O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tashabbusi bilan 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan edi.
Uchquduq tumanidan tanlovda g‘olib bo‘lgan 2 ta loyiha doirasida bugun sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.
“Yo‘lchilar” OFY da Workaut va stritbol maydonchasi, “Iftixor” MFY da universal sport maydonchalarining ochilishida ishtirok etgan Uchquduq tuman hokimi U.F.Yelmuratov, yoshlarining sport bilan shug‘ullanishlari barcha shart-sharoitlar yaratilgan ushbu sport maydonchasi bilan mahalla va ovul yoshlarini qutladi.
Bu yerda istiqomat qilayotgan har bir yosh o‘qish va izlanishdan ortgan vaqtini sport bilan shug‘ullanishga sarflashi o‘zlari uchun koni-foyda ekanligini ta’kidlagan tuman rahbari eng ulug‘ va eng aziz bayram muborak istiqlol ayyomiga juda katta tuhfa bo‘lganligi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida Workaut va stritbol maydonchasini qurish uchun 172 mln so‘m, universal sport maydonchasini qurish uchun 361 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI