Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi to‘qson birinchi sessiyasining kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi birinchi masala;2024-yilning o‘tgan davri davomida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i I.Rasulov hisobot berdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala; Tuman TIF “Milliybank” Uchquduq filiali va “Mikrokreditbank” ATB Uchquduq bank xizmatlari markazi tomonidan ajratilgan kreditlar va qarzdorliklarni so‘ndirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
TIF Milliy bank tuman filiali boshlig‘i M.Ergashov va Mikrokredit bank xizmatlari boshlig‘i A.Shamsiyevlar hisobot berib o‘tdi.
Navbatdagi masala; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida sessiyaga raislik qiluvchi N.Najmiddinova axborot berib o‘tdi.
Navbatdagi masala;“Ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi to‘g‘risidagi masala yuzasidan sessiyaga raislik qiluvchi N.Najmiddinova axborot berib o‘tdi.