Uchquduq tumanida aholini arzon va qulay turar joy bilan ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli uylar qurilishi davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan tuman hokimi U.Yelmuratov 2024 yil yakuniga qadar “Abay” MFY va Yo‘lchilar OFY lar hududida qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan 6 ta ko‘p qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi.
Bugungi kunda ushbu uylardan 2 tasiga aholi ko‘chib kirgan bo‘lsa yana 4 tasida qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, “OPEN-QURILISH”, “Javohir tarqqiyoti”, “Aygerim Almagul” XK, “Uchquduq ulgurji Savdo”, “Grand sharqona” XK lari tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda 375 xonadon mavjud. Ular tomonidan 70-85% qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan bo‘lib joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi ma’lum qilindi.
Tuman hokimi U.Yelmuratov qurilish tashkilotlari rahbarlariga qurilish ishlarini yil yakuniga qadar tugallash vazifasini qo‘ydi. Shuningek, isitish tizimi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr energiya bilan mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI