov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Ortiqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Radjapov, tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Usmonov, mahalla faollari, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida "Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Uchquduq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, seminar davomida quyosh panellaridan foydalanish afzalliklari, moliyaviy ustun tomonlari bu mahsulotlarning qulayliklari, narx-navosi, kafolatli xizmati haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.
Sohaga doir ko‘rgazmali vositalar qo‘yilib, asbob-uskuna va jihozlarning ekspluatatsiyasi, ishlash prinsiplari mutasaddilar tomonidan batafsil tushuntirildi. Seminar ishida so‘zga chiqqan tadbirkor Qodirjon Qurbonov bugungi kunda o‘z uyiga o‘rnatgan quyosh paneli orqasidan daromad ko‘rilayotganligi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra “Uchquduq GOLD 888” MCHJ nomidan 20 kvt li tarmoqqa ulangan quyosh panelini va 10 kvt gibrid quyosh paneli hisobiga chiqadigan energiyani aholiga sotish orqali oyiga 15 mln. so‘mdan 20 mln. so‘mgacha sof daromad topayotganligi bundan tashqari, qishloq hududida ham 7 kvt. li quyosh panelidan iste’moldan ortganini sotish hisobiga 400 ming so‘mgacha sof foyda ko‘rayotganligi aytib o‘tdi. Tadbirkor tomonidan quyosh panelini o‘rnatish olib kelish xarajatlari va panellarning arzon va sifatli turlari haqida ham seminar ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berdi.
"Elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish" mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-seminar mashg‘uloti har tomonlama foydali bo‘ldi, deyish mumkin.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.