Virus dastlab hayvonlardan odamlarga uzatilgan, ammo endi u odamdan odamga bevosita teriga teginish orqali, masalan, jinsiy aloqa paytida va nafas olish tomchilari orqali ham yuqishi mumkin agar bemor odam so’g’lom odamga yaqin masofada aksirsa, yoki unga yaqin masofada gapirsa yuqishi mumkin.
Virus boshqa narsalarga, jumladan choyshablar, kiyim-kechak va sochiqlarga tegish orqali ham yuqishi mumkin.
Maymun chechagi kasalligi maymunlar, kalamushlar kabi kasal hayvonlar bilan yaqin aloqadabo’lgan odamlarga yuqishi mumkin.
Kasallik grippga o'xshash simptomlar, shuningdek, terida toshmalar va pufakchalar ko’payish bilan kechadi . Ko'pincha toshma yuzda paydo bo'ladi va keyin tananing boshqa qismlariga, ko'pincha kaft va oyoq tagiga tarqaladi.
Og'ir holatlarda jarohatlar butun tanani, ayniqsa og'izni, ko'zni va jinsiy a'zolarni qamrab olishi mumkin.
Juda qichima yoki og'riqli bo'lishi mumkin bo'lgan toshma bir necha bosqichdan o'tadi. Oxir-oqibat, uning o'rnida qobiq paydo bo'ladi, u keyinchalik tushadi. Bu chandiqlarga olib kelishi mumkin.
Kasallikning umumiy davomiyligi 14 dan 21 kungacha, u o'z-o'zidan ketishi mumkin.
Ammo ba'zi hollarda virusni yuqtirish o'limga olib keladi (o'rtacha yuztadan to'rtta holatda), ayniqsa zaif guruhlar, shu jumladan yosh bolalarda.
Uchquduq tuman SEO va JS bo’limi.