Uchquduq tuman hokimi U.F.Yelmuratov, tuman IIB boshlig‘i A.Radjapov va qator mas’ullar Kokpatas ovulida bo‘lib, hududning ijtimoiy soha obektlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida ovul aholisi bilan, yaqindan muloqot qilib aholining bugungi kundagi kayfiyati bilan qiziqdi. Ular tomonidan bildirilgan fikr mulohazalarni tingladi.
Jumladan, Kokpatas MFY nuroniysi Fayzullo Sultonov uzoq yillar “Kokpatas” DGQE da ishlagani hozirda nafaqada bo‘lib, davolanish uchun uzoq hududdagi sanatoriylarga borishga sog‘ligi to‘g‘ri kelmasligini aytib, “Konchi” sanatoriy – profilaktoriysiga yo‘llanma olishda amaliy ko‘mak so‘radi. Shuningdek, ovulning yana bir oqsoqoli Jalg‘asbay Batreshov qo‘rg‘ondan o‘tuvchi avtomobil yo‘lini tartibga solishni, yo‘l belgilari qo‘yish taklifini bildirdi.
Aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Tuman hokimning hududlarga tashrifi davom etadi.
Uchquduq tuman hokimligi axborot xizmati